Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba.

  • La-liga
      • 06.04.2026 00:00
      • Alaves
      • 2:2
      • Osasuna
      • 07.04.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:0
      • Vilyarreal
  • «A» Seriya
      • 06.04.2026 15:30
      • Udineze
      • 0:0
      • Komo
      • 06.04.2026 18:00
      • Lechche
      • 0:3
      • Atalanta
      • 06.04.2026 21:00
      • Yuventus
      • 2:0
      • Jenoa
      • 06.04.2026 23:45
      • Napoli
      • 1:0
      • Milan
  • Superliga
      • 07.04.2026 17:00
      • Lokomotiv
      • -:-
      • Xorazm
      • 07.04.2026 18:00
      • Mash’al
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 07.04.2026 19:15
      • Andijon
      • -:-
      • Navbahor
      • 08.04.2026 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Nasaf
      • 08.04.2026 19:00
      • OKMK
      • -:-
      • Surxon
      • 08.04.2026 20:15
      • Dinamo
      • -:-
      • So‘g‘diyona
  • ECHL
      • 07.04.2026 23:59
      • Real Madrid
      • -:-
      • Bavariya
      • 07.04.2026 23:59
      • Sporting
      • -:-
      • Arsenal
      • 08.04.2026 23:59
      • Barselona
      • -:-
      • Atletiko
      • 08.04.2026 23:59
      • PSJ
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 31 72
2 Napoli 31 65
3 Milan 31 63
4 Komo 31 58
5 Yuventus 31 57
6 Roma 31 54
7 Atalanta 31 53
8 Bolonya 31 45
9 Lasio 31 44
10 Sassuolo 31 42
11 Udineze 31 40
12 Torino 31 36
13 Parma 31 35
14 Jenoa 31 33
15 Fiorentina 31 32
16 Kalyari 31 30
17 Cremonese 31 27
18 Lechche 31 27
19 Verona 31 18
20 Piza 31 18

O'tgan o'yinlar.

31-тур Sassuolo 2-1 Kalyari
31-тур Verona 0-1 Fiorentina
31-тур Lasio 1-1 Parma
31-тур Cremonese 1-2 Bolonya
31-тур Piza 0-1 Torino
31-тур Inter 5-2 Roma
31-тур Udineze 0-0 Komo
31-тур Lechche 0-3 Atalanta
31-тур Yuventus 2-0 Jenoa
31-тур Napoli 1-0 Milan

Navbatdagi o'yinlar.

10/04/26 Roma - Piza
11/04/26 Kalyari - Cremonese
11/04/26 Torino - Verona
11/04/26 Milan - Udineze
11/04/26 Atalanta - Yuventus
12/04/26 Jenoa - Sassuolo
12/04/26 Parma - Napoli
12/04/26 Bolonya - Lechche
12/04/26 Komo - Inter
13/04/26 Fiorentina - Lasio

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Liverpul"ning vengriyalik vingeri - Dominik Soboslay

Baho:
+ | -
YEVROPA / Mashhurlar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

  Bir necha hafta oldin Dominik Soboslay ushbu transfer oynasida “Nyukasl” tarkibiga borib qo‘shildigandek ko‘rindi. Ammo bir necha soat ichida hamma narsa o‘zgardi: chorshanba kuni kechqurun Dominikning “mersisaydliklar” tarkibida paydo bo‘lishi faqat vaqt masalasi ekanligi ma’lum bo‘ldi. 1 iyul kuni esa Soboslay “Liverpul”ning afsonaviy 8-raqamli libosini tanlagani oydinlashdi.

 Dominik Soboslay 2000 yilda Vengriyaning Sekeshfehervar shahrida tug‘ilgan. U avvaliga “Videoton” akademiyasida futbol sirlarini o‘rgana boshladi, bir yildan so‘ng u "Feniks Gold"ga ko‘chib o‘tdi va 2015 yilgacha ushba jamoa libosida o‘yinlar o‘tkazdi.

Qizig‘i shundaki, u 2011 yilda 11 yoshdayoq “Uypesht”ga bir yillik ijarada bo‘lgan. 2015 yilda Dominik “MTK Budapesht”da bir mavsum o‘tkazdi. Poytaxt klubida 42 o‘yinda 16 gol va 11 golga assistentlik qildi - Soboslay o‘zining dastlabki ikki mavsumida shunday statistika qayd etgan. Shundan so‘ng, Dominik 2017 yilda professional debyutini o‘tkazgan Avstriyaning“Liyefering” klubiga o‘tdi.

Qiziqarli fakt shundaki,“RB Zalsburg”ning ko‘p iste’dodi “Liyefering” orqali jamoaga keladi. “Liyefering” “buqalar” uchun o‘ziga xos akademiya klubi vazifasini bajaradi. 2018 yilda Soboslay “RB Zalsburg”ga ko‘chib o‘tgani ajablanarli emas. Avstriya grandida u 83 uchrashuvda 26 gol va 34 golga assistentlik qilgan. 2021 yilda venger bilan 4,5 yillik shartnoma imzolagan “RB Leyptsig” ham futbolchining o‘yiniga bog‘lanib qoldi. Zalsburgda Soboslay to‘rt karra Avstriya chempionligi va ikki karra kubok g‘olibi bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi va Germaniyada u o‘zining muzeyiga ikkita Germaniya kubogini qo‘shdi.

Xalqaro turnirlarda Dominikni omadli deb bo‘lmaydi. Uning Chempionlar ligasida Moskvaning “Lokomotiv” klubi darvozasiga kiritgan aql bovar qilmaydigan golini, shuningdek, Vengriyaga Islandiya ustidan g‘alaba qozonib, Yevroga olib chiqqan so‘nggi daqiqadagi golini ko‘pchilik muxlislar ko‘rishmagani aniq.

Dominik 16 yoshida vatanida yulduzga aylandi. Uning hikoyasi 2017 yilning mart oyida boshlangan, o‘shanda U17 sardori sifatida so‘nggi 5 daqiqada 2 ta jarima to‘pini golga aylantirishga muvaffaq bo‘lgan.

O‘sha o‘yinni juda kam odam ko‘rgan, ammo o‘sha oqshom Soboslayning gollari mamlakatning barcha axborot kanallarida namoyish etildi. Uch kundan keyin u Norvegiya darvozasiga ajoyib gol urib, jamoani Yevro U17 ga olib chiqqanida, butun Vengriya u haqida gapira boshladi.

Vengriya - ulkan futbol tarixiga ega mamlakat, lekin so‘nggi yillarda “Pushkash avlodlari” jahon futbolida deyarli ko‘rinish bermay qo‘ygan, shuning uchun kichik, ammo etiborga molik narsa sodir bo‘lganda, hamma bu haqda gapiradi. Soboslayning fotosurati butun sport nashrlarida tarqaldi, uning gollari ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilindi, har bir sport shousida u haqida gapirishdi.

Ammo venger muxlislari avval ham yosh iqtidorlarni tanib, yakunda ularning porlamagan kelajagini ko‘rishgan. “Liverpul”ning sobiq yosh futbolchisi Kristian Nemet ajoyib futbolchi bo‘lishi kerak edi, ammo yakunda “Olimpiakos”dan boshqa jamoaga kerak bo‘lmay qoldi. “Yuventus” va "Atletiko Madrid"ning taklifini rad etib “Anji”ni tanlagan Balaj Djudjak ham tanlovda xato qilganini kech angladi.

Biroq, Soboslay butunlay boshqacha futbolchi bo‘lib chiqdi. Otasi professional futbolchi bo‘lganligi sababli, yosh “Dom” bolaligidanoq o‘zi uchun kerakli bilimlarni olgan.

U futbolga ilk qadamini qo‘ygandan buyon bo‘sh vaqtini koptok bilan o‘tkazgan. Jolt Soboslay o‘g‘lini “Zalsburg”ga o‘tguniga qadar murabbiyi bo‘ldi, “Feniks Goltd” akademiyasida bosh murabbiy bo‘lib ishladi; u o‘g‘lini jismoniy va ruhiy jihatdan professional futbolchi sifatida kelajakka tayyorladi.

Jolt o‘g‘lining Norvegiya darvozasiga urgan g‘alaba goli haqida fikr bildirar ekan, u shunday dedi: “U bunday vaziyatlarga ruhiy jihatdan tayyor. Agar u yetarli darajadagi psixologiyaga ega bo‘lmaganida, u shunday bosim ostida o‘sha yoshida so‘nggi daqiqalarda gol ura olmasdi”.

Dominikning otasi o‘g‘lining nemis va ingliz tillarini yoshligidan o‘rganishini, bu esa chet elga chiqsa, kelajakda moslashishiga imkon berishini ta’kidlagan. Italiya va Niderlandiyadan kelgan takliflarni rad etgan Dominikning “Liyefering”ga o‘tishining sabablaridan biri ham shu edi.

Ehtimol, otasi Soboslayning katta futbolchi bo‘lishi uchun yetarli darjada tayyorlagan. Dominik o‘smirlik chog‘ida kuniga 200 marta jarima zarbalarini tepgan va mukammal texnikani o‘zlashtirgan.

"Agar otamning fidoyiligi va menga o‘rgatgan futbol bilimlari bo‘lmaganida, meni xozir futbolchi sifatida ko‘rishmas edi", deydi Sobo.

Jolt Soboslay jamoadoshlari bilan mashg‘ulotlarda futbol o‘ynaganida, uning jamoasida ko‘pincha 12 nafar futbolchi maydonga tushardi. Shunday qilib, qo‘shimcha o‘yinchi uch yoshli Dominik bo‘lgan, uni to‘pni ko‘rib maydonga yugurib chiqishdan to‘xtatib bo‘lmasdi.

“Otam meni o‘zi bilan ko‘p o‘yinlarga olib bordi. Albatta, men jamoamga foyda keltira olmasdim va shunchaki to‘pning orqasidan yugurdim, - deb eslaydi Dominik.

Budapeshtdan 65 kilometr uzoqlikdagi kichkina kvartirada yashash kuniga 24 soat futbol ta’limini olgan bolaga to‘sqinlik qilmadi.

"Otam bo‘sh butilkalarni xonamizga bir qator qilib joylashtirardi va men ular orasidan topni olib o‘tar edim. Birortasini ham yiqitmasam va har birining orasidan topni olib o‘tsam, muzqaymoq bilan taqdirlandim. Bolaligimda to‘pdan boshqa narsa bilan o‘ynaganimni eslay olmayman”.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 01:03, 13.07.2023. O'qildi: 2542 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Интер Lautaro Martines 16
2 Комо Anastasios Duvikas 11
3 Комо Niko Pas 10
4 Ювентус Kenan Yildiz 10
5 Наполи Rasmus Xeylund 10
6 Удинезе Kinan Devis 10
7 Аталанта Nikola Krstovich 9
8 Милан Rafael Leau 9
9 Интер Xakan Chalxanoglu 9
10 Интер Markus Tyuram 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик