Bugun 30 mart, 2026 yil, dushanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 29 73
2 Real Madrid 29 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 29 57
5 Betis 29 44
6 Selta 29 41
7 Real Sosyedad 29 38
8 Xetafe 29 38
9 Atletik Bilbao 29 38
10 Osasuna 29 37
11 Espanyol 29 37
12 Valensiya 29 35
13 Jirona 29 34
14 Rayo Valyekano 29 32
15 Alaves 29 31
16 Sevilya 29 31
17 Elche 29 29
18 Malyorka 29 28
19 Levante 29 26
20 Real Ovyedo 29 21

O'tgan o'yinlar.

29-тур Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
29-тур Elche 2-1 Malyorka
29-тур Espanyol 1-2 Xetafe
29-тур Levante 4-2 Real Ovyedo
29-тур Osasuna 1-0 Jirona
29-тур Sevilya 0-2 Valensiya
29-тур Barselona 1-0 Rayo Valyekano
29-тур Selta 3-4 Alaves
29-тур Atletik Bilbao 2-1 Betis
29-тур Real Madrid 3-2 Atletiko

Navbatdagi o'yinlar.

04/04/26 Rayo Valyekano - Elche
04/04/26 Real Sosyedad - Levante
04/04/26 Malyorka - Real Madrid
04/04/26 Betis - Espanyol
05/04/26 Atletiko - Barselona
05/04/26 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04/26 Valensiya - Selta
05/04/26 Real Ovyedo - Sevilya
06/04/26 Alaves - Osasuna
07/04/26 Jirona - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Vega Da Silva yodingizdami?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Murabbiylar / Faoliyat
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

O‘ZBEKISTON MILLIY JAMOASI TARIXIDAGI ILK XORIJLIK BOSH MURABBIY - UBIRAJA VEGA DA SILVA HAQIDA.

Futbolimiz rahbarlari 1998 yilga qadar mamlakat bosh jamoasini shakllantirishda mahalliy murabbiylarga tayanishdi. Inchunin, bunday yondashuv avvaliga samara ham berdi. Har holda, futbolchilarimiz 1994 yili Rustam Akramov va Birodar Abduraimov boshqaruvida butun Osiyoni o‘zlariga qaratishdi. Biroq Xirosima-94 afsonasidan ke­yin O‘zbekiston milliy jamoasi hayotida anchagacha katta yutuqlar kuzatilgani yo‘q. Bu orada bosh jamoamizni mahalliy mutaxassislar - Aleksandr Ivankov, Bahodir Ibrohimov, Rustam Mirsodiqov boshqarishdi, ammo aytarli alohida natija qayd etilmadi. 1998 yilning kuziga kelib, futbolimiz mutasaddilari yangi tajribaga qo‘l urishdi - o‘sha vaqt «Paxtakor»da faoliyat olib borgan braziliyalik Ubiraja Vega da Silvani milliy jamoa bosh murabbiyi lavozimiga tayinlashdi...

***

Braziliyalik murabbiy terma jamoamiz boshqaruvini qo‘lga olgan pallada biz uchun debyut mundial sanalgan JCH-98 (Fransiya) saralash bosqichining yakuniy o‘yin­lari qolgan va hammasi hal bo‘lib ulgurgandi. Oddiy aytganda, vakillarimiz Fransiyaga borishdan umid uzib bo‘lishgandi. Shunga qaramay, futbolchilarimiz Vega da Silva boshqaruvidagi dastlabki o‘yinda Qozog‘iston termasini yirik - 4:0 hisobida yengishadi. Braziliyalik murabbiy o‘shanda Igor Shkvirinni terma jamoaga qaytargan va u bunga «dubl» bilan javob bergandi. Jamoamiz keyingi bahsda BAA termasi mehmoni bo‘lib, ortga 0:0 hisobi bilan qaytadi, garchi o‘shanda biz uchun ochkoning ahamiyati qolmagan bo‘lsada. Qisqasi, Vega da Silva terma jamoada ishni chakki boshlamagan, faqat avvalgi o‘yinlardagi omadsizliklar Parij darvozalarini yopib bo‘lgandi. Braziliyalik mutaxassis o‘sha yili qishda O‘zbekiston milliy jamoasini Tailand mezbonlik qilgan Osiyo o‘yinlariga olib boradi. E’tiborli fakt shuki, bosh jamoamiz tarixidagi eng yirik hisobli g‘alaba aynan shu turnirda rasmiylashtiriladi - futbolchilarimiz Mo‘g‘uliston termasi darvozasiga naq 15ta javobsiz gol urishgandi. Ehtimol, ko‘pchilik haligacha bu natijani uncha mensimas, albatta, raqib jamoadan kelib chiqib... Lekin fakt bitta - o‘sha o‘yin natijasi - 15:0 milliy jamoamiz tarixiga alohida muhrlandi. Vega da Silvaga kelsak, uning milliy jamoamiz boshqaruvidagi oxirgi o‘yini ham Osiyo o‘yin­lari-98ga to‘g‘ri keldi. Ya’ni chorak finalda Eron termasiga 0:4 hisobida imkoniyat boy berilgach, braziliyalik mutaxassisga chiqish eshiklari ko‘rsatiladi. Umuman olganda, Ubiraja Vega da Silva O‘zbekistonda yomon faoliyat olib bormagandi. Xususan, «Paxtakor»­ga kelgan yiliyoq milliy kubokni ta’minlagan bo‘lsa, navbatdagi mavsum jamoani 1992 yildan keyin ilk marta chempionlik shohsupasiga qaytaradi. To‘g‘ri, uning qo‘l ostida katta yulduzlar jamlanishgandi - Mirjalol Qosimov, Igor Shkvirin, Aleksandr Xvos­tunov, Otabek Pirmatov, Azamat Abduraimov, Andrey Akopyans...

***

Bugun ushbu inson oramizda yo‘q - yaqinda 66 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Eh, Vega da Silva bilan o‘tgan yilning oktyabr oyida «Feysbuk» ijtimoiy tarmog‘i orqali suhbatlashgandim. O‘shanda mutaxassis ancha qiziqarli ma’lumotlarni tortiq etgan va agar taklif tushsa, yurtimizda yana ishlashga tayyorligini ta’kidlagandi. Biroq ayrim sabablarga ko‘ra, «Feysbuk» ilovasi mobil telefonimdan o‘chib ketdi. Kuni kecha uni tikladim va bevosita Vega da Silva bilan bo‘lgan intervyuni ham topdim. Demak, quyida o‘sha suhbatni o‘qishingiz mumkin.

- Janob murabbiy, O‘zbekistondagi ishingiz, o‘sha davrni qanday eslaysiz?

- O, xotiralar juda yaxshi. Har holda, «Paxtakor»da o‘ziga yarasha muvaffaqiyatlarga erishdim, O‘zbekiston milliy jamoasidagi faoliyatim ham chakki chiqqani yo‘q, menimcha. Asosiysi, O‘zbekis­tonda qancha-qancha zavqli onlarni tuyganimni hamon yaxshi eslayman.

- Bir qiziq savol: aytishlaricha, O‘zbekiston milliy jamoasida Mirjalol Qosimovga tennis to‘pida jonglyor mashqini bajarish vazifasini buyurgan ekansiz. Shu to‘g‘rimi?

- Ha, haqiqat. Mashg‘ulotda qizib olish uchun avvaliga kichik rezina to‘p bilan ishlardik. Shundan so‘ng mashg‘ulot odatiy to‘p bilan davom ettirilardi, albatta. Mirjalolning sifatlari, texnik salohiyati eng yuqori talablarga ham javob berardi. Yana Shkvirin ham yodimda qolgan - texnik tomondan kuchli ijrochi.

- O‘zbekiston milliy jamoasida sizga ko‘proq imkoniyat berishmagani sababini bilasizmi?

- To‘g‘risi, yo‘q. Umuman, o‘shanda ham nega iste’foga chiqarilganimni aytishmagan. O‘zim ham bilishni uncha istaganman. Chunki meni bilganlar «Paxtakor»dagi ishimni kuzatishgan, ular O‘zbekiston milliy jamoasini ham yomon boshqarmaganimni tan olishgan. Umuman, milliy jamoa o‘sha vaqt ancha kuchli edi.

- Ayrimlar hozirga qadar Mo‘g‘uliston termasiga qarshi kechgan o‘yindagi rekord natija - 15:0ga qandaydir shubha bilan qarashadi...

- Hammasi oddiy - raqib o‘ta zaif edi. Menimcha, bunga alohida qarash kerak emas.

- Hozirda O‘zbekistonning barcha yosh toifasidagi terma jamoalari deyarli bir xil uslubda o‘ynaydi. Sizningcha, bunday yondashuv to‘g‘rimi?

- Bilishimcha, O‘zbekistonda futbol yaxshi rivojlanmoqda. Bir xil uslubning amalga tatbiq etilishida o‘ziga yarasha plyus va minuslari bor. Plyus tomoni - tizim yo‘lga qo‘yiladi. Minus tomoni - qaysidir iqtidor individual jihatdan o‘sish imkoniyatini yo‘qotishi mumkin. Shunday ekan, barchasida me’yorni unutmaslik kerak. Asosiysi, futbolchilarning shaxsiy fazilatlari yuzaga chiqishi cheklab qo‘­yilmasa, bas.

- Yurtimizdagi faoliyatingiz davomida sizni hammadan ko‘p hayratlantirgan 3 nafar futbolchini ayta olasizmi?

- Buncha oz....? Axir qo‘l ostimda ajoyib tarkib bor edi - darvozabon Pavel Bugalo, himoya­chilar Andrey Fyodorov, Nikolay Shirshov, yarim himoyachi Mirjalol Qosimov, hujumchilar Igor Shkvirin, Azamat Abduraimov...

- O‘shanda jamoamizni saralash bosqichi yakunida qabul qilib olgansiz. Agar hal qiluvchi kvalifikasion raund startidan oldin ish boshlaganingizda, natija chiqishi mumkinmidi?

- Bir nima deyishim mushkul. Futbolda klublarga ham ko‘p narsa bog‘liq. Kech tayinlanganim o‘zimga bog‘liq emasdi. 

- Aytingchi, o‘sha vaqt sizga biror marta kelishilgan o‘yin taklif qilishganmi?

- Hech qachon! O‘zbekistonda ko‘pchilik tezda fe’l-atvorimni yaxshi bilib olgandi. Qolaversa, hamma bilan tarjimon yordamida gaplashardim.  

- Ayniqsa, «Paxtakor»ning katta yoshli muxlislari sizni unutishmagan. Qiziq, agar yurtimizga taklif etishsa, qanday yo‘l tutardingiz?

- Albatta, borardim, agarda shartlar ma’qul kelsa. Muxlislar - futbolning ajralmas bo‘g‘ini. Men ham «Paxtakor» fanatlarini eslab turaman. Ular o‘zgacha. Toshkent esa juda go‘zal shahar. U yerda do‘stlarim ko‘p.

Ubiraja Vega da Silva O‘zbekiston milliy jamoasini jami 9ta rasmiy, 2ta o‘rtoqlik o‘yinida maydonga boshlab tushgan: 5ta g‘alaba, 4ta durang va 2ta mag‘lubiyat.

1. JCH-98 saralashi

O‘zbekiston - Qozog‘iston - 4:0 (3:0)

Gollar: Igor Shkvirin (16, 32), Andrey Fyodorov (43), Mirjalol Qosimov (72).

2. JCH-98 saralashi

BAA - O‘zbekiston - 0:0

3. O‘rtoqlik o‘yini

Ozarbayjon - O‘zbekiston - 2:1 (0:0)

Gollar: Guseynov (75), Gurbanov (89) - Mirjalol Qosimov (90).

4. O‘rtoqlik o‘yini

Hindiston - O‘zbekiston - 0:0

5. O‘rtoqlik o‘yini

Hindiston - O‘zbekiston - 0:4 (0:3)

Gollar: Aleksandr Xvostunov (8), Sergey Lebedev (30-pen.), Ne’matilla Qutiboyev (35), Rashid G‘ofurov (78).

6. Osiyo o‘yinlari-98

O‘zbekiston - Quvayt - 3:3 (1:1)

Gollar: Mirjalol Qosimov (5), Aleksandr Xvostunov (67), Andrey Akopyans (76) - al Huvaydiy (44), Lohib (79, 90).

7. Osiyo o‘yinlari-98

O‘zbekiston - Mo‘g‘uliston - 15:0 (10:0)

Gollar: Sergey Lebedev (7-pen., 18-pen., 38, 45), Igor Shkvirin (9, 15, 20), Andrey Akopyans (23), Ne’matilla Qutiboyev  (29, 33, 47), Mirjalol Qosimov (53, 57, 77), Shuhrat Rahmonqulov (83).

8. Osiyo o‘yinlari-98

KXDR - O‘zbekiston - 0:4 (0:1)

Gollar: Nikolay Shirshov (16, 76), Igor Shkvirin (60), Andrey Akopyans (66).

9. Osiyo o‘yinlari-98

Hindiston - O‘zbekiston - 0:2 (0:1)

Gollar: Igor Shkvirin (35), Shuhrat Rahmonqulov (49).

10. Osiyo o‘yinlari-98

O‘zbekiston - Turkmaniston - 1:1 (1:0)

Gollar: Nema’tilla Qutiboyev (37) - Ag‘abayev (72).

11. Osiyo o‘yinlari-98

Eron - O‘zbekiston - 4:0 (1:0)

Gollar: Musavi (26), Dayi (82, 87, 89).

A.Iskandarov

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:11, 27.04.2021. O'qildi: 4122 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 14
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
7 Барселона Robert Levandovski 11
8 Барселона Rafinya 11
9 Сельта Borxa Iglesias 11
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик