Bugun 29 dekabr, 2025 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 28.12.2025 00:45
      • Piza
      • 0:2
      • Yuventus
      • 28.12.2025 16:30
      • Milan
      • 3:0
      • Verona
      • 28.12.2025 19:00
      • Cremonese
      • 0:2
      • Napoli
      • 28.12.2025 22:00
      • Bolonya
      • 1:1
      • Sassuolo
      • 29.12.2025 00:45
      • Atalanta
      • 0:1
      • Inter
      • 30.12.2025 00:45
      • Roma
      • -:-
      • Jenoa
  • APL
      • 28.12.2025 19:00
      • Sanderlend
      • 1:1
      • Lids
      • 28.12.2025 21:30
      • Kristal Pelas
      • 0:1
      • Tottenhem
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 18 42
2 Manchester Siti 18 40
3 Aston Villa 18 39
4 Liverpul 18 32
5 Chelsi 18 29
6 Man. Yunayted 18 29
7 Sanderlend 18 28
8 Brentford 18 26
9 Kristal Pelas 18 26
10 Fulhem 18 26
11 Tottenhem 18 25
12 Everton 18 25
13 Brayton 18 24
14 Nyukasl 18 23
15 Bornmut 18 22
16 Lids 18 20
17 Nottingem Forest 18 18
18 Vest Xem 18 13
19 Byornli 18 12
20 Vulverhempton 18 2

O'tgan o'yinlar.

18-тур Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
18-тур Arsenal 2-1 Brayton
18-тур Brentford 4-1 Bornmut
18-тур Byornli 0-0 Everton
18-тур Liverpul 2-1 Vulverhempton
18-тур Vest Xem 0-1 Fulhem
18-тур Chelsi 1-2 Aston Villa
18-тур Sanderlend 1-1 Lids
18-тур Kristal Pelas 0-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

05/03/26 Man. Yunayted - Nyukasl

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Nuqtai nazar: Vadim Abramovning to‘rt muammosi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Murabbiylar / Faoliyat
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Garchi ayni payt Superliga, OCHL bahslari diqqat markazida turayotgan bo‘lsada, terma jamoa mavzusi hamisha aktualligini yo‘qotmaydi. Qanday vaziyat va qay holat bo‘lmasin, milliy jamoaning hozirgi va keyingi taqdiri barchamizni o‘ylantiradi, mushohada yuritishga chorlaydi. Odatda, o‘rtoqlikmi yoki rasmiy uchrashuvmi, vakillarimiz g‘alabani tantana qilganidan so‘ng biroz bo‘lsada ko‘ngillardagi xavotir va hayajon ortga chekinadi. Mag‘lubiyatli o‘yinlardan keyin esa tanqidlar, e’tirozlar dovon osha bolalaydi. Bu tabiiy hol. Vadim Abramov shogirdlarining mart oyida Gana va Iroq termalariga qarshi o‘tkazgan o‘yinlaridan so‘ng fikr yuritishga mavzular yetarlicha topildi. Nima uchun deysizmi? Rasmiy bellashuvlarga hech qancha vaqt qolgani yo‘q. Oldimizda ikki oy fursat bor. Mana shu vaqt ichida esa yechimi topilishi kutilayotgan muammolar yetarlicha. Shuncha vaqtdan beri yechilmagan tugunlar ikki oyda hali bo‘lib qolarmikin? Bunday savol barchamizda tug‘iladi. Mavjud muammolar yechimi murabbiy mahoratiga bog‘liq.

NESTEROVDAN KEYIN TOPILMAGAN YETAKCHI

Odatda, biror siklda darvozabon masalasida bunchalik xavotirli vaziyat bo‘lmagan. To‘g‘ri, avvalgi mundial saralashida Lobanovning darvozada turishi keskin tanqidlarga sabab bo‘lgandi. Muhimi, o‘shanda terma jamoada aniq kiper bo‘lgan. So‘nggi ikki Xitoy va Janubiy Koreya bilan o‘yinlarda Nesterov jonimizga oro kirgani yodimizda. Lekin hozirda rasmiy uchrashuvlarda darvozamizni qo‘riqlashi mumkin bo‘lgan aniq bir posbonni ayta olmaymiz. Vadim Abramov o‘rtoqlik bahslarida Javohir Ilyosov, Abduvohid Ne’matov, Botirali Ergashevga imkoniyat berib ko‘rdi. Ularning mahoratiga shubhamiz yo‘q. Ammo oldinda mas’uliyatli va qiyin o‘yinlar kutib turganini inobatga olsak, bu borada jiddiy bosh qotirishimiz kerak. Ilyosov terma jamoada endigina bitta o‘yin o‘tkazdi. Ne’matovda hali bu borada tajriba shakllanib ulgurmagan. Uning bo‘yi pastligi va jismoniy imkoniyati haminqadar ekanligi bizga pand berib qo‘yadi, degan o‘yimiz ham bor. Botirali Ergashev ham milliy jamoada hali o‘z o‘rniga ega bo‘lib ulgurmagan. Bizda ikki nomzod qolmoqda, bular - Sanjar Quvvatov va Eldor Suyunov. Katta ehtimol, rasmiy bahslarda shu ikki posbondan biri darvozamizni qo‘riqlaydi. Bizning fikrimiz shunday. Lekin Abramov doim noodatiy qarorlari bilan barchamizni ajablantirib kelgan. Darvozada muammo borligini Vadim Karlenovichning o‘zi ham inkor qilmadi.

MARKAZIY HIMOYADAGI BEQARORLIK

Shu vaqtga qadar o‘rtoqlik o‘yinlarida Islom Qobilov, Igor Golban, Husniddin Aliqulov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Anzur Ismoilov, Azim Ahmedov kabi markaziy himoyachilarning xizmatidan foydalanildi. Lekin aytish mumkinki, Abramov bu borada ham hali yakuniy qarorga kelgani yo‘q. O‘rtoqlik bahslarida turli eksperimentlarni sinab ko‘rdi. Bundan buyon endilikda tajribalarni sinovdan o‘tkazishga vaqt qolmagan. Sinab ko‘rilishi kerak bo‘lgan barcha nomzodlarga imkoniyat berib ko‘rildi, hisob. Bizni saralash bahslarida qaysi himoya juftligi o‘ynaydi, degan savol qiziqtirmoqda. Qanotlarda muammo yo‘q. Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, Farrux Sayfiyevlardan ko‘ngil to‘q. Markaziy himoya eng ojiz nuqtalarimizdan biri bo‘lib qolmoqda. Balki yana syurpriz ko‘rarmiz?! Ehtimol, Odil Ahmedovdan yana himoyachi o‘rnida foydalanar? Saudiya Arabistoni termasining bo‘ydor va jismoniy jihatdan kuchli hujumchilariga qarshi yuqoridagi nomlarning kuchi yetadimi? Yegor Krimes doim terma jamoaga chaqiriladi lekin yakunda ro‘yxatdan tushib qolmoqda. Rustam Ashurmatov ham chaqirildi, deylik. Agarda Anzur terma jamoa uchun o‘ynab berishga rozi bo‘lsa, uning Rustam bilan hosil qiladigan juftligi samaraliroq chiqishiga ishonaman. Anzur bo‘ydor va jismonan baquvvat, Ashurmatov tezkor va hujumlarni boshlashda faollik ko‘rsatadi. Fikrimcha, eng ma’qul variant shu.

AHMEDOVNING O‘RNI QANDAY TO‘LDIRILADI?

Yarim himoya terma jamoamiz tarixidagi eng kuchli pozisiyalardan biri bo‘lib kelgan va hozir ham shunday. Bu nuqtadan xavotirlanishimizga asos yo‘q. Biroq bitta narsa qolmoqda. Bu ham bo‘lsa, yetakchi va dispetcher - Odil Ahmedov masalasi. Terma jamoaga bir yildan oshiq vaqt mobaynida chaqiruv olmagan yarim himoyachi yana klubini almashtirdi. Bungacha deyarli 5 oy vaqt mobaynida o‘yin amaliyotisiz qolib ketdi. Hozirgi holati qanday ekanligini bilmaymiz. Lekin nima bo‘lgan taqdirda ham, u terma jamoa sardori va yetakchisi. Maydon va uning tashqarisida ham termada tartib-intizomni ushlashda, futbolchilarni bir oila sifatida yagona maqsad yo‘lida birlashtirishda Ahmedovning yordami kerak, baribir. O‘yinda ham u ko‘p narsani o‘zgartirib yuborishga qodir. O‘tgan davr mobaynida hamma bellashuvlarda ko‘zga tashlangan yagona kamchilik - markazda ijodkor va hujumlarni boshlaydigan, jamoani oldinga chorlaydigan futbolchining yo‘qligi yana sezildi. Shu bois, fikrimcha, qanday holatda bo‘lishidan qat’iy nazar, rasmiy bahslar arafasida Odil Ahmedovni jalb qilish kerak. Ko‘pchilikning nazdida, biz usiz ham o‘ynashni o‘rganishimiz kerak. Lekin hozir emas. Ahmedovdan so‘ng Otabek Shukurov, Ikrom Aliboyev yoki Oston O‘runov yetakchi rolida gavdalanishi mumkin. Aliboyev jarohatini tiklash bilan band, boz ustiga, uning yangi jamoasida o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish-bo‘lmasligi masalasi ham bor. Aziz G‘aniyev uzoq muddatga safdan chiqqan.

VAZIYATLARDAN FOYDALANISH

Vadim Abramov boshqargan jamoalar doimo o‘yin tomonlama chiroyli futbol ko‘rsatgan. Lekin natijaga kelganda, doim oqsagan. Hujumkor va yuqori pressingga asoslangan uslubda o‘ynaydigan jamoada oldingi chiziqda vaziyatlar ko‘p bor yuzaga kelishi tabiiy. Hamma gap yaratilgan vaziyatlardan foydalanishda. Iroq va Gana termalari bilan bahslarda hujumchilarimiz, kerak bo‘lsa, ikkita o‘yinga yetadigan golli vaziyatlar yaratishdi. Lekin realizasiya juda past. Ayniqsa, bu borada Shomurodovga e’tirozlar yog‘ildi. Rostdan ham. Mayli, o‘rtoqlik o‘yinida natija muhim emas, deb o‘zimizni yupatamiz. Ammo rasmiy uchrashuvlarda har bir foydalanilmagan vaziyat, urilmagan gol bizga juda qimmatga tushadi. JCH saralashida kuchsiz terma jamoa yo‘q. Ular ham borini tashlaydi. Shunday ekan, golli vaziyatlar Iroq yoki Gana bilan o‘yinlardagi kabi ko‘p bo‘lmaydi. Abramov mashg‘ulotlarda va nazariyalarda bu borada hujumchilarga va vingerlarga yaxshilab tushuntirish berishi shart.

XULOSA

Qilinishi kerak bo‘lgan ishlar uchun yetarlicha vaqt berildi. Yuqorida zikr etilganidek, eksperimentlar tugadi. Endilikda aniq reja asosida, aniq bir tarkibni tanlagan holda, puxta tayyorgarlik ko‘rish kerak. Hozir yangi nomlarni sinovdan o‘tkazadigan payt emas, kerakli va terma jamoaga yordam bera oladigan, o‘z pozisiyasidagi eng kuchlilarni tanlab olish qoldi. Shu o‘rinda, yakunda bo‘lajak o‘yinlarda vakillarimiz qanday tarkibda harakat qilishini taxmin qilib ko‘rsak: Eldor Suyunov, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, Rustam Ashurmatov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Farrux Sayfiyev, Odil Ahmedov, Oston O‘runov, Otabek Shukurov, Jaloliddin Masharipov, Doston Hamdamov, Eldor Shomurodov.

ABDULAZIZ tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:41, 21.04.2021. O'qildi: 4496 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 19
2 Брентфорд Igor Tiago 11
3 Борнмут Antuan Semenyo 9
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
5 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 8
6 Астон Вилла Morgan Rodjers 7
7 Тоттенхэм Risharlison 7
8 Брайтон Denni Uelbek 7
9 Манчестер Сити Filip Foden 7
10 Ньюкасл Nik Voltemade 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.