MDH o‘yinlarida boks bo‘yicha bahslar o‘z yakuniga yetdi. Kecha musobaqa doirasida qizlarimiz 6 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi bo‘lganliklari haqida xabar qilgandik.
Bugun erkaklar o‘rtasida ham bahslar o‘z yakuniga yetdi. Quvonarlisi, yigitlarimiz ham muvaffaqiyatli yurishni davom ettirib, 7 ta oltin va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi va umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi.
Terma jamoamiz safidagi sovrindorlar ro‘yxati bilan tanishing:
Erkaklar:
Oltin:
-54 kg: Samandar Olimov
-60 kg: Abdullox Madaminov
-63,5 kg: Boburbek Bobojonov
-71 kg: Shavkatjon Boltayev
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev
-80 kg: Javoxir Ummataliyev
-92 kg: Xalimjon Mamasoliyev
Bronza:
-48 kg: Sobirjon Tastanov
-51 kg: Miralijon Mavlonov
-57 kg: Shoxrux Abdumalikov
-67 kg: Murodbek Baxriddinov
-86 kg: Abdulaziz Abdurahmonov
+92 kg: Ravshanjon Soliyev.
Qayd etish lozimki, musobaqada O‘zbekiston boks terma jamoasi 25 bokschi (12 nafar qiz, 13 nafar yigit) bilan ishtirok etdi. Ularning barchasi O‘zbekiston delegasiyasi hisobiga medal qo‘shib qo‘ya olishdi.