Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 11 28
2 Paxtakor 11 26
3 Buxoro 11 20
4 Navbahor 11 20
5 Bunyodkor 11 19
6 Lokomotiv 11 17
7 OKMK 11 16
8 Andijon 11 16
9 Nasaf 11 14
10 Xorazm 11 13
11 Qizilqum 11 13
12 Surxon 11 12
13 Dinamo 11 11
14 Qo‘qon-1912 11 11
15 So‘g‘diyona 11 9
16 Mash’al 11 0

O'tgan o'yinlar.

11-тур Dinamo 3-1 Mash’al
11-тур Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
11-тур OKMK 0-0 Neftchi
11-тур Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
11-тур Surxon 1-1 Paxtakor
11-тур Xorazm 0-3 Andijon
11-тур Lokomotiv 1-0 Qizilqum
11-тур Nasaf 0-0 Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Anvar Berdiyev: "Murtazoyev uchun "Andijon" muxlislaridan uzr so‘rayman"

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / O‘zbekiston kubogi / Uchrashuvlar
Rukn: Intervyular
A A A

O‘zbekiston kubogi 1/8 final bosqichida “Andijon” jamoamiz o‘z maydonida “Turon”ni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratganidan keyin odatga ko‘ra matbuot anjumani tashkil qilindi. Unda dastlab “Turon” klubi bosh murabbiyi Anvar Berdiyev jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

— Anvar aka, uchrashuv borasida fikringiz qanday?
— “Andijon” jamoasini keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklayman. Ularga keyingi bosqichda omad tilayman. Yana birinchi golni standart vaziyatdan o‘tkazib yubordik. Futbolchilarimga shuncha uqtirdim. Ko‘rgan bo‘lsanglar, oldingi uchrashuvga nisbatan asosiy tarkibda 5 ta o‘zgarish qildik. Baribir futbolchilarni mahorati o‘z so‘zini aytdi va “Andijon” jamoasi g‘alaba qozondi. Yana bir bor tabriklayman.

— “Turon”ni Andijon xalqi hurmat qiladi. O‘tgan safar qarsaklar bilan kuzatgan. Ammo bugungi bahsda Humoyun Murtazoyev birinchi goldan so‘ng uni nishonlashda noo‘rin hatti-harakatni amalga oshirdi. Bunga munosabatingiz qanday? Jamoada tarbiyaviy, ma’naviyat soatlari ham olib boriladimi?
— Albatta, bu narsa futbolda juda xunuk. Futbolchim uchun “Andijon” muxlislaridan uzr so‘rayman. Bu vaziyatni tahlil qilib, o‘yinchimiz bilan gaplashib olamiz. Chempionatdagi bahsimizda darvozamizga gol urilganidan keyin “Andijon”ning 20-raqamli futbolchisi ham goldan keyin shunga o‘xshash qilig‘ini qilganidan keyin balki bu bizning futbolchilardan javob tariqasida bo‘lgandir. Ammo nima bo‘lgan taqdirda ham hamma vaqt bunday holatdan yiroq bo‘lish kerak. Yana bir bor qaytaraman: Murtazoyev uchun “Andijon” muxlislaridan uzr so‘rayman.

— “Turon” jamoasi bu mavsumda “Andijon”dan har tomonlama mag‘lubiyatga uchrayapti. Pro ligada “Andijon”ni yaqqol favorit deb o‘ylaysizmi?
— Bunaqa deb o‘ylamayman. Hali aniq bo‘lgani yo‘q. “Andijon”, “Mash’al”, “Buxoro” klublariga Superligaga chiqish vazifasi qo‘yilgan. Ular o‘rtasidagi hal qiluvli o‘yinlar mavsum oxirigacha davom etadi. “Andijon”, “Mash’al”, “Buxoro” va “Turon” eng kuchli jamoalar. Qaysilari yaxshi tayyor bo‘lsa va jismonan ham tayyor bo‘lsa, o‘sha klub yutib ketadi.

— Nima uchun ikki xil bo‘limni ko‘rdik? Birinchisida passiv o‘yin ko‘rsatdi...
— Bu yerda aybni o‘z bo‘ynimga olaman. Tarkib tanlash borasida o‘zim xato qildim. Yaypanlik muxlislardan ham uzr so‘rayman. Chempionat doirasida yutqazganimizga qaramay, Yaypandan bizni qo‘llash uchun ko‘plab muxlislar keldi. Jamoa boshliqlari oldida uzr so‘rayman. Bugun tarkib tanlashda yonib turgan yigitlarni tanladim. Anvar aka, bizga ham imkoniyat bering deyishgandi. O‘shalarga imkoniyat bergandim. Lekin ikkinchi bo‘limda 4 ta o‘zgarish qildik. O‘yinda burilish yasadik. Baribir bu o‘yinga yetarli bo‘lmadi.

— Chempionat doirasida “Turon” bir kun oldin kelgandi, bugun esa o‘yin kuni keldi. Buni qanday izohlaysiz?
— To‘g‘risi, o‘zim ham xijolat bo‘laman. Nimaga? Rahbariyat bizga juda yaxshi sharoitlarni yaratishyapti. Ularga minnatdorchilik bildiraman. Yutqazganimizdan keyin ishonasizmi, oshxonada yurishga ham xijolat bo‘ldik. Chunki bizga katta e’tibor bo‘lyapti. Bir kun oldin borishimiz shart emas dedim va chempionat doirasida yutqazganimiz uchun bu safar o‘yin kuni keldik.

— Agar tanlash imkoniyati bo‘lganida sizga qaysi o‘yindagi g‘alaba muhimroq edi: chempionatdagimi yoki Kubokdagimi?
— To‘g‘risi, sizlarga aytsam kulguli tuyulishi mumkin. Murabbiy uchun har bir g‘alaba tengsiz. Men chempionat yoki Kubok doirasidagi o‘yinlarni tanlamayman. Har bir g‘alaba yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydi. Har bir mag‘lubiyat esa xohlaysizmi-yo‘qmi, murabbiy uchun og‘ir zarba.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 20:38, 22.08.2022. O'qildi: 2017 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
2 Пахтакор Doston Hamdamov 6
3 Сурхон Chinedu Stefan 6
4 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 6
5 Нефтчи Stipe Perisa 5
6 Бухоро Sherzod Esanov 5
7 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 4
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 4
9 Нефтчи Zoran Marushich 4
10 Динамо Azizbek Amonov 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик