Ikkinchi Bundesliga startida futbolda juda kam kuzatiladigan holat ro‘y berdi.
«Gerta» safida 3 nafar aka-uka futbolchi maydonga tushdi - Marton, Palko va Bens Dardai. Yana bir tomoni, Berlin jamoasi boshqaruvi katta Dardai qo‘lida. Xullas, asli vengriyalik Pal Dardai «Fortuna»ga qarshi o‘yinda 3 nafar o‘g‘lini jangga tashladi.
Pal Dardai 1-tur o‘yinida o‘rtancha o‘g‘li - himoyachi Martonni boshlang‘ich tarkibga kiritdi. To‘ng‘ich o‘g‘li - hujumchi Palko Dardai esa 29-daqiqada jarohatlangan Marten Vinkler o‘rnini egalladi va yakunda kenjatoy - yarim himoyachi Bens ham safga qo‘shildi (78-daqiqada Paskal Klemens o‘rniga). Hammasi yaxshi, faqat oilaviy kvadrupl «Gerta»ning mag‘lubiyatdan qutqarolmadi - 0:1.
* 47 yoshli Pal Dardai - «Gerta» afsonasi va rekordchisi. Bundesligada jamoa uchun 286 marta maydonga tushgan sobiq futbolchi 11 yildan buyon (butun murabbiylik faoliyati) Berlin drujinasi tizimida ishlamoqda.
* 24 yoshli Palko Dardai o‘tgan yili Vengriya milliy jamoasida debyut qildi.
* 21 yoshli Marton bundan 3 yil oldin, Bruno Labbadiya davridayoq «Gerta» asosiy tarkibiga kirgandi. Muxlislar uni klubning o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etishdi.
* 17 yoshli Bens aynan «Fortuna» bilan bahs orqali professional futbolga qadam tashladi
So‘z
- «Gerta» tarkibidagi 24 nafar futbolchi ham men uchun o‘g‘il maqomida. Palko shunchaki, ulardan biri. Marton va Bens haqida ham shu gap... Pal Dardai («Gerta» bosh murabbiyi).