Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 11 11 40
2 AQSh 11 12 9 32
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Fransiya 8 9 6 23
6 Germaniya 7 9 8 24
7 Shveysariya 6 8 6 20
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 25 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Espanyol 25 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mojaro: Zambiya ayollar termasi sardori erkakmi?

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Kirmang
Rukn: Yangiliklar
A A A

Ayollar futboli atrofida yangi mojaro ko‘tarildi. Aniqroq aytsak, Zambiya ayollar terma jamoasi sardori Barbra Banda Afrika chempionatidan chetlatildi. Chunonchi, uning asl jinsi bo‘yicha shubha-gumonlar bor. Qisqasi, Banda xonim aslida erkak emish... «SE» nashri ushbu murakkab vaziyat tafsilotlari va eng muhim jihatlarni to‘plashga urindi.

O‘g‘il bolalar bilan o‘ynagan va Xitoyda eng yaxshi to‘purar bo‘lgan. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, Bar­bra Banda 2000 yilning 20 mart kuni Zambiya poytaxti Lusakada tug‘ilgan. U bolaligidan sportga mehr qo‘yib, ma’lum muddat futbol barobarida boks bilan ham shug‘ullangan. Yakunda otasining qat’iy ko‘rsatmasiga binoan, futbolni tanlagan, baribir. Bandaning futbolchilik fao­liyati Bauleni United Sports Academy markazida boshlangan. E’tiborli tomoni, u bu dargohda o‘g‘il bolalar davrasida o‘ynagan. Shunchaki, o‘sha payt akademiya tizimida Barb­raning yoshiga to‘g‘ri keladigan qizlar guruhi bo‘lmagan. Banda 17 yoshga to‘lgach, Zambiya armiyasi tasarrufidagi Green Buffaloes («Yashil Buffalo») klubi safiga qo‘shiladi. Uni keyinchalik harbiy xizmatga ham jalb etishadi.

Barbra qizlar o‘rtasidagi qator xalqaro turnirlarda yaxshi taassurot qoldirib, 18 yoshida Ispaniyaning «Log­ronyo» klubiga o‘tadi va debyut o‘yinidayoq «Uelva» darvozasini ishg‘ol qiladi. Biroq ispanlar oradan atigi 6 oy o‘tgach, Bandani Xitoyning «Shanxay Shenli» jamoasiga jo‘natishadi. Shu tariqa Barbra Chin yurtida ayollar o‘rtasidagi milliy chempionatning 13ta o‘yinida 18ta gol urib, eng yaxshi to‘purarga atalgan sovringa ega chiqadi.

Uni ayollar o‘rtasidagi Afrika chempionatiga nega qo‘yishmadi? Zambiyalik futbolchining jinsiga bog‘liq shubha-gumonlar ancha oldin paydo bo‘lgan. Bandaga nisbatan e’tirozlar o‘z-o‘zidan tug‘ilmagan, albatta. Birinchidan, u erkaklarga xos gavda tuzilishiga ega. Ikkinchidan, bu boradagi tibbiy ko‘rik natijalari ham Barbraning chindan ham, erkak bo‘lishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlarni yanada quvvatlantirdi. Mundo Deportivo nashri ma’lumotiga ko‘ra, tahlilda Banda qonida testosteron (erkak gormoni) miqdori g‘ayritabiiy darajada yuqori ekanligi ma’lum bo‘lgan. Aslida testosteron barcha ayollar qonida mavjud, lekin minimal miqdorda. Yakunda Afrika futbol konfederasiyasi Bar­brani vaqtincha diskvalifikasiya qildi va uning ayollar o‘rtasidagi Afrika chempionatida ishtirok etishiga ruxsat bermadi. Qizig‘i, zambiyalik yana ikki ayol futbolchi - Reychel Nachula va Reychel Kunanajiga nisbatan ham xuddi shunday chora ko‘rildi.

Bandaning shaxsiy natijalari hayratni yanada oshiradi. Deylik, u Tokio-2020 Olimpiadasida ayollar futboli yo‘nalishida birinchi «xet-trik»ni rasmiylashtirdi. O‘shanda Barbra Niderlandiya termasi darvozasini 3 marta nishonga olgan, ammo zambiyalik ayollar yakunda 3:10 hisobida mag‘lubiyatga uchrashgandi. Atigi bir necha kundan so‘ng Barbra Xitoy termasi darvozasiga ham 3ta gol urib, o‘z yutug‘ini takrorladi va o‘yin 4:4 hisobida yakunlanishini ta’minladi.

Jahon sportida shunga o‘xshash holatlar ko‘p. Shunga nisbatan yaqin oxirgi mojaro Janubiy afrikalik yengil atletikachi Kaster Semenya atrofida kuzatildi. Bu - fao­liyatining boshidan shubhalar orasida qolgan ayol. Semenyaning raqiblari uning aslida erkakligini aytib, shikoyat yozishdi. Semenya esa HBO nash­riga bergan intervyusida shubhalarda zarracha asos yo‘qligi, u tabiiy ayol ekanligini qat’iy ohangda ta’kidladi. Tekshiruvlardan ma’lum bo‘lishicha, ikki karra Olimpiada chempioni va xalqaro musobaqalarda ko‘p bora g‘alaba qozongan Semenyada jinsiy rivojlanish buzilgan ekan. Lekin unda erkaklikning asosiy belgilari yo‘q. Yakunda Kasterni chetlatishmadi, shunchaki, oldiga testosteron miqdorini pasaytiradigan gormonal dorilar qabul qilish shartini qo‘yishdi. Semenyaning oxirgi katta yutug‘i - bu 2017 yili 800 metr masofaga yugurish bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgani. Uning so‘zlariga ko‘ra, gormonal dorilar salomatligiga jiddiy putur yetkazgan. Endi Barbra ham xuddi shunday muammoga duch kelishi mumkin. Aytish kerak, zambiyalik futbolchi yaqinda «Real» ayollar jamoasi e’tiboriga tushgandi. Endi esa uning butun faoliyati katta so‘roq ostida qolmoqda...

RAVSHAN IBROHIM tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:10, 24.07.2022. O'qildi: 3392 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.