Bugun 30 sentyabr, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 143 62 49 254
2 Yaponiya 45 71 67 183
3 Janubiy Koreya 24 27 44 95
4 O‘zbekiston 14 17 13 44
5 Tailand 12 9 12 33
6 Bahrayn 11 5 4 20
7 Eron 10 16 11 37
8 Qozog‘iston 9 14 25 48
9 KXDR 7 5 6 18
10 Hindiston 6 21 25 52

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 22 51
2 Paxtakor 22 49
3 Navbahor 22 44
4 OKMK 22 35
5 Lokomotiv 22 35
6 Buxoro 22 34
7 Nasaf 22 34
8 Andijon 22 30
9 Dinamo 22 30
10 Qizilqum 22 29
11 So‘g‘diyona 22 28
12 Surxon 22 26
13 Bunyodkor 22 22
14 Xorazm 22 21
15 Qo‘qon-1912 22 20
16 Mash’al 22 4

O'tgan o'yinlar.

22-тур Navbahor 3-2 Dinamo
22-тур Mash’al 1-2 Paxtakor
22-тур Bunyodkor 2-1 Buxoro
22-тур Andijon 1-4 Nasaf
22-тур Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
22-тур So‘g‘diyona 1-2 OKMK
22-тур Lokomotiv 0-1 Neftchi
22-тур Xorazm 1-3 Qizilqum

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1931 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2186 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 30.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 30.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 30.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 30.09.2026

      06:00 Мотокросс. Швеция. MX2. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      07:00 Мотокросс. Швеция. MXGP. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      08:00 Олимпийские игры. Зал славы: Пекин-2008.
      09:00 Снукер. Третий раунд.
      11:00 LIVE Снукер. Третий раунд. Прямая трансляция.
      14:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на скорость. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      14:45 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      15:30 Снукер. Третий раунд.
      16:30 LIVE Снукер. Третий раунд. Прямая трансляция.
      19:30 Конный спорт. Конкур. Вена. Global Champions Tour.
      21:30 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на скорость. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      22:30 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      23:00 Снукер. Третий раунд.
      01:00 Трейлраннинг.
      01:30 Мотокросс. Швеция. MX2. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      02:15 Мотокросс. Швеция. MXGP. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      03:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Чунцин.
      03:45 Скалолазание. Микст. Финал. Мировая серия. Чунцин.
      04:30 Снукер. Третий раунд.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

2022 yilda o‘zbek va jahon futbolida kutilayotgan asosiy musobaqalar

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Sharhlar va Anonslar
A A A

Koronavirus pandemiyasi haligacha katta futbolga zarar yetkazishda davom etmoqda. Sababi, shu kunlarda futbolchilarning infeksiyani yuqtirib olgani, ko‘plab o‘yinlar qoldirilgani va muxlislar o‘yinlarga cheklovlar bilan kirishga ruxsat berilgani bunga yaqqol misol. Biroq, futbol taslim bo‘lmaydi va muxlislarga ajoyib his-tuyg‘ularni berishda davom etmoqda. “Stadion.uz” tarmoq nashri 2022 yilda muxlislarni kutayotgan asosiy futbol voqealariga to‘xtalib o‘tadi.

Afrika Millatlar Kubogi

9 yanvardan 6 fevralgacha Kamerun davlati Afrika kubogiga mezbonlik qilishni rejalashtirmoqda. Koronavirus pandemiyasi sababli turnir ikki marta qoldirildi. Bunday tahdid hozir bor, biroq Afrika futbol konfederasiyasi prezidenti Patris Motsepe Afrika Millatlar kubogi belgilangan sanalarda o‘tkazilishini aytdi. Turnir Kamerunning 6 shahridagi beshta stadionda bo‘lib o‘tadi. Qit’aning eng yaxshi 24 terma jamoasi to‘rtta jamoadan oltita guruhga bo‘lingan. Guruhlarda birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallagan, shuningdek, to‘rtta eng yaxshi uchinchi o‘rinni egallagan jamoalar pley-off bosqichiga yo‘l oladi.

 

Yevropa ligasi finali

2022 yilning 18 may kuni Yevropa Ligasi 13-mavsumining hal qiluvchi o‘yini bo‘lib o‘tadi. O‘yin Sevilyadagi “Ramon Sanches Pisxuan” stadionida bo‘lib o‘tadi. Yevropa ligasi finali mashhurlik bo‘yicha Chempionlar ligasi finalidan ancha ortda qolmoqda, ammo bu yil Yevropa futbol gigantlari turnirning final uchrashuvida maydonga tushishi mumkin. Masalan, “Barselona” – “Borussiya” Dortmund jamoalari hech kimni befarq qoldirmagan bo‘lardi. Biroq finalchilarni bashorat qilishga hali erta. Sababi turnirda 24 ta jamoa qatnashadi.

 

Chempionlar ligasi finali

2022 yilning 28 may kuni Sankt-Peterburgda Yevropaning eng nufuzli klublar darajasidagi turnir finali bo‘lib o‘tadi. Piterburg finalni 2021 yilda o‘tkazishi mumkin edi, ammo koronavirus pandemiyasi tufayli Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi finallari mezbonlaridan final o‘yinlarini bir yilga kechiktirish so‘ralgan. Shu tariqa, 2022 yilgi turnirning hal qiluvchi o‘yiniga “Gazprom Arena” mezbonlik qiladi.

 

UYEFA millatlar ligasi

2 iyundan 27 sentyabrga qadar Millatlar ligasining guruh bosqichi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Yevropaning 55 ta jamoasi to‘rtta ligaga bo‘lingan, birinchi uchta ligada to‘rtta kuchli jamoadan iborat guruh tuziladi, qolgan yettita eng kuchsiz Evropa jamoasi esa “D” ligasida ikkita guruhda o‘ynaydi. Har bir jamoa barcha raqiblariga qarshi uy va safar tizimida o‘yin o‘tkazadi. O‘yinlar iyun va sentyabr oylarida bo‘lib o‘tadi. “A” ligasi jamoalari finalga chiqish uchun, “B”, “C va “D” ligasi jamoalari esa yuqori ligalarga ko‘tarilish uchun kurash olib boradi. Guruhlarda birinchi o‘rinni egallagan jamoalar ligada yuqoriga ko‘tariladi, “A”, “B” va “C” guruhlarida so‘nggi o‘rinlarni egallagan jamoalar esa quyi divizionga tushadi. Joriy mavsumdan e’tiboran ushbu turnirda Janubiy Amerika jamoalari ham qatnashishi ko‘zda tutilgan.

 

UYEFA Superkubogi

2022 yilning 10 avgust kuni 47-UYEFA Superkubogi bo‘lib o‘tadi, unda Chempionlar ligasi va Yevropa ligasining 2021/22 yilgi mavsumi g‘oliblari to‘p suradi. Uchrashuvga mezbonlik qilishga ikkita da’vogar bor edi - Xelsinki va Tirana. Biroq Albaniya futbol assosiasiyasi o‘z arizasini qaytarib oldi, shu bois Finlyandiya poytaxtidagi 37 000 muxlisga mo‘ljallangan “Olimpiya” stadioni Superkubokni o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritdi.

Jahon chempionati

21 noyabrdan 18 dekabrga qadar butun dunyo futboli asosiy turniri Jahon chempionati o‘tkaziladi. Mundial tarixda birinchi marta Yaqin Sharqda, Qatarda bo‘lib o‘tadi. Turnirning yakuniy qismida dunyoning eng yaxshi 32 jamoasi sakkizta guruhga bo‘lingan. O‘yinlar mamlakatning beshta shahridagi sakkizta stadionda o‘tkaziladi. Final Lusail shahridagi 80 000 o‘rinli arenada bo‘lib o‘tadi. Tarixda birinchi marta jahon chempionati may, iyun yoki iyul oylarida o‘tkazilmaydi. Haddan tashqari issiq ob-havo tufayli musobaqa noyabr oyining oxiriga start oladi.

 

Osiyo kubogi saralashi

2022 yilgi mundialdan quruq qolgan O‘zbekiston terma jamoasi 8 - 14 iyun kunlari Osiyo Kubogi yo‘lida kurashni boshlaydi. Vakillarimiz ushbu turnir saralashida muvaffaqiyatli qatnashsa, 2023 yilda Xitoyda o‘tadigan musobaqa chiptasini qo‘lga kiritishadi.

 

Osiyo Chempionlar ligasi

Qolaversa, klublarimizning Osiyo Chempionlar ligasidagi uchrashuvlari o‘tkaziladi. Hozircha, faqatgina O‘zbekiston chempioni “Paxtakor” guruh masalasini hal qilgan. “Nasaf chempionlar ligasi saralash bosqichida qatnashadi. Agar, qarshiliklar guruh chiqish masalasini muvaffaqiyatli bajarsa, unda Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubi ham Osiyo klublar darajasidagi ikkinchi musobaqa, OFK kubogida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

 Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:26, 25.12.2021. O'qildi: 3548 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

№ Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 14
2 Нефтчи Stipe Perisa 12
3 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 11
4 Насаф Bobur Abduxoliqov 9
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 Бухоро Sherzod Esanov 9
7 Навбаҳор Husayn Norchayev 8
8 Пахтакор Chinedu Stefan 8
9 Пахтакор Doston Hamdamov 8
10 Нефтчи Alisher Odilov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик