Bugun 30 sentyabr, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 143 62 49 254
2 Yaponiya 45 71 67 183
3 Janubiy Koreya 24 27 44 95
4 O‘zbekiston 14 17 13 44
5 Tailand 12 9 12 33
6 Bahrayn 11 5 4 20
7 Eron 10 16 11 37
8 Qozog‘iston 9 14 25 48
9 KXDR 7 5 6 18
10 Hindiston 6 21 25 52

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 22 51
2 Paxtakor 22 49
3 Navbahor 22 44
4 OKMK 22 35
5 Lokomotiv 22 35
6 Buxoro 22 34
7 Nasaf 22 34
8 Andijon 22 30
9 Dinamo 22 30
10 Qizilqum 22 29
11 So‘g‘diyona 22 28
12 Surxon 22 26
13 Bunyodkor 22 22
14 Xorazm 22 21
15 Qo‘qon-1912 22 20
16 Mash’al 22 4

O'tgan o'yinlar.

22-тур Navbahor 3-2 Dinamo
22-тур Mash’al 1-2 Paxtakor
22-тур Bunyodkor 2-1 Buxoro
22-тур Andijon 1-4 Nasaf
22-тур Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
22-тур So‘g‘diyona 1-2 OKMK
22-тур Lokomotiv 0-1 Neftchi
22-тур Xorazm 1-3 Qizilqum

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1931 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2186 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 30.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 30.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 30.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 30.09.2026

      06:00 Мотокросс. Швеция. MX2. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      07:00 Мотокросс. Швеция. MXGP. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      08:00 Олимпийские игры. Зал славы: Пекин-2008.
      09:00 Снукер. Третий раунд.
      11:00 LIVE Снукер. Третий раунд. Прямая трансляция.
      14:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на скорость. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      14:45 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      15:30 Снукер. Третий раунд.
      16:30 LIVE Снукер. Третий раунд. Прямая трансляция.
      19:30 Конный спорт. Конкур. Вена. Global Champions Tour.
      21:30 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на скорость. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      22:30 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      23:00 Снукер. Третий раунд.
      01:00 Трейлраннинг.
      01:30 Мотокросс. Швеция. MX2. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      02:15 Мотокросс. Швеция. MXGP. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      03:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Чунцин.
      03:45 Скалолазание. Микст. Финал. Мировая серия. Чунцин.
      04:30 Снукер. Третий раунд.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xoland o‘z orzusi uchun Angliyaga borishni istaydi

Baho:
+1 | -1
YEVROPA / Futbolchilar / Taxminlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Butun futbol tarixi, xususan Angliya futboli Xoland degan familiyani hurmat bilan tilga oladi. Negaki bir paytlar shu nom ostida harakat qilgan inson "Manchester Siti" klubining shuhratiga hissa qo‘shgan edi. Alf-Ing Xoland 2001 yilgacha klub tarkibida ajoyib harakatlari bilan yodda qolgan insonlardan biridir. U bir yarim mavsum davomida "shaharliklar" safida 59 ta o‘yinda maydonga tushib, 57 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan edi. Ammo 2001 yilgi "Manchester Yunayted" bilan bo‘lgan o‘yin Alfning faoliyatiga nuqta qo‘ydi. Ro‘y Kinning unga nisbatan ishlatgan o‘ta qo‘pol harakati futbolchi sog‘lig‘ini xavf ostiga qoldirdi. Bu voqea Alf-Ing Xolandning hayotida futbol bilan ajralish qismini boshlab bergandi. "Manchester Siti" Alf xizmatlari uchun 100 million funt sarflagan. Albatta, shunga yarasha norvegiyalik hujumchi ham yaxshi o‘yinlar o‘tkazgan edi.

Bugungi zamonaviy futbolda juda qisqa vaqt mobaynida barchaning tiliga tushib ulgurgan nomlardan biri Erling Xoland, aynan o‘sha hujumchi, Alf-Ing Xolandning vorisi hisoblanadi. Uning o‘yinini kuzatar ekansiz, beixtiyor ikkiminginchi yillar avvali yodga keladi. Chunki Erling harakatlarida otasi qoni sezilib turadi. Yosh hujumchi 2020 yilda Avstriyaning "Salzburg" jamoasidan 18 million funt evaziga Bundesliga klubi, "Borussiya Dortmund" safiga o‘tgan edi. Shundan so‘ng, hammasi boshlandi. Erling o‘zining debyut o‘yinidayoq "Augsburg" klubiga qarshi atigi 23 daqiqa ichida uchta gol urib, xet-trikka erishdi. Bu natija sariqlar tarixidagi eng yaxshi ikkinchisi edi. Undan oldin faqat Per-Emerik Obameyang "Dortmund" libosidagi ilk bahsida uchta gol urishga muvaffaq bo‘lgan edi, xolos. Ammo bu Xoland ko‘rsatgan yagona eng yaxshi natija emas.

21 yoshli forvard 2019 yilda 20 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida bir o‘yinda 9 ta gol muallifiga aylangan edi. Xoland uch marta xet-trik qayd etgan bahsda Norvegiya yoshlari Gondurasni 12-0 hisobida dog‘da qoldirgan. Mana shunday natijalari bilan asta-sekin mukammalikka intilayotgan Erlingni dunyo tanilishi tez kechdi. Bugungi kunda Alf-Ing Xolandning farzandi Erling, Yevropaning eng kuchli hujumchilari qatoridan joy olib ulgurdi. Endigina 21 yoshni qarshilayotgan hujumchi yashil maysa ustida raqib jamoa qo‘rqinchiga aylangan. U jarima maydonining istalgan nuqtasida mohirona uslub va sovuqqonlik darajasiga ega ekanini isbotlagan. Hujumning omadli yakuni esa Xolandning mana shu jihatlarni yaxshi o‘zlashtirgani sababli amalga oshadi. Hozirda "MYU"ga murabbiylik qilayotgan sobiq futbolchi Sulsher "Molde" klubida ishlagan paytlaridayoq Xolandni o‘z e’tiborida saqlagan edi. Norvegiyalik mutaxassis u haqida shunday deydi: "Xoland o‘yinda yuqori daraja ko‘rsata olgan va o‘sishga ulgurgan hujumchi. U menga Romelu Lukakuning harakatlarini yodga soladi". belgiyalik Lukaku ham aynan Xoland yoshida shov-shuv bilan "Chelsi"safiga borib qo‘shilgan edi. Xoland tez orada yangi jamoa uchun o‘ynashni boshlasa, ajab emas.

Bu borada hammani xar hil fikri mavjud. Ammo futbolchiga APL klublaridan o‘ta qattiq qiziqish bo‘layotganini hisobga olsak, u tez orada Angliyaga yo‘l olishi ham mumkin. Hujumchi uchun bu yozda "Chelsi" ayniqsa favorit sifatida qayd etildi. Qolaversa, "MYU" ham uning iste’dodidan allaqachonlar xabardor bo‘lgan. Shuning uchun Sulsher jamoaga ilk kelgan davridanoq "Molde" tarkibidagi Xoland uchun skautlar jo‘natib, uning o‘sishini tekshirib turganligi haqida gapiriladi. Shunday bo‘lsa ham norvegiyalik yigitni fikri bu borada mutlaqo boshqacha. U bir paytlar otasi Alf-Ing Xoland porlagan "Elland Road" o‘yingohida to‘p surib, "Lids Yunayted" bilan APL chempioni bo‘lishni orzu qiladi. Kim bilsin, balki bir kun kelib, shunday ham bo‘lar...


Jaloliddin ISMATOV tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:00, 15.08.2021. O'qildi: 5423 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

№ Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 14
2 Нефтчи Stipe Perisa 12
3 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 11
4 Насаф Bobur Abduxoliqov 9
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 Бухоро Sherzod Esanov 9
7 Навбаҳор Husayn Norchayev 8
8 Пахтакор Chinedu Stefan 8
9 Пахтакор Doston Hamdamov 8
10 Нефтчи Alisher Odilov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик