Bugun 24 may, 2026 yil, yakshanba.

  • «A» Seriya
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • 3:3
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • 2:1
      • Piza
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • -:-
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Yuventus
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • -:-
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Kalyari
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • 2:1
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • 1:0
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 4:2
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • 3:1
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • 1:0
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Atletiko
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Omadsiz Italiya bu borada yolg‘iz emas yoxud Yevropa chempionlarini sig‘dirmagan Mundial

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Italiya terma jamoasi JCH-2022 saralash bosqichi pley-off o‘yinida o‘z maydonida Makedoniyaga qarshi o‘yin o‘tkazdi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa Qatardagi jahon chempionati Yevropaning hozirgi eng yaxshi jamoasisiz bo‘lib o‘tadi.

Shu tariqa, Yevropaning amaldagi chempioni hisoblangan Appenin oroli vakillari ketma-ket ikkinchi marta Mundialdan mosuvo bo‘ldi. Ammo ko‘hna qit’aning eng yaxshi jamoasi nomini qo‘lga kiritgan terma jamoalar jahon chempionatiga chiqa olmasligi Yevropa futboli tarixidagi birinchi holat emas. Shu bois bugun yuqoridagi holatlarga o‘xshash barcha voqealarni eslab o‘tishga qaror qildik.

 

Italiya

Yevropa chempioni: 2020
Jahon chempionatini o‘tkazib yuborgan: 2022

O‘tgan bir necha yil ichida Italiya terma jamoasi o‘z natijalari bilan jamoatchilikni lol qoldirdi. «Adzurrilar» 15-20 yil oldingidek yulduzli terma jamoa emas edi, ammo Roberto Manchini bu futbolchilardan haqiqiy yulduzli jamoa shakllantira oldi.

Ularning mag‘lubiyatsiz seriyasi nihoyatda uzoq davom etdi. Bu faqat Yevropa chempionatidan so‘ng yakunlandi.

Koronavirus tufayli qoldirilgan Yevro-2020 musobaqasida italiyaliklar o‘z guruhidan osongina pley-offga yo‘l oldi va finalgacha chiqa olishdi. Appenin oroli vakillari yakuniy bahsda Angliya terma jamoasini penaltilar seriyasida mag‘lub etib, keyingi Yevropa chempionatigacha qit’aning eng yaxshi jamoasi nomini qo‘lga kiritishdi.

Mundial uchun yo‘l italiyaliklarga omadli boshlandi. Ular Shimoliy Irlandiya, Litva va Bolgariyani mag‘lub etib, jahon chempionati yo‘llanmasi uchun kurashni ishonchli boshladilar. Ammo Manchini shogirdlari keyinchalik Florensiyada Bolgariya va Shveysariya bilan kutilmaganda durang o‘ynashdi.

«Adzurrilar» uchun haqiqiy omadsizlik oxirgi turda bo‘ldi. Italiya Belfastda g‘alaba qozonishi kerak edi, ammo durang o‘ynab, JCHdagi o‘z o‘rnini Shveysariyaga bo‘shatib berdi.

Ular endi JCHga aylanma yo‘llar orqali chiqishlari talab etilardi. Italiya pley-offda qanday jamoa bilan o‘ynashi noaniq edi. Qur’adan keyin barchasi aniq bo‘ldi. Ular birinchi o‘yinda kuchsiz raqib bilan, ikkinchisida esa kuchli raqib bilan to‘qnash kelishlari kerak edi.

Ammo «kuchsiz» Shimoliy Makedoniya Yevropa chempionlarini mag‘lub etdi. Shu tariqa Italiya o‘z tarixida birinchi marta ketma-ket ikkinchi jahon chempionati yo‘llanmasidan quruq qoldi.

 

Daniya

Yevropa chempioni: 1992 yil
Jahon chempionatini o‘tkazib yuborgan: 1994 yil

Daniya termasining 1992 yilgi Yevropa chempionatidagi g‘alabasi ko‘pchilik uchun kutilmagan natija hisoblanadi. Daniyaliklar o‘sha turnirda umuman ishtirok etmasligi mumkin edi, ammo bu safar «sport siyosatdan tashqarida» iborasi o‘z kuchini ko‘rsatdi.

Yugoslaviya parchalanib ketganligi sababli, bu jamoaning Yevrodagi o‘rnini aynan Daniya egalladi va keyinchalikular musobaqada g‘alaba qozonishdi.

1994 yil AQSHda bo‘lib o‘tgan jahon chempionati saralashida Daniya juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Ular 12 ta o‘yinning yettitasida ketma-ket g‘alaba qozonishgan, ammo daniyaliklar ikki bor Irlandiya bilan durang o‘ynashgani jamoaga pand berdi.

Chunki so‘nggi turda «qizil-oqlar» ispanlarga yutqazib qo‘yishdi (guruhdagi yagona mag‘lubiyat) va qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra irlandlardan ortda qolib ketib, Mundialdan quruq qoldi.

Shunday qilib, Ispaniya va Irlandiya terma jamoalari guruhda birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallab, jahon chempionatiga yo‘l olishgan. Daniya esa...

 

Gresiya

Yevropa chempioni: 2004 yil
Jahon chempionatini o‘tkazib yuborgan: 2006 yil

Portugaliyadagi Yevropa chempionatida Gresiya terma jamoasi barcha futbol muxlislarini lol qoldirdi.

Ular birinchi marta Portugaliyani ochilish o‘yinida mag‘lub etishdi. Keyinchalik, esa bu jamoa ustidan yana g‘alaba qozondi, lekin bu uchrashuv final bahsi edi.

Greklarning pley-offdagi taktikasi himoyaga asoslangan edi va ular kamdan-kam holda hujumga o‘tishgan. Ammo bu Gresiya uchun juda yaxshi natija berdi. Pley-offdada 3 ta o‘yin, 1:0 hisobida 3 ta g‘alaba va Yevropa chempionligi.

Greklar Germaniyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga saralash bosqida nisbatan teng kuchli guruhdan joy oldi. Birinchi o‘rin uchun yaqqol favorit yo‘q edi. Ushbu kvartetda Gresiyaga o‘yin darajasi bir xil bo‘lgan jamoalar - Daniya, Turkiya va Ukraina raqib bo‘lishdi.

O‘sha yillarda Ukraina guruhda g‘alaba qozonib, jahon chempionatiga yo‘llanma olganini ko‘pchilik yaxshi eslashadi. Ammo Gresiya barcha o‘yinlarning 3 tasida g‘alaba qozonganiga qaramay, Ukrainadan to‘rt ochko va ikkinchi o‘rindan joy olgan jamoadan ikki ochko ortda qolgan holda bor-yo‘g‘i uchinchi o‘rinni egallagan. Shu tariqa Gresiya ham amaldagi Yevropa chempioni bo‘la turib, Mundial yo‘llanmasidan mosuvo bo‘lgan.

Manba: isport.ua
Kiritildi: 19:40, 26.03.2022. O'qildi: 2653 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик