Bugun 24 fevral, 2026 yil, seshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Jarohatlar, janjal va ishonchsizlik — Dzanyolo o‘z darajasidan pastdagilar bilan o‘ynashga majbur

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Uzoq vaqt davomida Nikolo Dzanyolo italiyalik eng istiqbolli futbolchilardan biri hisoblanardi. A Seriyada jahon miqyosidagi o‘yinchilar tobora kamayib borayotgani sababli, liga mahalliy ijrochilarga katta e’tibor qaratmoqda. Ular orasida Dzanyolo ham bor edi.

Yanvar oyida u Italiyada eng ko‘p gapirilgan futbolchilardan biri bo‘ldi. Ammo, afsuski, uning mashhurligi professional muvaffaqiyati bilan bog‘liq emas. Aksincha, futbolchining maydondan tashqarida qilgan va aytgan barcha gaplari muhokama qilindi. Yakunda hammasi uning Turkiya Superligasiga yo‘l olishi bilan tugadi. Nikolo futbolchilik faoliyatini «Jenoa»da boshlagan, keyin esa «Fiorentina» akademiyasiga o‘tgan. 2017 yilning iyulida «Inter» hozirda C Seriyada o‘ynayotgan «Virtus Entella»dan Dzanyoloni 1,8 million yevro evaziga sotib olgandi. Biroq, yarim himoyachi «Milan»da uzoq qola olmadi, biroq u «neradzurrilar»ning yoshlar jamoasida o‘zini yaxshi ko‘rsatgan va 29 uchrashuvda 14 ta gol urgan. Bir yil o‘tgach, u «Roma»ga ko‘chib o‘tdi. Rimliklar futbolchi uchun 6,8 million yevro to‘lashdi. Rimda yosh yarim himoyachining iqtidori yuqori baholandi. «Bo‘rilar» italiyalik futbolchini qo‘lga kiritishni juda ham xohlashgandi. «Roma» Dzanyolo faoliyatidagi birinchi jiddiy klubga aylandi, chunki u hech qachon «Inter»ning asosiy jamoasida o‘ynamagan. Rimliklarning futbolchidan umidlari katta edi. U A Seriyada birinchi mavsumni yaxshi o‘tkazdi (27 o‘yinda 4 gol va 2 golli uzatma).

Biroq 2019/20 yilgi mavsumda yarim himoyachida jiddiy jarohatlar muammosi paydo bo‘la boshladi. 2020 yilning yanvarida italiyalik futbolchiga tizzasining xochsimon bog‘lami yorilishi tashxisi qo‘yilgandi. Uning tiklanishi uchun 172 kun kerak bo‘ldi. Zo‘rg‘a maydonga qaytgan Nikolo ikkinchi tizzasidan ham xuddi shunday jarohat oldi. Bu safar tiklanish davri 266 kunni tashkil etdi. Shundan keyin jarohatlar Dzanyolo faoliyatining ajralmas qismiga aylandi. 2021/22 yilgi mavsumda u turli jarohatlar tufayli «bo‘rilar»ning 11 ta uchrashuvini o‘tkazib yuborgan. Uning uchun to‘liq bo‘lmagan joriy mavsumda (Italiya) ham futbolchi turli muammolarni hal qilish uchun 33 kunni o‘tkazib yubordi. 2021/22 yilgi konferensiyalar ligasi finalida yarim himoyachi «Roma»ga g‘alaba va chempionlikni olib kelgan yagona gol muallifi bo‘ldi. Shundan so‘ng Nikoloning barcha muammolari ortda qolib, Joze Mourinyo bilan birga yangi cho‘qqilarni zabt etishga tayyordek tuyuldi. Lekin bunday bo‘lmadi. Qish paytida birdan Dzanyolo rimliklardan uni sotishni so‘ragani haqida xabar tarqaldi. Voqealarning bunday burilishini hech kim bashorat qilmagandi Qolaversa, Mourinyo futbolchiga umid bog‘lagandi. Biroq u ketishni istayotganini tasdiqlagan. Shu paytdan boshlab hamma narsa noto‘g‘ri keta boshladi. «Bo‘rilar» futbolchini sotishga rozi bo‘lishdi, lekin o‘z shartlariga ko‘ra, ya’ni ko‘proq pul to‘langandagina bu mumkin edi.

«Bornmut» shunday klub bo‘lib chiqdi, uning taklifi «Roma»ga ma’qul keldi. Biroq yarim himoyachi liga autsayderlaridan biriga o‘tishni istamadi. Mish-mishlarga ko‘ra, u «Milan» bilan kelishuvga erishgan, ammo «rossonerilar» britaniyaliklarning taklifidan ko‘ra yaxshiroq narx aytishmagan. Zaniolo ketishga qaror qildi, lekin u qayerga borishni xohlashi noma’lum edi. Bu holat «bo‘rilar» ga to‘g‘ri kelmadi. Ular o‘yinchini sotishga tayyor edilar, lekin o‘zlari uchun foydali bo‘lgandagina. Klub va futbolchi o‘rtasidagi munosabatlar jiddiy ravishda yomonlashgan. «Roma» yarim himoyachini «Bornmut»ga o‘tishga undagan. Italiyalik rad etdi va mashg‘ulotlarni sabotaj qila boshladi, shuning uchun u tarkibdan chiqarib yuborildi. Mish-mishlarga ko‘ra, u o‘z navbatida bosim tufayli klubni sudga bermoqchi bo‘lgan. Transfer oynasi yopildi va vaziyat hal etilmadi. Bundan tashqari, u boshi berk ko‘chaga kirib qoldi, chunki Nikolo endi hech qayerga keta olmasdi.

Muxlislar tomonidan Dzanyologa do‘q-po‘pisa qilinganidan keyin vaziyat yanada og‘irlashdi. Bir marta italiyalik hatto polisiyani chaqirishga majbur bo‘ldi. Yaxshiyamki, futbolchiga «Galatasaroy»dan qiziqish bor edi. Turkiyada transfer oynasi boshqa chempionatlarga qaraganda uzoqroq muddatda ochiq bo‘lishidan xabaringiz bor. Bu safar yarim himoyachida tanlash imkoni yo‘q edi. Shunday qilib, 8 fevral kuni futbolchi turk klubiga o‘tdi. Bitim 15 million yevroni tashkil qildi. «Roma» bundan norozi edi, chunki ular Nikolo uchun ko‘proq pul olishlariga ishonishgandi.

Dzanyolo katta salohiyatga ega, ammo muammo uning atrofidagi odamlarda. Ko‘pincha unga noto‘g‘ri maslahat berishadi. Buni eng katta muammo deyish mumkin va Nikologa achinish hissi yuzaga keladi. U ajoyib mahoratga ega, chunki tizzasidan olgan jarohatlaridan keyin ham buni tasdiqladi. Mushaklar, tizzalar, oyoqlar davolanishi mumkin, ammo muammo boshda bo‘lsa, hamma narsa qiyinlashadi. Agar u «Roma»da o‘ynamaslikka qaror qilsa, uni butkul tarkibga kiritmagan ma’qul. Muammo hech qayerga yo‘qolmaydi. Agar u atrofdagilarga o‘z munosabatini o‘zgartirmasa, istalgan klubda muammo tug‘diradi», - dedi «Roma»ning sobiq futbolchisi Zbignev Boniyek Corrierra dello Sport nashriga bergan intervyusida. «Roma» bosh direktori Tiago Pinto Zanioloni xatti-harakati va klubga munosabati uchun tanqid qildi. Futbolchining onasi rimliklarning futbolchi bilan hisoblashishni to‘xtatib, uni 50-60 million yevroga sotmoqchi bo‘lganini, biroq hech kim ularga bunday pul taklif qilmaganini aytdi. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar hamma narsa yomon yakunlandi. Turkiyada italiyalik yana yaxshi formaga qaytishi mumkin, degan fikr bor. Ammo agar 23 yoshga kelib ham karyerani qayta boshlash kerak bo‘lsa, unda nimadir noto‘g‘ri ketmoqda.

Kiritildi: 22:58, 21.02.2023. O'qildi: 1729 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.