Angliya Premyer-ligasida muvaffaqiyatli to‘purar bo‘lish, hatto taniqli futbol daholari uchun ham oson ish emas. Masalan, “Oltin to‘p” sohibi, ukrainalik Andrey Shevchenko “Milan” klubi tarixidagi ikkinchi to‘purar edi. “Chelsi” safiga ko‘chib o‘tayotgan vaqtda uning Yoshi 30 ga yaqinlashib qolganini ko‘rishimiz mumkin edi. “Milan”da super o‘yin ko‘rsatgan hujumchi Angliya chempionatiga moslashib keta olmadi va yuqorida keltirilgan ta’rifga mos tushgan o‘nlab holatlardan biri edi, xolos.
Ammo bizning bugungi qahramonlarimiz, aksincha, o‘ttizdan keyin Angliya premer-ligasida ajoyib o‘yinlari bilan maqtanishlari mumkin. Mana bu futbolchilarning o‘ttiz yoshga to‘lganidan keyin urgan gollari asosida tuzilgan Premer-liganing besh nafar eng yaxshi to‘purar-faxriylari bilan tanishib chiqamiz.
5. Teddi Sheringem- 77 ta gol
Londonning “Milluoll” klubi tarbiyalanuvchisi Teddi Sheringem hamon Premyer-ligada gol urgan eng keksa futbolchi bo‘lib turibdi. Hujumchining rekordi - 40 yosh-u 268 kun. Kelgusi fevralda 37 yoshga to‘ladigan Krishtianu Ronaldu uchun ham bunday natijani takrorlash imkonsiz bo‘lsa kerak.
1993 yilda Sheringem Premer-liga to‘purarlari bahsida bir mavsumda 21 gol urgan "Tottenxem" futbolchisi sifatida g‘olib chiqdi. Umuman olganda, Premyer-ligada Teddi "shporlar"dan tashqari yana uchta jamoa - "Manchester Yunayted", "Porsmut" va "Vest Xem"da o‘ynagan.
30 yoshga to‘lganidan so‘ng ham, Sheringem muxlislarni o‘z o‘yini bilan xursand qilishda davom etdi. Hammasi bo‘lib, bu davrda uning hisobida 77 ta gol bor. 2001 yilda Sheringem bir vaqtning o‘zida ikkita ham sport jurnalistlari va professional futbolchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada Angliyaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgani bejiz emas. Sakkiz yil o‘tib, 2009 yilda Teddi Angliya futboli shon-sharaf zaliga kiritildi.
4. Frenk Lempard - 82 ta gol
Frenk Lempard Angliya Premyer-ligasi tarixidagi eng ko‘p gol urgan yarim himoyachi (177 gol) hisoblanadi. Lempard "Vest Xem"da Premyer-ligada gol urishni boshladi, lekin u buni "Chelsi" safida katta miqdorda va did bilan amalga oshira oldi. Bejiz emaski, bugungi kunda aynan Frenk “ko‘klar” tarixidagi eng sermahsul futbolchi (211 ta gol) va bu rekord tez orada yangilanmaydi, chunki "Chelsi"da faoliyatini davom ettirayotgan futbolchilar orasida unga yaqin keladiganlari yoq.
Lempard o‘ttiz yoshga to‘lganidan keyin ko‘p gol urgani ham muhimdir. Jumladan, 2009/10 yilgi mavsumda Frenk 31 yoshda bo‘lganida u Premyer-ligada bir mavsumda urilgan gollar soni bo‘yicha shaxsiy rekord o‘rnatdi - 22. Bu Lempardga chempionat to‘purarlari reytingida beshinchi bo‘lishga imkon berdi. O‘sha mavsumda oldinda faqat hujumchilar bor edi : Drogba (29), Runi (26), Benta (24) va Teves (23).
3. Alan Shirer - 84 ta gol
Alan Shirer - umuman Angliya futbolida, xususan, Premyer-ligada haqiqiy afsona. Bu ajoyib to‘purar hech qachon taniqli gigantlar safida o‘ynamagan va butun faoliyatini oddiyroq maqomdagi klublar – “Sautgempton”, “Blekbern” va “Nyukasl”da o‘tkazgan
26 yoshida Shirer “Nyukaslga” o‘tadi va u yerda keyingi o‘n yillik faoliyatini yakunlamaguncha o‘tkazdi.
Aynan "qargalar" safida Alan 30 yoshga to‘lganidan keyin 84 ta gol urib, bugungi reytingimizda uchinchi bo‘ldi. Umuman olganda, Shirer Premyer-ligada 260 ta gol urib, turnir tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi. UYEyn Runi Alanning natijasiga yaqinlashayotgan edi, ammo 193 ta gol urib, u Premyer-liga to‘purarlari ro‘yxatida ikkinchi bo‘lib faoliyatini tugatishga majbur bo‘ldi.
Shirerga kelsak, u ham “Nyukasl” tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylana oldi. Alan jamoa safida 206 ta gol urgan, bu o‘tgan asrning 40-50 yillarida jamoada o‘ynagan Jeki Milberndan to‘rttaga ko‘p degani.
2. Ian Rayt - 93 ta gol
Ko‘p yillar davomida Ian Rayt 30 yoshga to‘lganidan keyin eng ko‘p gol urgan futbolchilar orasida Premyer-liga rekordchisi bo‘lgan. 27 yoshida Rayt "Arsenal"ga ko‘chib o‘tdi va u yerda o‘z faoliyatining keyingi yetti yilini o‘tkazdi, jumladan, biz ko‘rib chiqayotgan reyting uchun asosiy davrni aynan “Arsenal” tarkibida o‘tkazdi.
Rayt londonliklar libosida 185 ta gol urdi va deyarli o‘n yil davomida jamoada eng ko‘p gol urgan futbolchi pog’onasida edi. Toki fenomenal fransuz Terri Anri uning o‘rnini egallamaguncha.
Raytning tezligi va chaqqonligi uni umuman olganda juda pragmatik "Arsenal"ning asosiy jihatiga aylantirdi va uning raqiblar darvozasi oldidagi qat’iyatliligi "kanonirlar"ga autsayder bo‘lib harakat qilayotgan bahsalarda ham foyda keltirardi. Umuman olganda, 30 yoshga to‘lgan Rayt Premyer-ligada 93 ta gol urdi va shu yilning noyabrigacha turnirning eng yaxshi to‘purar-faxriylari ro‘yxatida so‘zsiz 1-o‘rinni egallab turgan edi...
1. Jeymi Vardi - 93 ta gol
Jeymi Vardi bo‘lmasa, bu reytingda Raytdan yana kim o‘zib ketishi mumkin edi? Aytish joizki, ushbu forvard Premyer-ligadagi debyutini juda kech o‘tkazdi - 27 yoshu 7 oy 20 kunligida. O‘shanda hech kim Vardini nafaqat "Lester" uchun, balki butun liga uchun ajoyib figuraga aylanadi deb o‘ylamagan bo‘lsa kerak.
"Lester" uchun shov-shuvli chempionlikka aylangan 2015/16 yilgi mavsumda Jeymi Vardi 24 ta gol urib, Premyer-liganing eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.
Bu uning ligadagi eng yaxshi rekordi bo‘lib qolmoqda, garchi 2019/20 yilgi mavsumda u raqiblar darvozasiga 23 ta gol urib, unga yaqinlashgan bo‘lsa-da, bu yana Jeymining to‘purarlar bahsida g‘alabasini ta’minladi.
Vardi o‘zini juda kech kashf qilganini hisobga olsak, uning gollarining katta qismi 30 yoshga yaqinlashganda urilgani hech kimni ajablantirmasa kerak. Joriy mavsumda, Jeymi o‘z hisobiga 9 ta gol yozib qo‘ygan va 28 noyabr kuni "Lester"ning uy uchrashuvida "Uotford" darvozasiga kiritgan ikkinchi goli (4:2) Vardiga buyuk Ian Raytga yetib olish imkonini berdi.
Vardi tez orada Raytning rekordini yangilashi va uning yagona egasiga aylanishiga shubha yo‘q. Jeymi 34 yoshda va uning "Lester" bilan shartnomasi yana bir yarim mavsumga mo‘ljallangan, shuning uchun hujumchi 30 yoshdan oshgan futbolchilarning Angliya chempionatida urgan gollari reytingida yakka peshqadamga aylanib olishi hech gap emas.