Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ilkay Gyundogan:Eng yomoni Germaniya va Turkiya terma jamoalaridan birini tanlash edi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Borussiya»da men hamma narsaga tayyor edim. Aniqrog‘i, menga shunday tuyulardi. Aslida esa boshida nima bo‘lganini hech qachon unutmayman. Men shaharda kvartira izlayotgan edim va odamlar meni muhokama qilishayotganini eshitdim: “sen uning ismini eshitdingmi? Gyundogan. Turkcha. Nima deysan u o‘ynab keta oladimi?"

Bu achinarli. Siz bunday narsalarni xayolingizdan chiqarolmaysiz. Yo‘q qilish mumkin bo‘lmagan komplekslar paydo bo‘ladi. Menga nemis tilida yaxshi gaplashishimni ko‘p marta aytishgan. Men Germaniyada ulg‘ayganman, agar tilni yaxshi bilmasam o‘zimni kechirmasdim!

Ba’zida aksincha holat ham bo‘lib turadi. Ota-onam turk va men o‘zimni turk deb bilaman. Ammo men ularga bu haqda aytganimda boshqa ko‘plab turklar hayron qolishardi. Men ikkala mamlakatga bir xil munosabatdaman, lekin ba’zida hamma joyda begona bo‘lib tuyulaman.

Menga to‘liq nemis emasligimni aytishardi. Yetmaganiga to‘liq turk emasligimni qo‘shib qo‘yishardi.

Xo‘sh, men kimman?

Eng yomoni Germaniya va Turkiya terma jamoalaridan birini tanlash edi. Men hali yosh edim va kuchli futbolchiga aylanishimni bilmas edim.
Xuddi Germaniya terma jamoasida o‘ynayotganim nimanidir o‘zgartirardi. Baxtimga, tanqidchilarning aksariyati internetdagi negativ fikrlovchi insonlar edi. Qolganlari ko‘pincha men bilan faxrlanishadi, ayniqsa ota-onamning tug‘ilgan shahridagilar.

Qizig‘i shundaki, "Borussiya"da men boshqa turkiyalik futbolchini o‘rnini egallashim bo‘lgan. Nuri Shahinni eslaysizmi? "Borussiya" chempionlikni qo‘lga kiritdi va Shahin yilning eng yaxshi futbolchisiga aylandi, shundan so‘ng u "Real"ga yo‘l oldi. Va men uning o‘rnini egalladim. Menga bo‘lgan bosimni tasavvur qilib ko‘ring.

Uch oy o‘tdi, men hali ham jamoaga qo‘shilmadim. Biz "Volfsburg" ga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rayotgan edik, Yurgen Klopp meni chetga olib, o‘yinga tortmayotganimni aytdi. Men hech nima demadim.

Men o‘zimni eng yaxshi, deb biladigan va har bir bahsda maydonga tushishni talab qiladiganlardan emasman. Men har doim nimani noto‘g‘ri qilganimni bilishga harakat qilaman. Keyin jamoadoshlarim "Volfsburg" ni 5:1 hisobida mag‘lub etishdi.

Shunda o‘zimga o‘zim bu yerda nima qilib yuribman,dedim. Yaxshiyamki, men allaqachon murakkabliklarga o‘rganib qolganman. Men bundan keyin ishlashim kerakligini bilardim. Bir necha oydan keyin bir jamoadoshim jarohat oldi va Yurgen meni maydonga tushirdi.

Keyin Germaniya kubogi yarim finalida g‘alaba golini urdim. Biz finalda g‘alaba qozondik. Bundesligada g‘olib chiqdik. Va men har bir uchrashuvda o‘ynadim.

Bu mening “Borussiya“ dagi ikkinchi mavsumim edi. Biz birinchi o‘rinda emasdik , lekin Chempionlar ligasi pog‘onasida borayotgandik. Shtabda bir qoida bor edi: agar mashg‘ulotdan oldin o‘zingizni yaxshi his qilmasangiz, darhol shifokorga murojaat qilishingiz kerak edi. Shu tarzda jarohatdan saqlanish mumkin edi va murabbiy bundan darhol xabardor bo‘lardi.

Bir kuni ertalab sonimning orqa qismida yoqimsiz og‘riq bilan uyg‘onib ketdim. Mushaklar bilan bog‘liq muammolar yoki men shunchaki charchadimmi? Bilmayman. Ehtimol, shifokorga borish kerak edi. Ammo men shunchaki bu bema’nilik, deb o‘yladim va mashg‘ulotga bordim.

Mashg‘ulotlar paytida men shifokorga bordim, u nima uchun darhol uning ko‘rigiga kelmaganimni so‘radi. Bunday qoidalar xavf ostida qolmasligi kerak.

Tez orada Yurgen keldi. U g‘azabda edi.

«Nima bo‘ldi?» «Nega shifokor uchrashmading? Qoidani bilasanku». «Men yaxshiman».

Vaziyatdan chiqishga yo‘l qidirdim, lekin men xato qilganimni bildim. Yurgen har doim tavakkal qilmaslik kerakligini aytardi. Men shunchaki mashq qila olaman deb takrorladim. U bir pas to‘xtab qoldi va menga tikilib qaradi va baqirdi: XOHLAGAN NARSANGNI QIL"

Eshikni qattiq yopib chiqib ketdi. O‘zimning ham g‘azabim keldi. Men odatda juda xotirjamman, lekin bu suhbat meni xafa qildi. Shifokor menga qizib olishga ruxsat berdi va yarim soatdan keyin Yurgen oldimga keldi. Men yana bir ma’ruzani kutar edim, lekin u shunchaki qo‘lini yelkamga qo‘yib dedi:

"Do‘stim, nima uchun g‘azablanganimni bilasanmi?" Men jim ...

"Men senga befarq emasman. Men senga jarohat yetishini xohlamayman". Keyin u meni quchoqladi.

Men hayratda qoldim. Biz shunchaki janjal qildik, keyin esa men bilan o‘g‘li bilan gaplashgandek muomala qildi. Shunda uning qanday inson ekanligini angladim. U juda ehtiroslarga beriluvchan, ammo ochiq va halol inson. O‘sha kuni u menga rostgo‘ylikni o‘rgatdi.

2016 yilda ushbu dars men uchun foydali bo‘ldi. O‘sha paytga kelib, “Borussiya“da qolishimdan ma’no yo‘qligini his qildim. Men hech qayerga intilmasdim, biroq yangi sarguzashtlarni xohlardim. O‘zgarishlar kerakligini tushunib yetdim. Fevral oyida Pep Gvardiola “Bavariya“ dan “Manchester Siti“ ga ketishini e’lon qildi. Men darhol Pep bilan ishlash qanday bo‘lishini o‘ylay boshladim.

Men uning "Barselona" sini sevardim - bu tarixdagi buyuk klub. "Bavariya" ga qarshi o‘ynash ham oson bo‘lmagan. Bir necha kishi Pep meni kuzatishini aytdi.

Meni ? Pep ? “Siti“ men bilan shartnoma imzolashi aniq bo‘lganida ham, yakunni kutdim. Pep bilan shartnoma imzolashdan oldin birinchi uchrashuvimiz esimda. Menda bitta savol bor edi. “Meni jamoada bo‘lishimni chindan xohlaysizmi?“

Jiddiymi? Albatta, bu jiddiy ekanligini bilar edim.

Pep bilan men besh yildan beri birga ishlaymiz va biz bir-birimizni mukammal tushunamiz. Jarohat olib, sakkiz oy tarkibdan tushib qolganimda ham qaytishimni bilardim.
Chempionlar Ligasida nima bo‘lishidan qat’i nazar, men mamnunman. Futbolchi bo‘lish orzusiga yetishning o‘zi buyuk natijadir. Bu qanday sodir bo‘lganini eslayman. Men 18 yoshda edim, do‘stlarim bilan maktabda. Bir payt bino tomon mashina kelyapti. Bu mashina menga tanish tuyildi.

Bu Ilhan amakimning mashinasi. U bu yerda nima qilyapti? U mening oldimga kelib: "Narsalaringni yig‘",dedi. “Nega?“ “Ertaga sen Nyurnbergga borasan. Senga shartnoma taklif qilishdi“. Men bunga ishonolmadim. Biz direktorni oldiga bordik va nima uchun ketishimni tushuntirdik. Ertasi kuni ertalab soat beshda uyg‘onib, Nyurnbergga boraman. Men ota-onam bilan xayrlashaman va uydan ketaman. Butunlayga ketishim xayolimda ham yo‘q edi. Men faqat bitta narsani o‘yladim: zo‘r bo‘ladi.

Bularning barchasi shunday sodir bo‘lgani, ajoyib!

Manba: The Athletic
Kiritildi: 20:40, 20.05.2021. O'qildi: 4078 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.