Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba.

  • La-liga
      • 06.04.2026 00:00
      • Alaves
      • 2:2
      • Osasuna
      • 07.04.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:0
      • Vilyarreal
  • «A» Seriya
      • 06.04.2026 15:30
      • Udineze
      • 0:0
      • Komo
      • 06.04.2026 18:00
      • Lechche
      • 0:3
      • Atalanta
      • 06.04.2026 21:00
      • Yuventus
      • 2:0
      • Jenoa
      • 06.04.2026 23:45
      • Napoli
      • 1:0
      • Milan
  • Superliga
      • 07.04.2026 17:00
      • Lokomotiv
      • -:-
      • Xorazm
      • 07.04.2026 18:00
      • Mash’al
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 07.04.2026 19:15
      • Andijon
      • -:-
      • Navbahor
      • 08.04.2026 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Nasaf
      • 08.04.2026 19:00
      • OKMK
      • -:-
      • Surxon
      • 08.04.2026 20:15
      • Dinamo
      • -:-
      • So‘g‘diyona
  • ECHL
      • 07.04.2026 23:59
      • Real Madrid
      • -:-
      • Bavariya
      • 07.04.2026 23:59
      • Sporting
      • -:-
      • Arsenal
      • 08.04.2026 23:59
      • Barselona
      • -:-
      • Atletiko
      • 08.04.2026 23:59
      • PSJ
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 31 72
2 Napoli 31 65
3 Milan 31 63
4 Komo 31 58
5 Yuventus 31 57
6 Roma 31 54
7 Atalanta 31 53
8 Bolonya 31 45
9 Lasio 31 44
10 Sassuolo 31 42
11 Udineze 31 40
12 Torino 31 36
13 Parma 31 35
14 Jenoa 31 33
15 Fiorentina 31 32
16 Kalyari 31 30
17 Cremonese 31 27
18 Lechche 31 27
19 Verona 31 18
20 Piza 31 18

O'tgan o'yinlar.

31-тур Sassuolo 2-1 Kalyari
31-тур Verona 0-1 Fiorentina
31-тур Lasio 1-1 Parma
31-тур Cremonese 1-2 Bolonya
31-тур Piza 0-1 Torino
31-тур Inter 5-2 Roma
31-тур Udineze 0-0 Komo
31-тур Lechche 0-3 Atalanta
31-тур Yuventus 2-0 Jenoa
31-тур Napoli 1-0 Milan

Navbatdagi o'yinlar.

10/04/26 Roma - Piza
11/04/26 Kalyari - Cremonese
11/04/26 Torino - Verona
11/04/26 Milan - Udineze
11/04/26 Atalanta - Yuventus
12/04/26 Jenoa - Sassuolo
12/04/26 Parma - Napoli
12/04/26 Bolonya - Lechche
12/04/26 Komo - Inter
13/04/26 Fiorentina - Lasio

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Navbatdagi alamli finish

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Germaniya Bundesligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

O‘ta dramatik tarzda kechgan poyganing oxirgi bellashuvida «Bavariya» «Borussiya Dortmund»dan chempionlik unvonini tortib olganidan yaxshi xabardorsiz, albatta.

Keling, shu bahonada Yevropa futbolida qayd etilgan murosasiz intiholarni yodga olamiz.

Bundesliga-2001|2002. Chempion - «Borussiya D.»

65, 66, 67 - «Bavariya», «Bayer» va «Borussiya D.» so‘nggi tur bellashuviga aynan shunday ochkolar jamg‘armasi bilan yetib kelishgandi. O‘shanda ham sovrin taqdiri dortmundliklar qo‘lida bo‘lgan, ular birinchi bo‘lib to‘p o‘tkazib yuborishgan («Verder»dan), lekin 75-daqiqada hisobda oldinga chiqib, o‘yin va sovrin taqdirini hal qilishgan, 6 yillik tanaffusdan keyin chempion bo‘lishgandi. «Bayer» «Gerta»ni, «Bavariya» «Ganza»ni mahv etgan bo‘lsada, vaziyat o‘zgarmagandi.

Italiya «A» seriyasi-2001|2002. Chempion - «Yuventus»

O‘sha mavsum Italiya chempionatida ham g‘olib oxirgi turda ma’lum bo‘lgandi. So‘nggi bahsga «Inter» 69, «Yuventus» 68 va «Roma» 67 ochko bilan yetib kelishgandi. Milan klubi hal qiluvchi imtihondan o‘ta olmadi - «Stadio Olimpiko»da «Lasio»ga 2:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. «Yuve» esa Trezege va Del Pyeroning gollari evaziga «Udineze»ni taslim etdi va oldinga o‘tib oldi. «Roma» esa «Torino»ni minimal hisobda mahv etib, 2-o‘rinni egalladi. «Inter» bronza medallari bilan kifoyalanishga majbur bo‘ldi.

APL-2013|2014. Chempion - «Manchester Siti»

Bu voqeani unutmagan bo‘lsangiz kerak: 36-turdan keyin «Liverpul» peshqadamlikni davom ettirgan, «Chelsi»dan 2, «Manchester Siti»dan 3 ochkoga oldinda borayotgandi. «Ko‘klar»ga qarshi o‘zaro bellashuvda Jerrardning kutilmagan yiqilishi jamoani sindirdi. 37-turda «Liverpul» «Kristal Pelas» bilan durangga imzo chekkan bo‘lsada, chempionlikdan umid uzmagandi. Biroq «shaharliklar» oxirgi turda «Vest Xem»ni yengib, chempionlikni rasmiylashtirishdi.

APL-2018|2019. Chempion - «Manchester Siti»

Bundan 4 yil muqaddam Angliya chempionligi yana «shaharliklar»ga nasib etgandi. Lekin butun mavsum davomida manchesterliklarni ta’qib etgan «Liverpul» g‘olibdan atigi 1 ochkoga ortda qoldi. So‘ng­gi turda har ikki jamoa ham g‘alabaga erishdi. Lekin chempionlik taqdiri undan avvalgi turda hal bo‘lishi ham mumkin edi. Yurgen Klopp shogirdlari Divok Origining so‘nggi daqiqalardagi yagona aniq zarbasi evaziga Nyukasldan 3 ochko bilan qaytib, «Manches­ter Siti» - «Lester» bellashuvi natijasini kuta boshladilar. Manchesterda Gvardiola jamoasi uzoq vaqt davomida «tulkilar» darvozasiga yo‘l topa olmadi. Lekin 70-daqiqada jamoa sardori Vensan Kompani olis masofadan darvoza to‘qqizligini aniq nishonga olib, g‘alabani ta’minladi. Keyinchalik Serxio Aguero o‘sha golli vaziyatda Vensanga baqirganini tan olgandi: «Tepma! Yo‘q, Vinni, yo‘q!» Biroq uning va jamoa muxlislarining baxtiga, Kompani unga quloq solmadi yoki eshitmadi.

La Liga-2006|2007. Chempion - «Real»

Mavsumning so‘nggi bellashuviga «Real» va «Barselona» bir xil - 73 ochko bilan yetib kelgan bo‘lsalarda, o‘zaro uchrashuvlar natijasiga ko‘ra, ustunlik madridliklarda edi. «Barsa» «Ximnastik»­ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi. Biroq bundan manfaatga ega bo‘lmadi. «Malyorka»ga qarshi bahsda «qirollik klubi» o‘z darvozasidan to‘p o‘tkazib yuborgan bo‘lsada, tezda o‘zini tiklab oldi va 3ta gol bilan javob qaytardi.

Bundesliga-2000|2001. Chempion - «Bavariya»

Yangi asrning ilk chempionini aniqlab beradigan so‘nggi tur bellashuviga ikki da’vogar - 62 ochko jamg‘argan «Bavariya» va 59 ochkoli «Shalke» oydinlik kiritishi aniq bo‘lib qolgandi. Myunxenliklar uchun 1 ochko g‘oliblikni ta’minlar, gelzenkirxenliklarga esa 3 ochko va raqobatchining mag‘lubiyati suv bilan havodek zarur edi. Autsayder «Unterxaxing»ga qarshi ochiq o‘yinda «Shalke» 5:3 hisobida g‘alaba qozondi. «Bavariya» esa «Gamburg»ga qarshi bellashuvning 90-daqiqasiga qadar o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab, keyin gol o‘tkazib yubordi. Shu tariqa chempionlik unvoni boy beriladigandek tuyulgandi. Biroq myunxenliklarning shvesiyalik himoyachisi Patrik Andersson 94-daqiqada jarima zarbasidan samarali foydalanib, «jonli devor»­ni ham, darvozabonni ham ojiz qoldirdi va muvozanatni tikladi.

APL-2011|2012. Chempion - «Manchester Siti»

27 g‘alaba, 5 durang, 5 mag‘lubiyat va 86 ochko - Manchesterning qizil va ko‘k qismi jamoalari mavsumning yakuniy turiga bir xil ko‘rsatkichlar bilan yetib kelishgan, to‘plar nisbati bo‘yicha ustunlik «shaharliklar» tomonida edi. «Qizil iblislar» Runining yagona goli evaziga «Sanderlend» maydonidan zafar bilan qaytishdi. Parallel uchrashuvda esa o‘ta qiziqarli voqealar yuz berdi. 66-daqiqada «KPR» kutilmaganda oldinga o‘tib oldi - Sabaletaning goliga londonliklar Sisse va Makining aniq zarbalari bilan javob qaytarishdi. Qo‘shimcha vaqtda «Siti» hamon mag‘lubiyatga uchrayotgan, «MYU» esa chempionlikni «yuvish»ga kirishgandi. Biroq 92-daqiqada Jeko hisobni tenglashtirdi, 2 daqiqadan keyin Aguero «oltin» golini urdi. Shayxlar davridagi dastlabki chempionlik shu tariqa qo‘lga kiritildi.

Shotlandiya Premyer-ligasi-2004|2005. Chempion - «Reynjers»

Ha, siz yanglishmadingiz, Shotlandiyadagi chempionlik unvoni uchun kurash odatdagidek Glazgoning ikki grandi o‘rtasida kechdi. So‘nggi bellashuv arafasida «Seltik» «Reynjers»dan 2 ochkoga o‘zib ketgan va hal qiluvchi bahsda o‘rtamiyona «Mazervuel» bilan kuch sinashgandi. «Reynjers» esa 3-pog‘onada borayotgan «Xaybernian» qarshiligini sindirishi talab etilgandi. «Seltik» kutilganidek birinchi bo‘lib hisobni ochdi. Tashkilotchilar uning g‘alabasiga shunchalik ishongan edilarki, chempionlik kubogini «Mazervuel»ning uy stadioni bo‘lmish «Fer Park» keltirib qo‘yishgandi. Biroq taajjubki, «keltlar» bir emas, 2ta gol o‘tkazib yubordilar va mag‘lubiyatni tan oldilar. Shu bois, mutasaddilar kubokni vertolyotda Edinburgdagi «Ister Roud» stadioniga yetkazdilar. U yerda «Reynjers» «Xaybernian»ni kichik hisobda mahv etib, chempionlikni rasmiylashtirdi.

Eredivizion-2006|2007. Chempion - PSV

Mavsum davomida qatorasiga 3-chempionlik sari shaxdam odimlagan PSV kutilmaganda «Breda», «Neymegen» va «Utrext» kabi o‘rtamiyonalarga ochkolar ulashdi va «Ayaks»ga so‘nggi turga qadar tenglashib olish imkoniyatini yaratdi. Boz ustiga, amsterdamliklar to‘plar nisbatiga ko‘ra, yetakchi bo‘lib olishdi. Biroq hal qiluvchi bellashuvda PSV «Vitess»dan yirik hisobda (5:1) ustun keldi, «Ayaks» esa «Villem II» darvozasiga atigi 2ta gol urdi. Natijada Eyndxoven klubi bitta golga o‘zib ketdi!

RPL-2013|2014. Chempion - SSKA

Yakunlovchi tur arafasida armiyachilar 61, «Zenit» 60, «Lokomotiv» 59 ochkoga ega edi. SSKA «Loko»ga qarshi, «Zenit» esa Krasnodarda «Kuban»ga qarshi maydonga tushdi. Piterliklar safardan 4:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytgan bo‘lsalarda, chempionlikka erisha olmadilar - Toshichning yagona goli evaziga kubok armiyachilarga nasib etdi.

 S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 16:01, 15.06.2023. O'qildi: 2703 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Интер Lautaro Martines 16
2 Комо Anastasios Duvikas 11
3 Комо Niko Pas 10
4 Ювентус Kenan Yildiz 10
5 Наполи Rasmus Xeylund 10
6 Удинезе Kinan Devis 10
7 Аталанта Nikola Krstovich 9
8 Милан Rafael Leau 9
9 Интер Xakan Chalxanoglu 9
10 Сассуоло Andrea Pinamonti 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик