Bugun 20 aprel, 2026 yil, dushanba.

  • APL
      • 19.04.2026 00:00
      • Chelsi
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 19.04.2026 18:00
      • Everton
      • -:-
      • Liverpul
      • 19.04.2026 18:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Sanderlend
      • 19.04.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Byornli
      • 19.04.2026 20:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Arsenal
      • 21.04.2026 00:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
  • «A» Seriya
      • 19.04.2026 15:30
      • Cremonese
      • -:-
      • Torino
      • 19.04.2026 18:00
      • Verona
      • -:-
      • Milan
      • 19.04.2026 21:00
      • Piza
      • -:-
      • Jenoa
      • 19.04.2026 23:45
      • Yuventus
      • -:-
      • Bolonya
      • 20.04.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Fiorentina
  • Superliga
      • 19.04.2026 16:00
      • So‘g‘diyona
      • 2:3
      • Bunyodkor
      • 19.04.2026 18:15
      • Qo‘qon-1912
      • 0:0
      • Andijon
  • La-liga
      • 21.04.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Osasuna
      • 21.04.2026 22:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Valensiya
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 33 70
2 Manchester Siti 32 67
3 Man. Yunayted 33 58
4 Aston Villa 33 58
5 Liverpul 33 55
6 Chelsi 33 48
7 Brentford 33 48
8 Bornmut 33 48
9 Brayton 33 47
10 Everton 33 47
11 Sanderlend 33 46
12 Fulhem 33 45
13 Kristal Pelas 31 42
14 Nyukasl 33 42
15 Lids 33 39
16 Nottingem Forest 33 36
17 Vest Xem 32 32
18 Tottenhem 33 31
19 Byornli 33 20
20 Vulverhempton 33 17

O'tgan o'yinlar.

31-тур Vulverhempton 2-2 Arsenal
31-тур Bornmut 2-2 Man. Yunayted
31-тур Brayton 2-1 Liverpul
31-тур Fulhem 3-1 Byornli
31-тур Everton 3-0 Chelsi
31-тур Lids 0-0 Brentford
31-тур Nyukasl 1-2 Sanderlend
31-тур Aston Villa 2-0 Vest Xem
31-тур Tottenhem 0-3 Nottingem Forest

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Yangi Xvicha»: Sehrli 6 oy

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Gruziyalik Gabriel Siguaga «Yangi Xvicha» sifatida qarashmoqda. U 19 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 15:00da Tbilisidan 25 kilometr uzoqlikdagi Rustavi shahrida geografiya fanidan yakuniy imtihonga kirdi. Bu vaqtda yigitchani atigi 5 soatdan keyin Gruziya poytaxtida boshlanadigan Yevropa Chempionlar Ligasi saralash bosqichi o‘yini kutayotgandi. Ha, ko‘pchilik hammasini to‘g‘ri tushungandir - 18 yoshli Gabriel shunchaki, oddiy maktab bitiruvchisi emas, balki Tbilisi «Dinamo»sining asosiy yarim himoyachisi!

Xullas, Sigua imtihondan chiqib, to‘g‘ri poytaxtga yo‘l oldi va CHL saralashi birinchi bosqichi javob o‘yinining 57-daqiqasida maydonga tushdi. To‘g‘ri, yigitchaning shoshilinch rejim bo‘yicha harakatlangani «Dinamo»ga naf keltirgani yo‘q - gruziyaliklar 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchrab, «Astana»ni keyingi raundga kuzatib qo‘yishdi, o‘zlari esa kurashni KL saralashida davom ettiradigan bo‘lishdi. Aytish joiz, bundan bir hafta oldin Qozog‘is­tonda o‘tkazilgan dastlabki uchrashuvning 57-daqiqasida aynan 18 yoshli markaziy yarim himoyachi hisobni tenglashtirib, «Dinamo» ortga katta umid bilan qaytishini ta’minlagandi. Yana bir jihatni e’tiborga olish kerak: Gabriel Rustavidan Tbilisiga mikroavtobusda yetib oldi. Bu yarim soatlik yo‘l demakdir. Ehtimol, unga charchoq biroz xalaqit bergandir javob bahsida...

Umuman, Siguaning «Dinamo»da debyut qilganiga hali 1 yil ham bo‘lgani yo‘q. To‘g‘rirog‘i, u jamoa safida ilk marta 2022 yilning avgustida, Gruziya kubogi 1|16 finalidan o‘rin olgan «Samtredia»ga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushdi. Endi Gabrielning hozirgi statistikasiga qarang: 31ta o‘yin, 5ta gol va 4ta samarali uzatma. Sigua ayniqsa, 2023 yil bahoridan katta tezlik oldi - 4 mart kuni «Dinamo»da gollari hisobini ochdi, oy oxirida esa Gruziya milliy jamoasida debyut qildi. Fransiyalik murabbiy Villi Sanyol yigitchani Mo‘g‘uliston termasiga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yini ikkinchi yarmida sinab ko‘rdi. May oyida esa Gabriel o‘rta ta’lim maktabidagi tahsilni tugatdi va iyunda U-21 toifasidagi Yevropa chempionatida qatnashdi. Ahamiyatli tomoni, u yakunda Gruziya va Ruminiyada tashkillashtirilgan turnirda maydonga tushgan eng yosh futbolchi bo‘ldi. Sigua bunga qadar yoshlar termasining atigi 2ta o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etgandi. Gruziyaliklar uchun muvaffaqiyatli yakunlagan qit’a chempionati guruh raundida esa Portugaliya termasiga qarshi bahsda 1 daqiqagina harakatlandi.

Gabriel 30 iyun kuni 18 yoshga to‘ldi. Ertasiga Gruziya yoshlar termasi qit’a birinchiligi 1|4 finalida isroilliklarga juda alamli tarzda yo‘l bo‘shatdi. Sigua esa Yevropa chempionatidan keyin ham dam olgani yo‘q, hisobi - 4 iyul kuni Gruziya superkubogi finalida zaxiradan maydonga tushdi. Asosiysi, aynan u Batumi «Dinamo»si bilan bo‘lgan o‘yinni, aniqrog‘i, sovrinni o‘z jamoasi tomon sudradi. Ya’ni 77-daqiqada hisobni tenglashtirdi, penaltilar seriyasida esa hal qiluvchi zarbani golga aylantirdi. Shu tariqa Gabriel «Dinamo»da ikkinchi sovrinni qo‘lga kiritdi - bolakay 2022 yili Gruziya chempioniga aylangan edi (mamlakatda turnirlar «bahor-kuz» tizimi bo‘yicha o‘tkaziladi).

Bu hali hammasi emas. Yuqorida ta’kidlandi, Gabriel iyul oyi yarmida CHLda ham debyutini nishonladi. Asosiy fakt shuki, Qozog‘istonda «Astana» darvozasiga urilgan gol Siguani «Dinamo» rekordchisiga aylantirdi. Aniqroq aytganda, u Tbilisining dongdor jamoasi tarixida yevrokuboklarda gol urgan eng yosh futbolchi bo‘ldi. Chindan ham, faoliyatning ta’sirchan boshlanishi. Hozirda Siguani kimsan Xvicha Kvarasxeliya bilan taqqoslashmoqda, garchi «Napoli» yulduzi mutlaqo bosh­qa pozisiyada o‘ynasada. Tushunarliki, Sigua shu ketishda Gruziyada uzoq vaqt qolmasa kerak-ov...

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:30, 03.08.2023. O'qildi: 1870 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 23
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Брайтон Denni Uelbek 13
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 12
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
8 Астон Вилла Olli Uotkins 11
9 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик