Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 11 28
2 Paxtakor 11 26
3 Buxoro 11 20
4 Navbahor 11 20
5 Bunyodkor 11 19
6 Lokomotiv 11 17
7 OKMK 11 16
8 Andijon 11 16
9 Nasaf 11 14
10 Xorazm 11 13
11 Qizilqum 11 13
12 Surxon 11 12
13 Dinamo 11 11
14 Qo‘qon-1912 11 11
15 So‘g‘diyona 11 9
16 Mash’al 11 0

O'tgan o'yinlar.

11-тур Dinamo 3-1 Mash’al
11-тур Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
11-тур OKMK 0-0 Neftchi
11-тур Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
11-тур Surxon 1-1 Paxtakor
11-тур Xorazm 0-3 Andijon
11-тур Lokomotiv 1-0 Qizilqum
11-тур Nasaf 0-0 Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mourinyo kecha Shomurodovni boshqa pozisiyada o‘ynatib xato qildimi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Italiya «A» Seriyasi
Rukn: Yangiliklar
A A A

Kecha "Roma" Mourinyo boshqaruvida rasmiy o‘yinlardagi ilk mag‘lubiyatini "Verona"dan qabul qilib oldi. Qizig‘i, uchrashuvni Eldor Shomurodov asosiy tarkibda boshlagandi.

Bunda murabbiy Abraxamni ham asosiy tarkibga kiritdi va angliyalik futbolchini o‘z pozisiyasida o‘ynatdi, Eldorni esa orqaroqqa oldi. Bu holat Babayan davridagi O‘zbekiston termasini eslatdi. O‘sha vaqtda u Sergeevni oldinga tashlab, Eldorni biroz orqaroqda o‘ynatib keldi. Kuper davrida esa Eldor o‘z pozisiyasida o‘ynadi va rostmana porladi. "Roma"da ham hamyurtimiz oldingi chiziqda o‘zi ishtirok etgan barcha uchrashuvda foyda keltirdi.

Eldor murabbiy aytgan pozisiyada bemalol o‘ynashi va har nuqtadan turib jamoasiga foyda keltira olishiga shubha yo‘q. Ammo har bir futbolchi o‘zini o‘ng‘ayroq his qiladigan nuqtalar bor ekanini ham inkor etib bo‘lmaydi. Biz bunda Mourinyoni ham ayblay olmaymiz. Chunki unda vaqt kam edi va murabbiy Abraxam xarid qilingach, bir nechtagina rasmiy o‘yin o‘tkazdi xolos. Portugaliyalik uzoqni ko‘zlayapti va oldingi chiziqning 5-6 nafar asosiy futbolchisi biror sabab bilan safdan chiqib qolsa, keyingi rejalari qanday bo‘lishiga hozirdan oydinlik kiritib boryapti.

"Roma" navbatdagi uchrashuvni 23 sentyabr kuni o‘z maydonida "Udineze"ga qarshi o‘tkazadi.

Diyor Imomxo‘jayev.

Manba: @diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 12:14, 20.09.2021. O'qildi: 11887 marta. Fikrlar: 30 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
2 Пахтакор Doston Hamdamov 6
3 Сурхон Chinedu Stefan 6
4 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 6
5 Нефтчи Stipe Perisa 5
6 Бухоро Sherzod Esanov 5
7 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 4
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 4
9 Нефтчи Zoran Marushich 4
10 Динамо Azizbek Amonov 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик