Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba.

  • La-liga
      • 06.04.2026 00:00
      • Alaves
      • 2:2
      • Osasuna
      • 07.04.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:0
      • Vilyarreal
  • «A» Seriya
      • 06.04.2026 15:30
      • Udineze
      • 0:0
      • Komo
      • 06.04.2026 18:00
      • Lechche
      • 0:3
      • Atalanta
      • 06.04.2026 21:00
      • Yuventus
      • 2:0
      • Jenoa
      • 06.04.2026 23:45
      • Napoli
      • 1:0
      • Milan
  • Superliga
      • 07.04.2026 17:00
      • Lokomotiv
      • -:-
      • Xorazm
      • 07.04.2026 18:00
      • Mash’al
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 07.04.2026 19:15
      • Andijon
      • -:-
      • Navbahor
      • 08.04.2026 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Nasaf
      • 08.04.2026 19:00
      • OKMK
      • -:-
      • Surxon
      • 08.04.2026 20:15
      • Dinamo
      • -:-
      • So‘g‘diyona
  • ECHL
      • 07.04.2026 23:59
      • Real Madrid
      • -:-
      • Bavariya
      • 07.04.2026 23:59
      • Sporting
      • -:-
      • Arsenal
      • 08.04.2026 23:59
      • Barselona
      • -:-
      • Atletiko
      • 08.04.2026 23:59
      • PSJ
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 31 72
2 Napoli 31 65
3 Milan 31 63
4 Komo 31 58
5 Yuventus 31 57
6 Roma 31 54
7 Atalanta 31 53
8 Bolonya 31 45
9 Lasio 31 44
10 Sassuolo 31 42
11 Udineze 31 40
12 Torino 31 36
13 Parma 31 35
14 Jenoa 31 33
15 Fiorentina 31 32
16 Kalyari 31 30
17 Cremonese 31 27
18 Lechche 31 27
19 Verona 31 18
20 Piza 31 18

O'tgan o'yinlar.

31-тур Sassuolo 2-1 Kalyari
31-тур Verona 0-1 Fiorentina
31-тур Lasio 1-1 Parma
31-тур Cremonese 1-2 Bolonya
31-тур Piza 0-1 Torino
31-тур Inter 5-2 Roma
31-тур Udineze 0-0 Komo
31-тур Lechche 0-3 Atalanta
31-тур Yuventus 2-0 Jenoa
31-тур Napoli 1-0 Milan

Navbatdagi o'yinlar.

10/04/26 Roma - Piza
11/04/26 Kalyari - Cremonese
11/04/26 Torino - Verona
11/04/26 Milan - Udineze
11/04/26 Atalanta - Yuventus
12/04/26 Jenoa - Sassuolo
12/04/26 Parma - Napoli
12/04/26 Bolonya - Lechche
12/04/26 Komo - Inter
13/04/26 Fiorentina - Lasio

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Byornli" "Manchester Yunayted"dan kamroq o‘tkazib yubordi va Gyundogan "Siti"ning eng muhim futbolchisi. Premyer-liga haqida ishonish qiyin bo‘lgan 6 fakt

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Angliyada futbol mavsumi yakuniga yetmoqda. Stadion.uz esa siz azizlarga yana bir bor tekshirib ko‘rishingiz kerak bo‘lgan qiziqarli statistikalarni taqdim etadi.

1. "Byornli" "Manchester Yunayted"ga qaraganda kamroq gol o‘tkazib yubordi

"Manchester Yunayted" dahshatli mavsum o‘tkazganiga qaramay, jamoa turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi, David De Xea esa shaxsan yaxshi o‘ynadi, "Byornli" esa hali chempionatda qolish uchun o‘z o‘rnini kafolatlagani yo‘q. Biroq, Nik Poup o‘z darvozasidan De Xeaga qaraganda kamroq to‘p olib chiqdi, 50 ga 56. Va umuman olganda ispaniyalik darvozabonni Maguayr va Chempionlar Ligasining bir necha bor g‘olibi Varan himoya qilib keldi. Qanday qilib shuncha gol o‘tkazib yuborish mumkin aqlga sig‘maydi, shunday emasmi?!

2. Jon Stouns – Premyer-ligada “Havo qiroli”

Jon Stouns Premyer-liganing eng kuchli markaziy himoyachisi nomi uchun so‘rovnomada eng ko‘p ovoz to‘plashi dargumon. Birinchi qatorga uning sherigi Ruben Diash va Virjil van Deyk da’vogarlik qiladi. Ular jamoada katta obro‘ga ega. Siz ularni chetlab o‘ta olmaysiz. Ikkinchi qavatda esa bu yigitlar bilan umuman raqobatlashmaganingiz ma’qul. Va mana muammo nimada: an’anaviy tarzda van Deyk va Diashdan bir pog‘ona, hattoki bir necha pog‘ona pastda joylashgan Stouns ikkinchi qavatda o‘ynash bo‘yicha Premyer-ligadagi eng yaxshi futbolchi. Jon duellarning 84,2 foizini yutgan. Qizig‘i shundaki, Natan Ake ro‘yxatda ikkinchi o‘rinda, shundan keyingina Diash va van Deyk.

3. Alisson Eduard Mendiga qaraganda samaraliroq o‘ynadi

Alisson Bekker - birga-bir vaziyatlarni bartaraf etishda kuchli va uning aniq uzatmlari ham boshqalarnikidan yaxshiroq. “Liverpul” deyarli har doim braziliyalik darvozabonning texnik jihatlaridan foydalangan holda o‘ynayotgandek taassurot paydo bo‘ladi. Eduard Mendi esa Alisson fonida "eski maktab" vakiliga o‘xshaydi. Mana bu statistik ma’lumotlarga qarang: Alisson 45,2% holatda to‘pni darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi, Mendining ko‘rsatkichi 34,5 foizga teng. “Liverpul” va “Chelsi”ning hujumlarini boshlash fonida ham Bekker ustun bo‘lib chiqyapti.

4. "Everton" "Byornli"dan ko‘proq qizil kartochka oldi

"Byornli" bilan yana bir taqqoslash, endi esa boshqa tomondan APLda qolish uchun kurashda liverpulliklarning bevosita raqibi. "Byornli" Shon Daych ishlagan yillar davomida obro‘ga ega bo‘ldi. Ular kerakli vaziyatlarda yaxshi o‘yin ko‘rsatib, Premyer-ligada qolishni uddalab kelishdi. "Everton"ni esa qo‘pol o‘ynaydigan jamoa emasdi. Eng ajablanarlisi, "Everton" futbolchilari mavsum davomida 6 bor qizil kartochkaga loyiq ko‘rilgan bo‘lsa, "Byornli"da bu ko‘rsatkich birga teng. To‘g‘ri, qo‘polliklarning umumiy soni bo‘yicha Maykl Jekson jamoasida biroz ustunlik bor - 443:428.

5. Fred Premyer-ligada darvoza tomon eng yaxshi zarba beradigan futbolchi

Balki bu ma’lumot xatodir? Muhammad Saloh, Son Xyon-Min yoki Krishtianu Ronaldu unda aniqroq zarba bergan bo‘lishi kerak edi. Bu taxminlarning har biri noto‘g‘ri, chunki Premyer-liganing barcha o‘yinchilari orasida eng samarali futbolchi tanqid qilingan Freddir. Braziliyalik futbolchi 15 ta urinishda darvoza tomon 9 ta zarba berdi (60%), u 4 ta gol urdi, ya’ni uning har to‘rtinchi zarbasi golga aylangan.

6. Ilkay Gyundogan - "Manchester Siti"ning eng muhim va butun ligadagi eng samarali o‘yinchisi

Birinchidan, keling, sarlavhani tushintiramiz. Eng muhim o‘yinchi - bu maydonda u ishtirok etgan o‘yinlarda jamoa maksimal ball to‘plagan. “Manchester Siti”da men Kevin De Bryuyne yoki Ruben Diashni, balki mavsumni ajoyib o‘tkazayotgan Joau Kanseluni yoki Edersonni alohida ta’kidlamoqchiman. Biroq, statistika boshqacha. Xosep Gvardiola jamoasi Gyundogan bilan maydonda eng ko‘p ochko to‘playdi - har bir o‘yinda o‘rtacha 2,58 ochko.

Albatta, buni Ilkayning joriy mavsum rotasiya o‘yinchisi ekanligi va jadvalning quyi qismidagi raqiblarga qarshi tez-tez o‘ynashi bilan izohlash mumkin, shunga qaramay, uning raqamlari hayratlanarli. Bunday qahramonlar hammaga yoqadi va g‘alati tarafi shundaki, "Man Siti" yarim himoyachini tarkibda saqlab qolishga urinmayapti.

Umuman olganda yuqorida keltirilgan statistikalar katta ahamiyat kasb etmasligi ham mumkin. Masalan, jamoalarning turnir jadvalidagi o‘rniga. Lekin individual olib qaraganda e’tibordan chetda qoldirmaslik shart bo‘lgan jihatlar.

Kiritildi: 17:36, 18.05.2022. O'qildi: 4031 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Интер Lautaro Martines 16
2 Комо Anastasios Duvikas 11
3 Комо Niko Pas 10
4 Ювентус Kenan Yildiz 10
5 Наполи Rasmus Xeylund 10
6 Удинезе Kinan Devis 10
7 Аталанта Nikola Krstovich 9
8 Милан Rafael Leau 9
9 Интер Xakan Chalxanoglu 9
10 Сассуоло Andrea Pinamonti 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик