Bugun 4 mart, 2026 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 03.03.2026 00:45
      • Udineze
      • 3:0
      • Fiorentina
  • La-liga
      • 03.03.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 0:1
      • Xetafe
      • 04.03.2026 23:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Real Ovyedo
  • APL
      • 04.03.2026 00:30
      • Bornmut
      • 0:0
      • Brentford
      • 04.03.2026 00:30
      • Everton
      • 2:0
      • Byornli
      • 04.03.2026 00:30
      • Lids
      • 0:1
      • Sanderlend
      • 04.03.2026 01:15
      • Vulverhempton
      • 2:1
      • Liverpul
      • 05.03.2026 00:30
      • Aston Villa
      • -:-
      • Chelsi
      • 05.03.2026 00:30
      • Fulhem
      • -:-
      • Vest Xem
      • 05.03.2026 00:30
      • Brayton
      • -:-
      • Arsenal
      • 05.03.2026 00:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 05.03.2026 01:15
      • Nyukasl
      • -:-
      • Man. Yunayted
  • Superliga
      • 04.03.2026 18:45
      •   Qo‘qon-1912
      • 0:2
      • Paxtakor
      • 04.03.2026 19:15
      •   Qizilqum
      • 1:0
      • Andijon
      • 05.03.2026 19:00
      • Navbahor
      • -:-
      • Buxoro
      • 05.03.2026 19:15
      • Mash’al
      • -:-
      • Lokomotiv
      • 05.03.2026 19:30
      • Surxon
      • -:-
      • Neftchi
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 29 64
2 Manchester Siti 28 59
3 Man. Yunayted 28 51
4 Aston Villa 28 51
5 Liverpul 29 48
6 Chelsi 28 45
7 Brentford 29 44
8 Everton 29 43
9 Bornmut 29 40
10 Fulhem 28 40
11 Sanderlend 29 40
12 Brayton 28 37
13 Nyukasl 28 36
14 Kristal Pelas 28 35
15 Lids 29 31
16 Tottenhem 28 29
17 Nottingem Forest 28 27
18 Vest Xem 28 25
19 Byornli 29 19
20 Vulverhempton 30 16

O'tgan o'yinlar.

31-тур Vulverhempton 2-2 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

05/03/26 Aston Villa - Chelsi
05/03/26 Fulhem - Vest Xem
05/03/26 Brayton - Arsenal
05/03/26 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03/26 Nyukasl - Man. Yunayted
06/03/26 Tottenhem - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Lester»da porlashi kutilgan yangi Vardi — Patson Daka kelajagi

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Angliyaning «Lester» klubi yozgi transferlar oynasida unchalik faol bo‘lmadi. Biroq bir transfer e’tiborimizni tortdi. Jamoa yozda o‘z tarkibini Avstriyaning «Red Bull Zalsburg» klubi futbolchisi Patson Daka bilan to‘ldirdi. Transferiga 23 million funt sarflangan 22 yoshli futbolchi tarixda Angliya Premyer-ligasiga yo‘l olgan to‘rtinchi zambiyalik futbolchiga aylandi.

Daka - o‘z yurtining yangi avlod iqtidorli futbolchilari qatorida e’tirof etilmoqda. Unga milliy terma jamoaning kelgusi muvaffaqiyatlarida unumli ildizlardan biri sifatida qaraladi.

Stadion.uz esa ushbu iqtidorli futbolchi haqida qisqacha to‘xtalib o‘tadi.

Zambiya terma jamoasi birinchi marta Afrika Millatlar Kubogini qo‘lga kiritganida Daka atigi 12 yoshda edi. Jamoa o‘shanda finalda Kot-d'Ivuarni mag‘lubiyatga uchratgan, ammo shundan so‘ng terma jamoa o‘yinlarida yaqqol pasayish ko‘zga tashlandi. Chunki zambiyaliklar qit’a chempionatining oxirgi 3 ta yo‘llanmasiga ham ega chiqolmadilar. Biroq ayni dam bu terma jamoa tarixiy lahza sodir bo‘lishini kutmoqda. Ya’ni Zambiya birinchi marta jahon chempionati finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

FIFA reytingida qora qit’a vakillarining pozisiyasi ham pasayishda davom etdi: 2012 yildagi 34-o‘rindan joriy yilning avgustida 87-o‘ringacha tushish kuzatildi. Ammo, hozirda Zambiya terma jamoasi muxlislarining Yevropada allaqachon o‘zini ko‘rsatayotgan yangi avlod futbolchilaridan umidlari katta. Gap «Brayton» a’zosi 23 yoshli Enok Mvepu, «Tula Arsenal» vakili 22 yoshli Kings Kangva, «Reynjers»dan 24 yoshli Feshn Sakala va, albatta, bugungi qahramonimiz Patson Daka haqida ketmoqda.

Dakaning karyerasi 2012 yilda, uning terma jamoasi Afrika Millatlar Kubogini qo‘lga kiritgan paytdan boshlangan. Uning iste’dodini skautlar Zambiya futbolidagi taniqli «Airtel Rising Stars» akademiyasi orqali aniqlab olishdi. Aytilishicha, Patsonga mutaxassislar uchun o‘z salohiyatini qanday ekanini isbotlashga atigi 10 daqiqa vaqt ketgan ekan xolos.

«Airtel Rising Stars» tufayli men o‘z mamlakatimdagi yoshlar darajasini xalqaro miqyosda namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ldim», - deydi Zambiya markazidagi Chingol shahrida tug‘ilgan Daka.

2013 yilda «Nchanga Reynjers» klubida o‘ynab yurgan paytlaridanoq Daka Zambiya U-17 jamoasi qaydnomasiga chaqirilgan. Nigeriyada o‘tkazilgan turnirda jamoa ikkinchi o‘rinni egalladi va Patson o‘shanda to‘purarga aylandi. Ko‘p o‘tmay, u Afrika matbuotida jiddiy muhokamalarga sabab bo‘ldi va nihoyat terma jamoadagi debyutini 2015 yili, atigi 16 yosh bo‘lganida amalga oshirdi. U o‘sha paytlar Yevropadan kelgan yosh hujumchilarga qiziqish kundan-kunga kuchayib borayotgan bir davrda og‘ir raqobat to‘lqinini jiddiy yorib o‘tgan edi.

2017 yil boshida Dakaning Yevropaga ketish ehtimoli tobora ortib bordi. Agentlari orasida menejmentlik aloqalari rivojlanib, «Sevilya» va Mali terma jamoasining sobiq hujumchisi Frederik Kanute Patsonni Avstriyaning «Liyefering» klubiga ijaraga berish variantiga ishontira oldi. Bir necha oydan so‘ng esa u «Red Bull» jamoasiga transfer qilindi.

Daka 2018/19 yillarda «Red Bull Zalsburg»ning birinchi jamoasiga chaqiruv oladi va bir yildan so‘ng Dortmundning «Borussiya» klubiga ketgan Erling Xolandga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘riladi va bu yerga chaqiruv oladi. Uning asosiy tarkibga qo‘shilishi tezda o‘z samarasini beradi - u Avstriya chempionatining 2019/20 yilgi mavsumida 31 o‘yinda 24 ta gol urdi, bir mavsumdan keyin esa undan ham yaxshiroq ko‘rsatkichni qayd etdi - 28 o‘yinda 27 ta gol.

Shu tariqa unga Angliyaning «Lester» jamoasidan e’tibor qaratila boshlandi. «Tulkilar» hujumchi uchun 23 million funt evaziga uzoq muddatli shartnoma taklif etishdi. Britaniyalik mutaxassislarning ta’kidlashicha, agar Patson ingliz futboliga to‘g‘ri moslasha olsa, bir necha yildan so‘ng u «Lester» faxriysi Jeymi Vardini hech qanday muammolarsiz o‘rnini egallashi mumkin.

Haqiqatan ham Vardi va Daka o‘rtasida umumiy ba’zi o‘xshashliklar bor deyish mumkin. Ikkala hujumchi ham raqiblaridan tezlik bilan o‘zib ketishni samarali uddalashadi. Muhimi, jarima maydonchasi ichida kerakli joy tanlashda deyarli adashishmaydi. Statistika ham buni isbotlab turibdi. Shuni aytish mumkinki, o‘tgan mavsumda Dakaning gollarini 95%i jarima maydonchasi ichidan urilgan, Vardida esa bu ko‘rsatkich - 97%. Bundan tashqari to‘pni raqib jarima maydoni ichida qabul qilgach yaratiladigan xavfli vaziyatlar soni bu ikki futbolchida yaxshi ko‘rsatkichga ega: Vardida bir o‘yinda o‘rtacha 4 ta bo‘lsa, Dakada esa 6 ta. (Garchi Avstriya chempionati darajasida bo‘lsa ham).

Jeymi Vardi singari, Patson Daka ham yaxshigina jismoniy fazilatlarga ega, bu unga jamoaning qarshi hujumlar paytida yanada tezroq hujumni yakunlashiga yordam beradi. O‘tgan mavsumda xususan, zambiyalik forvard «Red Bull»ning tezkor qarshi hujumlaridan so‘ng to‘rtta gol urdi va bu holat uni «Lester»da Brendan Rodjers uchun ancha qiziq nomzod sifatida ko‘rsatib berdi:

«Pressing - Dakaning eng kuchli tomonlaridan biri va, albatta, u maydonda buni juda yaxshi isbotlaydi. Patson har doim turli murabbiylardan rang barang narsalarni o‘rganishga tayyorligini namoyon qiladi. Jamoaning natijasi Daka uchun maydonda urilgan gollardan ko‘ra ancha muhimroq. Patson APLda «Lester» uchun mukammal hujumchi bo‘lishi mumkin. Uning energiyasi va kuchi zambiyalikka Angliyada samarali harakatlanishda yordam beradi", - deydi avstraliyalik jurnalist Aleksandr Andonov.

Premyer-ligaga o‘tish varianti haqiqatan ham Dakaning faoliyatidagi yangi va jiddiy sinovga tayyorligini bildirar edi. Biroq u hali o‘zida texnikasining bir qator jihatlarini yaxshi ishlab chiqishi kerak. Chunki Avstriya chempionatida unda yakkakurashlar va ayrim dribbling bilan bog‘liq muammolar ko‘zga tashlangan. Buning ustiga APL bu kabi kamchiliklarni kechirmaydi.

Daka anchayin umidli bo‘lgan yosh hujumchi, u o‘zini hali yuqori elita futbolida sinab ko‘rmagan. Shu sababli uning xalqaro maydonlarda qiyinchiliklarga duch kelganini ko‘rdik. U Chempionlar Ligasi doirasida «buqalar» safida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib atigi bitta gol urdi.

Shuningdek, Patson Angliya Superkubogi doirasida «Lester» safida o‘z debyutini o‘tkazdi va «Manchester Siti»ga qarshi 24 daqiqa harakat qildi. Biroq o‘yin statistikasi zambiyalik forvard uchun o‘ngay emas - 13 ta amalga oshirilgan dribblingdan faqat 2 tasi muvaffaqiyatli, 4 tadan 1 ta aniq pas. Yakka kurashlarning esa hech birida g‘alaba qozona olmagan. Ammo u Brendan Rodjersning talablarini ertaroq tushunadi degan umiddamiz. Patson «King Pauer»da o‘ziga xos o‘yinchiga aylanishga harakat qiladi. Zero, muxlislar undan Jeymi Vardining o‘rnini munosib tarzda egallashini kutishmoqda.

«Men oldin ham «Lester»ni ko‘p bora kuzatib kelganman. Jeymi Vardi - uslubi va harakatlaridan kelib chiqsa menga o‘xshab ketadi. Men har kuni mashg‘ulotlarda qatnashib, undan saboq olishim mumkinligidan juda xursandman”,- deydi Daka. 

Biz esa zambiyalik yosh iqtidorning kelgusi faoliyatida unga omad tilab qolamiz.

Yusufbek Saydaliyev tayyorladi

Kiritildi: 15:36, 24.08.2021. O'qildi: 2803 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 18
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 14
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
5 Челси Joao Pedro 11
6 Брайтон Denni Uelbek 11
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 10
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
9 Фулхэм Xarri Uilson 9
10 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.