Bugun 24 aprel, 2026 yil, juma.

  • APL
      • 23.04.2026 00:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Lids
      • 23.04.2026 00:00
      • Byornli
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 25.04.2026 00:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 25.04.2026 16:30
      • Fulhem
      • -:-
      • Aston Villa
      • 25.04.2026 19:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 25.04.2026 19:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Everton
      • 25.04.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Tottenhem
      • 25.04.2026 21:30
      • Arsenal
      • -:-
      • Nyukasl
  • La-liga
      • 23.04.2026 00:30
      • Barselona
      • -:-
      • Selta
      • 23.04.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Sevilya
      • 23.04.2026 23:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Espanyol
      • 24.04.2026 00:30
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 25.04.2026 00:00
      • Betis
      • -:-
      • Real Madrid
      • 25.04.2026 17:00
      • Alaves
      • -:-
      • Malyorka
      • 25.04.2026 19:15
      • Xetafe
      • -:-
      • Barselona
      • 25.04.2026 21:30
      • Valensiya
      • -:-
      • Jirona
      • 26.04.2026 00:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Atletik Bilbao
  • Superliga
      • 23.04.2026 19:00
      • Navbahor
      • 1:1
      • So‘g‘diyona
      • 23.04.2026 19:00
      • Nasaf
      • 2:3
      • Lokomotiv
      • 23.04.2026 20:15
      • Dinamo
      • 2:2
      • OKMK
      • 24.04.2026 19:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Neftchi
      • 24.04.2026 19:00
      • Qizilqum
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
      • 24.04.2026 20:15
      • Bunyodkor
      • -:-
      • Andijon
  • «A» Seriya
      • 24.04.2026 23:45
      • Napoli
      • -:-
      • Cremonese
      • 25.04.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Piza
      • 25.04.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Roma
      • 25.04.2026 23:45
      • Verona
      • -:-
      • Lechche
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Paxtakor 9 24
2 Neftchi 8 21
3 Navbahor 9 19
4 Bunyodkor 8 16
5 Buxoro 9 14
6 Lokomotiv 9 14
7 Nasaf 9 12
8 Xorazm 8 12
9 OKMK 9 12
10 Surxon 9 11
11 Qizilqum 8 9
12 Qo‘qon-1912 8 8
13 Dinamo 9 8
14 Andijon 8 7
15 So‘g‘diyona 9 6
16 Mash’al 9 0

O'tgan o'yinlar.

9-тур Surxon 2-1 Mash’al
9-тур Buxoro 0-1 Paxtakor
9-тур Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
9-тур Nasaf 2-3 Lokomotiv
9-тур Dinamo 2-2 OKMK

Navbatdagi o'yinlar.

24/04/26 Xorazm - Neftchi
24/04/26 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04/26 Bunyodkor - Andijon

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kilian Mbappe: «CHLda g‘olib chiqolmasak, ellik goldan nima ma’no?»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Yaqin yillarda zamonaviy futbolning birinchi raqamli yulduziga aylanishi taxmin qilinayotgan fransiyalik Kilian Mbappe «PSJ» klubi telekanaliga bergan intervyusida individual maqtovlarga aslo uchmasligini alohida ta’kidladi. Yosh goleador hozircha keyingi harakatini rasman tasdiqlaganicha yo‘q. Parij klubining shartnoma muddatini uzaytirish bo‘yicha ilgari surayotgan barcha takliflarini rad etayotgan Kilian suhbat davomida xudbin ekanligi haqidagi e’tirozlarga dangal munosabat bildirdi. Uning aytishicha, agar jamoasi CHLda g‘olib chiqolmasa, mavsumda 50talab gol urishidan zarra ma’no yo‘q ekan.

- «Real Madrid» 1 yanvarni kutib, soat sanash bilan ovora. «Qirollik klubi» aynan yangi yildan ke­yin sizga qonuniy ravishda rasman shartnoma taklif etishi mumkin...

- Yakunlanayotgan yil shaxsan o‘zimga juda samarali keldi - chamasi 40ta gol urdim. Biroq tanganing ikkinchi tomoni ham bor - jamoamiz na Liga 1 va na CHLda maqsadga erishdi. Jamoangiz yirik turnirlarda g‘alaba qozonolmas ekan, 50ta gol urishingizdan nima ma’no? Demoqchimanki, kamroq gol ursamu, «PSJ» Liga 1 va CHLda g‘olib chiqsa, shundan ko‘proq quvonaman. Takrorlayman, mavsum zo‘r o‘tdi, lekin yakuni yoqmadi. Chunki futbolda eng asosiy maqsad - sovrinlar yutish. Qisqasi, jamoaviy natijalar individual ko‘rsatkichlardan muhimroq, baribir.

- «Monako»da chinakam timsol darajasiga chiqqandingiz. «PSJ»da ham shunga yaqin holatda turibsiz. Bu masalada bosim og‘irlik qilmayaptimi?

- Yo‘q. Aksincha, hamisha bosim ostida qolish, ma’lum muammolarga yechim topishni istayman. Bosh­qacha aytganda, asosiy mas’uliyat aynan mening zimmamga tushganida, bundan shunchaki, yayrayman. Chunonchi, bosim yanada kuchliroq o‘ynashga turtki beradi, garchi nihoyasi ko‘rinmasa ham. Bosimga chidash - o‘rganish jarayoni va adrenalinning bir turi. Umuman, barcha yetuk futbolchilarga yuqori bosimli o‘yinlar yoqadi. Shunday ekan, bosimga munosabatim mutlaqo ijobiy.

- Aytishlaricha, Lionel Messining «Park de Prens»ga kelishi siz uchun «Real Mad­rid»ga ketish yo‘lida katalizator xizmatini o‘tamoqda. Chindan ham, shundaymi? Nahotki, argentinalik futbolchi bilan o‘ynash yoqmayotgan bo‘lsa...

- Atrofingizda ajoyib ijrochilar borligi foydali, albatta. Bugun mendan yordamini sira ayamaydigan futbolchilar bilan bitta jamoada o‘ynayapman: Neymar, Messi, di Mariya... Bunday holatda har qanday futbolchiga ancha oson, shaxsan men o‘zimni ancha erkin va yengil his qilyapman. Ba’zida hujumchi faqat va faqat zarba berish asnosida gol urishga intiladi, lekin agar o‘zgacha futbolchi bo‘lishni istasangiz, hammasini birdek bajarishingiz kerak. 15 yil davomida «Barselona»dek klubda o‘ta qalin iz qoldirgan Messi Parijda ham yangi jihatlarni ko‘rsatishga qodir, albatta. Deylik, uning o‘yinini televizor orqali tomosha qilish va mashg‘ulotlar jarayo­nida qanday ishlashini bevosita kuzatish o‘rtasida katta farq bor.

«PSJ»DAN YANA BIR HARAKAT

RMC Sport nashri xabariga qaraganda, «PSJ» Kilian Mbappeni olib qolish uchun uni jamoada eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylantirmoqchi. Har holda, parijliklar 22 yoshli hujumchiga o‘ta yirik maosh va’da qilishmoqda. Biroq Mbappening o‘zi yakuniy to‘xtamga kelishda aslo shoshilmayapti. To‘g‘ri, u hozirda bor e’tiborini aynan «PSJ»ga qaratgan. Xususan, joriy mavsum klub bilan CHL kubogini qo‘lga kiritmoqchi. Umuman, fransiyalik futbolchi shartnomaning moliyaviy tomoni ikkinchi masala ekanligini bot-bot ta’kidlamoqda. U keyingi faoliyati yuzasidan kelasi yozda bir qarorga kelmoqchi. Bordiyu, futbolchi Fransiya klubidan ketishni istasa, unda «Real» safini to‘ldiradi.

O‘z o‘rnida ma’lumot, Kilian joriy mavsum 24ta o‘yinda 15ta gol va 12ta samarali uzatma muallifiga aylandi.

MUHAMMADXON tayyorladi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:00, 24.12.2021. O'qildi: 2722 marta. Fikrlar: 5 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 6
2 Пахтакор Doston Hamdamov 6
3 Сурхон Chinedu Stefan 5
4 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
5 Нефтчи Stipe Perisa 4
6 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 3
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 3
8 Нефтчи Alisher Odilov 3
9 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
10 Нефтчи Zoran Marushich 3

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик