Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 25 56
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 25 39
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Brentford - Arsenal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Sergey Milinkivoch-Savich: «Braziliyaliklar bilan o‘yin - alohida voqelik»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Sergey Milinkovich-Savich - ko‘p qirrali, jismonan baquvvat yarim himoyachi, taktik jihatdan esa juda aqlli va albatta, Dragan Stoykovich boshqaruvidagi Serbiya milliy jamoasida eng yaxshi ijrochilardan biri.

Uning start chizig‘i tobora yaqinlashayotgan Qatar mundialiga jiddiy hozirlik ko‘rayotgan serb drujinasidagi roli tobora oshib bormoqda. Sergey jumladan, JCH-2028 saralashi «pley-off» bosqichida Krishtianu Ronaldu yetakchiligidagi Portugaliya termasiga qarshi kechgan hal qiluvchi bahsda jamoasi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. «Lasio» yulduzi Rossiya mezbonlik qilgan avvalgi mundialda ham mamlakat bosh jamoasi tarkibiga kiritilgandi, garchi butun kvalifikasiya jarayonida maydonga tushmagan bo‘lsa-da. «O‘shanda o‘zimni jamoada bo‘lishga to‘liq haqlidek his qilgan emasdim», - dedi Milinkovich-Savich FIFA rasmiy sayti vakillari bilan suhbat boshida. Endi esa u dinamikasi kuchli qiziqarli jamoaning asosiy «murvat»laridan biri hisoblanadi. To‘g‘ri, futbolchining aytishicha, Serbiya termasi binoyidek fazilatlari va afsonaviy murabbiyning aniq ambisiyalariga qaramay, JCH-2022 oldidan kamtarlikni me’yorida ushlab turishi kerak: «Albatta, Qatarga real umidlar bilan borishimiz, raqiblardan aslo qo‘rqmasligimiz kerak. Shuning barobarida katta gapirishdan tiyilishimiz ma’qul». Bir narsa aniq: Milinkovich-Savich va uning jamoadoshlari bo‘lajak jahon chempionatida imkon qadar uzoqqa borish va serblar milliy jamoa bilan faxrlanishlari uchun bor imkoniyatlarini ishga soladilar.

- Sergey, oilangiz tarixi juda qiziqarli va o‘ziga xos. Aytingchi, Serbiyani tanlashingizga aynan nima turtki berdi?

- Ha, Ispaniyada tug‘ilganman, keyin Avstriyada yashadim. Onam serbiyalik, otam esa bosniyalik. Oilamiz bilan ta’til uchun ko‘pincha Serbiyaga yo‘l olardik. Qisqasi, bu mamlakatda yetarli vaqt o‘tkazgan, uni chinakamiga sevib qolganman. Terma jamoa tanlashga to‘g‘ri kelgan payt shu muhabbat o‘z so‘zini aytdi va Serbiya uchun o‘ynashga qaror qildim.

- Hozirgi milliy jamoa ustunlaridan birisiz. Serb futboli vakili bo‘lish siz uchun nimani anglatadi?

- Vatan va yurtdoshlar uchun o‘ynash - futbolchi faoliyatidagi eng muhim jihatlardan biri. Ha, Serbiyada ulg‘aymagan va yashamaganman, lekin takrorlayman, bu yerda oilamiz bilan ko‘p bo‘lganmiz. O‘sha safarlardan faqat ijobiy taassurotlar qolgan. Oddiy aytganda, Serbiya - ona vatanim. Vatan uchun o‘ynash esa sharafdir.

- JCH-2018dan qanday xotiralar bilan qaytgandingiz?

- Oldingi mundial payti ancha yosh edim, boz ustiga, saralash bosqichida qatnashmagandim. Yakunda murabbiy meni jamoaga chaqirdi. Avvaliga ko‘nikishda ancha qiynaldim, chunki o‘sha vaqt o‘zimni tarkibga loyiq futbolchidek his qilolmadim. Muhimi, hammasi juda tez rivojlandi - terma jamoa futbolchilari meni yaxshi kutib olishdi, shu tariqa jamoaga tezda kirishib ketdim.

- Rossiya mundialidan keyingi 4 yil ichida futbolchi sifatida nechog‘li o‘zgardingiz?

- Albatta, o‘zgarish ko‘lami katta. Xususan, o‘yinimning uncha yaxshi rivojlanmagan jihatlarini yaxshiladim. Shubhasiz, hali yana yaxshilanishi zarur elementlar ham yetarli. O‘ylaymanki, vaqt o‘tishi bilan hammasiga ulguraman. Bunda murabbiyga ham ko‘p narsa bog‘liq. Zero, aynan u o‘yinni chuqur tahlil qiladi va siz qaysi yo‘nalishda oqsayotganingizni darhol payqaydi. Umuman, bu dunyoda mutlaq mukammal futbolchining o‘zi yo‘q, lekin takomillikka imkon qadar intilish kerak, albatta.

- Serbiya termasining Qatar-2022 yo‘lidagi asosiy lahzalari sifatida nimalarni tilga olasiz?

- Shubhasiz, avvalo, Portugaliya termasiga qarshi kechgan o‘yinni aytish kerak. Axir hammasi Lissabondagi o‘sha bahsda oydinlashdi. Shuningdek, Irlandiyada bo‘lib o‘tgan o‘yinimiz ham hal qiluvchi maqomda edi, deyarli butun vaqt davomida ustunlikka erishdik, ammo yakunda gol qo‘yib yuborib, durang natija bilan cheklandik. Oqibatda bitta yo‘l qoldi - Portugaliyada g‘alaba qozonish. O‘sha uchrashuv abadiy xotiramda qoladi, zero, Lissabonda imkonsizdek tuyulgan ishni uddaladik. Har holda, hech kim ortga g‘alaba bilan qaytishimizni kutmagan, o‘ylamagandi.

- Hujum harakatida Aleksandr Mitrovich bilan birga o‘ynaysiz. U qanday futbolchi va inson?

- «Mitar»ni anchadan buyon bilaman. 2013 yili Litvada tashkil etilgan U-19 toifasidagi Yevropa chempionatida ham birga to‘p surgandik. Ungacha esa bir yil davomida milliy ligada birga o‘ynaganmiz. Aleksandr - ajoyib do‘st, maydonda juda ko‘p yordam beradi. O‘z navbatida, men ham uni imkon qadar yaxshi vaziyatga chiqarishni o‘ylayman, chunki gol urishi qanchalik muhimligini bilaman. Ishonchim komil, jamoada ichki muhit ideal darajada. Ha, bizda futbolchilarning o‘rtacha yoshi biroz baland, lekin aksariyat yigitlar 5-6 yildan buyon birga o‘ynamoqdalar.

- JCHda ishtirok etish bo‘­yicha katta tajribaga ega murabbiy rolini qanday baholaysiz?

- To‘g‘risi, Stoykovich boshqaruvni qo‘lga olgach, yigitlarda ozgina hadik ham yo‘q emasdi. Har holda, bunday taniqli shaxs bilan ishlash haqida o‘ylash... Mana, 1 yildan oshdiki, undan faoliyatim uchun o‘ta zarur narsalarni o‘rgandim, o‘rganyapman. Murabbiyning mashhurligi ham jamoaga naf keltirdi. Harqalay, futbolchilar Dragan jamoaga chindan ham, zarur narsalarni bera olishiga ishonishadi. Xullas, u bor tajriba va bilimini jamoaga berdi, bu saralash bosqichida yaqqol sezildi ham.

- Serbiya milliy jamoasining Braziliya, Shveysariya va Kamerun termalarini o‘z ichiga olgan guruhdan chiqish imkoniyati haqida gapirsangiz...

- Avvalgi JCH guruh bosqichida ham Shveysariya va Braziliya termalari bilan to‘qnash kelgandik. Qur’a natijalari bilan tanishgach, avvaliga biroz ranjidim, chunki jahon forumida xilma-xil raqiblarga qarshi o‘ynash yaxshi, baribir. Lekin ozgina o‘ylab ko‘rgach, bu boradagi fikrim o‘zgardi. Deylik, braziliyaliklarga qarshi to‘p surish har doim alohida voqelik hisoblanadi. Albatta, Qatarda Rossiyadagidan yaxshiroq natija qayd etishni xohlaymiz. To‘g‘risi, hozirda JCH startini, ayniqsa, birinchi o‘yinni ilhaqlik bilan kut­yapman. Bitta o‘yinni zabt etib, keyingisini o‘ylash maqsadga muvofiq. Asosiy vazifamiz - guruhdan chiqish, albatta.

Sergey Milinkovich-Savichning otasi bosniyalik, onasi serbiyalik, o‘zi esa Ispaniyada tug‘ilgan. Xalqaro darajada Serbiya sharafini himoya qilish tanlovi - o‘zining shaxsiy tanlovi natijasi. Ha, Sergey tabiiy muhabbati o‘laroq, hech ikkilanmay Serbiyani tanladi va 2015 yili U-20 toifasidagi jahon chempionati finalida Braziliya termasi ustidan 2:1 hisobida qozonilgan g‘alabani tantana qildi. Qarangki, serblar Qatar mundiali ochilish o‘yinida aynan braziliyaliklar bilan kuch sinashadilar.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 10:00, 23.10.2022. O'qildi: 1355 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.