Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zbekiston kubogi. «G» guruhidan 3ta jamoa pley-offga yo‘l oldi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / O‘zbekiston kubogi / Uchrashuvlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekiston kubogining "G" guruhida ham so‘nggi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Pley-off yo‘llanmasini muddatidan avval hal qilgan "Bunyodkor" o‘z maydonida "Buxoro"ni qabul qilib, yirik 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. "Qaldirg‘ochlar" guruh bosqichida yuz foizlik natija qayd etishdi.

“Metallurg”ga esa Termizning “Surxon” jamoasiga qarshi o‘yinda g‘alaba suv va havodek zarur edi. Luisma Ernandes boshchiligidagi bekobodlik yigitlar bu vazifani uddalashdi va pley-off yo‘llanmasini rasmiylashtirishdi.

“Surxon” bilan chempionat doirasidagi o‘yin ham og‘ir kechgandi. Ispaniyalik mataxassislar raqibni juda yaxshi o‘rganishganligi o‘yin davomida yaqqol sezildi. Ikkala jamoa ham uchrashuvni shiddatli, tajovuzkoraona boshladi. Maydon egalari esa hududiy ustunlikni tezda qo‘lga olishdi va birin ketin raqib darvozasi yonida xavfli vaziyatlar yarata boshlashdi. Faqatgina ular maqsadga taym oxiriga kelganda erishishdi. Chap qanotdan uyushtirilgan hujumni Damir Temirov olisdan bergan kuchli zarbasi bilan yakunladi. Fantastik treaktoriya bilan darvoza to‘riga borib tushgan bu gol o‘yinda yagonaligini saqlab qoldi.

Shunisi e’tiborga molikki, mazkur natija “Surxon”ni ham xafa qilmadi. Sababi guruhda 4 ochko bilan 3-o‘rinni egallagan “Surxon” ham nimchorak finalchilar qatoriga qo‘shildi. Boisi “Surxon” 3-o‘rin sohiblari orasida eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etdi.

O‘zbekiston kubogi
G guruhi. 3-tur. 21 aprel, payshanba
“Metallurg” – “Surxon” – 1:0
Gol: Damir Temirov (34)
“Metallurg”: 12.Aleksandr Lobanov, 27. Ixtiyor Toshpo‘latov, 80.Farrux Ibrohimov (26.Hakimxon Alamxonov, 82), 5.Abbos Otaxonov, 94.Farhod Bekmurodov, 6.Xudoyshukur Sattorov, 11.Damir Temirov (25.SHahzodjon Ne’matjonov, 90+4), 14.Abrorbek Toshqo‘ziyev, 16.Jasur Xolto‘rayev (10.SHohnazar Norbekov, 82), 19.Ergash Ismoilov, 9.Zabixillo O‘rinboyev (8.Salamat Quttiboyev, 78).
"Surxon": 35.SHohruh Eshbo‘tayev, 4..Javohir Sohibov, 5.Serxio Rodriges (2.Zoir Jo‘raboyev, 68), 6.Jahongir Ahmadov, 7.Islomjon Toshpo‘latov (11.Luis Migel Kezada, 46), 9.Zohir Pirimov (10.Murodbek Bobojonov, 46), 13.Miroslav Markovich, 19.Nuriddin Hasanov, 20.Iqbol Malikjonov, 23.Abdulaziz Yusupov, 66.Behruz Shaydulov.
Ogohlantirishlar: Islom Toshpo‘latov (19), Ergash Ismoilov (23), Nuriddin Hasanov (36), Javohir Sohibov (49), Jasur Xolto‘rayev (63), Zabixillo O‘rinboyev (64), Jahongir Ahmadov (80)
Hakamlar: Axrol Risqullayev, Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov, Husan Muzaffarov.
Nazoratchi: Dmitriy Roman
Komissar: Qurdat Madraimov

“BUNYODKOR” – “BUXORO” - 5:0
Gollar: Usmonali Ismonaliyev, 21 - 1:0. Ibrohim Tomiva, 29 - 2:0. Davron Ergashev, 53 - 3:0. Umarali Rahmonaliyev, 75-penaltidan - 4:0. Sardorbek Xursandov, 82 - 5:0.
"Bunyodkor": 32. Sultonov, 2. Hursandov, 4. Ergashev, 5.Dilshod Jo‘rayev (G‘ayrat Azizxo‘jayev 46), 6. Olmasaliyev, 7. Odiljon Abdurahmonov (Bilol Tupliyev 55), 8. Fransis Narx (Mahmud Mahamadjonov 55), 22. Usmonali Ismonaliyev (Umid Sultonov 55), 33. Rahmonaliyev, 49. Ibrohim Tomiva (Muzaffar Olimjonov 46), 88. O‘rozov.
"Buxoro": 13. Stoshich, 3. Amanov, 4. Mirjalol Jumayev (Jasur Hasanov 53), 5. Ablitarov, 8. Jo‘rayev, 9. Xurshidjon Olimov (Rustamjon Abduhamidov 46), 15. Obid Jo‘raboyev (Bekzod Sayidov 53), 17. Ubaldulloyev, 22. Ro‘zimboy Ahmedov (Firdavs Asadov 46), 23. Suhrob Ne’matov (63), 77. Jumanqo‘ziyev.
Bosh hakam: Vadim Agishev.
Qanot hakamlari: Sardor Nishonboyev, Avaz Abdullayev.
Zaxiradagi hakam: Akobirxo‘ja Shukurullayev.
Nazoratchi: Bobir Haydarov.
Komissar: Sardor Qudratullayev.

 JamoaO‘yinG‘alabaDurangMag‘-tT-NOchko
1 Bunyodkor 3 2 1 0 9-2 7
2 Surxon 3 1 1 1 2-1 4
3 Metallurg 3 1 1 1 4-5 4
4 Buxoro 3 0 1 2 1-8 1
Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:43, 21.04.2022. O'qildi: 2358 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик