Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 11 11 40
2 AQSh 11 12 9 32
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Fransiya 8 9 6 23
6 Germaniya 7 9 8 24
7 Shveysariya 6 8 6 20
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 25 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Espanyol 25 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«PSJ» orzular markazini quradi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Fransiya 1-Divizioni
Rukn: Yangiliklar
A A A

17ta maydon, stadion, katta mevali bog‘ - «PSJ» 300 million yevro evaziga orzu markazi quradi. U «Park de Prenc» arenasiga yaqin manzilda bunyod etiladi. Ya’ni stadiondan markazni atigi 25 daqiqalik yo‘l ajratib turadi. Sports.ru sayti ijodkorlari shu megaloyiha tafsilotlari bilan qiziqib ko‘rishdi.

«PSJ» matbuot xizmati qurilishi allaqachon boshlangan mashg‘ulotlar markazidan yangi kadrlarni taqdim etdi. Rejaga muvofiq, asosiy jamoa yangi bazaga 2023 yilning yozidayoq ko‘chib o‘tadi, ayollar va yosh futbolchilar esa qishga yaqin. Xo‘sh, qurilish ishlari qanday ketmoqda? Avvalo, loyi­ha haqida ma’lumot: markazda bolalar uchun maktab ochiladi, keyinroq 3000 tomoshabinga mo‘ljallangan stadion qad rostlashi kerak. Megaloyiha qiymati - 250-300 million yevro. Majmua uchun Parij tevaragidagi so‘lim Puassi shaharchasi tanlangan. Bu hudud «PSJ»ning hozirgi bazasidan uncha uzoq emas. «Park de Prenc» stadioni bilan oradagi masofa esa atigi 25 daqiqalik yo‘lga teng. Yangi markaz professionallar va akademiya tarbiyalanuvchilariga birdek xizmat qiladi. Raqamlarda aytsak, bu yerda 180 nafar sportchi va 200 nafar xodim (jumladan, idora vakillari) yashashlari mumkin. Deylik, asosiy  jamoaga jami 43ta xona ajratiladi. Bular - dam olish (o‘yinlar oldidan) muolaja, balneoterapiya (mineral suvlar va botqoq vanna bilan davolash), krioterapiya xonalari. Markazda shuningdek, basseynlar, sauna, hammom va restoran ham bo‘ladi.

Tarbiyalanuvchilar (jumladan, qizlarga ham) uchun chamasi 15ta sinfga ega maktab ochiladi. Parij-2024 Olimpiadasidan keyin boshlanadigan qurilish jarayonining ikkinchi bosqichida esa markazda «PSJ» tizimidagi gand­bol va dzyudo sektorlari uchun mo‘ljallangan yana bir bo‘lim qad rostlaydi. Shuning barobarida ayollar va yoshlar jamoalari o‘yinlari uchun sig‘imi 3000ga teng stadion ham quriladi. Xullas, gap Il-de-Frans (Parij markazida joylashgan tarixiy hudud)dagi ikkinchi yirik qurilish maydoni haqida ketmoqda. Ha, «PSJ» sohiblari boshlagan loyiha ayni payt Fransiya poytaxtida ham hajmi, ham qiymati (250-300 million yevro) bo‘yicha 2-o‘rinda. Zero, mash­g‘ulotlar markazi 74 gektar maydonni o‘z ichiga oladi. To‘g‘ri, binolar hududning atigi 10 foizini egallaydi. Markaz ichida 17ta futbol maydonchasi bo‘ladi. Ulardan 12tasi gibrid (yarimtabiiy, yarimsun’iy) chimli maydon. 6ta maydon «Park de Prenc»dagi texnologiya bo‘­yicha isitish tizimiga ulanadi.

Arablar markazning atrof-muhitini ham unutmaganlar. Ular mevali bog‘ uchun ajratilgan yer maydoniga 4 ming tup daraxt ekish asnosida hududdagi bio xilma-xillikni saqlab qolish niyatidalar. Bog‘ va sabzavot maydoni yaratishdan yana bir maqsad - markaz oshxonasini yangi mahsulotlar bilan ta’minlash. Ha, «PSJ» vakillari orzu misoli markazga ko‘chib o‘tishga tobora yaqinlashmoqdalar...

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 16:47, 13.03.2022. O'qildi: 1829 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.