Bugun 25 may, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • 2:1
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • 1:0
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 4:2
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • 3:1
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • 1:2
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • 1:0
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • 5:1
      • Atletiko
  • «A» Seriya
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • 1:0
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • 1:0
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • 0:2
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • 1:4
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • 1:0
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • 1:2
      • Kalyari
      • 25.05.2026 00:45
      • Torino
      • 2:2
      • Yuventus
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • 0:3
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • 1:2
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • 2:0
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • 1:1
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • 1:2
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • 2:1
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • 1:0
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • 3:0
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Balotellining sarguzashtlari

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bir yillik tanaffusdan keyin Mario Balotelli Turkiyaga, «Adana Demirspor» klubiga qaytdi.

O‘tgan yili futbolchi o‘z o‘rnini Artyom Zyubaga bo‘shatib, Shveysariyaga ravona bo‘lgandi. Biroq «Syon»dagi faoliyati kutilganidek muvaffaqiyatli chiqmadi.

To‘g‘ri, Mario 19ta o‘yinda 6ta gol urdi, lekin u uchun odatiy bo‘lib qolgan mojarolar ko‘proq bo‘ldi. Vaholanki, boshlanishi chakki bo‘lmagandi: ajoyib gollar, muxlislar bilan suratga tushishlar. «Syon» uchun Balotelliga sarflangan 2,6 mln. yevro klub tarixidagi eng qimmatbaho kelishuvlardan biri bo‘ldi. Transferga bag‘ishlangan matbuot anjumaniga 52 nafar jurnalistlar tashrif buyurishdi. 

Marioning yangi jamoasi 2-turda «Sankt-Gallen» maydoniga yo‘l olgandi. U yerda «Syon» zaxira o‘rindig‘i tomon chopib borgan mahalliy muxlis Balotellidan birgalikda suratga tushishni iltimos qildi. Xavfsizlik xizmati fanatni to‘xtatib qolganida, Mario muxlis tarafini oldi va «Syon» murabbiyi Paolo Tramessani ularni suratga tushirdi.

2ta o‘yin - 2ta g‘alaba. «Bazel» va «Sankt-Gallen» ustidan. 3-turda Mario ilk bor boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi va «Syon» tarkibidagi dastlabki golini rasmiylashtirdi. Keyin sermahsul seriyani 4ta o‘yinga yetkazdi. Jumladan, o‘ta kuchli (to‘p 103 km.G‘s. tezlikda uchgandi) zarbani ham namoyish etishga ulgurdi. Shundan keyin muxlislar oldida odatiy Mario Balotelli namoyon bo‘la boshladi.

Balotellining asabiy holatlari: Muxlislarga yomon munosabatda bo‘ldi va futbol federasiyasini mafiyaga tengladi

Dastlabki qo‘ng‘iroq - noyabr oyidagi «Bazel»ga qarshi (0:0) bahs. O‘sha uchrashuvda «Syon» ozchilikda to‘p surgan, Balotelli esa sariq kartochka olgandi. Nima uchun, deysizmi? Raqib jamoa muxlislariga haqorat ishorasini yo‘llagani uchun.

Uchrashuvdan keyin Mario instagram orqali Shveysariya FFni korrupsiyada aybladi: «Mafiyangiz qanday ekanligini bilmayman, lekin ishoning, menga o‘xshagan o‘yinchilarga adolatsizlik, korrupsiya va mas’uliyatsizlik hukmronlik qiladigan ligada faoliyat yuritish umuman yoqmaydi. Futbol - bizning kasbimiz. Shunday ekan, barchamiz unga nisbatan jiddiy munosabatda bo‘lishimiz lozim. Jumladan, hakamlar ham. Men raqib futbolchilarning qo‘polliklari va muxlislarning tahdidlari tufayli salomatligimga putur yetishini istamayman. Bu yerda qanday muhitga moslashib olganingizni bilmayman, biroq siz uni imkoni boricha tezroq o‘zgartirishingiz kerak. Jahon jamoatchiligi esa bu ligaga e’tibor qaratib, qanday sharmandaliklar yuz berayotganini ko‘rishi lozim. Men xatoga yo‘l qo‘ysam, buning uchun javob beraman. Federasiya xatolikkayo‘l qo‘ysa, u ham javob beradi. Hakam xato qildimi? U ham javob berishi shart».

Taajjubki, Balotellining fikr-mulohazalarini «Syon» prezidenti Kristian Konstantin ham qo‘llab-quvvatladi. U ham amaldorlarni jiddiy tanqid qilib, futbolchi o‘zini himoya qilish huquqiga ega ekanligini ta’kidladi.

Qishki tanaffusdan keyin Mario 4 uchrashuvning 3tasida maydonga tusha olmadi - 2tasi amalga oshirgan sho‘xliklari uchun, bittasi jarohat olgani sababli. Shveysariyalik jurnalistlarning ta’kidlariga ko‘ra, klub ana shu yengil jazolar evaziga Marioni jamoani tark etishdan asrab qolgan.

Omadsiz o‘yinlarga qorni bahona qildi, musht­lashuvda tasodifan klub prezidenti o‘g‘lini urib yubordi

Qishda «Syon»ning o‘yinlari yanada pasayib ketdi, yaqinda kelgan murabbiy almashtirildi, Balotelli esa sardorlik bog‘ichini oldi. Xo‘sh, yangi sardor jamoaning muvaffaqiyatsizligida kimni aybladi? Ob-havoni. Axir shahar va stadion qordan tozalanmagan sharoitda futbolchilar qanday qilib o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin?

O‘sha kunlarning birida «Syon» prezidentining o‘g‘li Marioni mahalliy an’analar bilan tanishtirishga qaror qilgan va o‘yindan keyin shahardagi karnavalga olib borgandi. Ular kiyimlarini almashtirgan bo‘lsalarda, tadbir ishtirokchilari baribir Mario va kichik Konstantinni tanib qolishdi. Keyin suratga olishga urinishlar boshlanib, yakunda o‘zaro mushtlashuvga aylanib ketdi. To‘s-to‘polonda Mario tasodifan o‘z hamrohini urib yubordi.

Mojarodan keyingi uchrashuvda muxlislar tribunalarda Balotellining futbolkalarini yoqib yuborishdi. Vaholanki, u hamon sardorlik bog‘ichida edi. Biroq jamoa autsayderlar hududiga yanada yaqinlashib qolgandi.

«Syon»ning navbatdagi bosh murabbiyi etib Zidanning sobiq yordamchisi David Bettoni tayinlandi. Biroq bu o‘zgarish ham samara bermadi. Bettoni va Balotelli uchun so‘nggi uchrashuv bo‘lgan bahsda jamoa «Servett»dan 5ta javobsiz gol qabul qilib oldi. Eng ajablanarli jihati, tanaffusdan keyin Mario maydonga tushishni istamadi, murabbiy ham tanaffus paytida lavozimidan chetlatildi.

Chempionatning yakuniy bosqichidagi 10ta o‘yinning 3tasida Mario ishtirok etdi. Jamoa ana shu davr ichida bitta g‘alaba va durangga erishdi, o‘sha yagona g‘alabaga Balotelli hisobni ochish bilan muhim hissa qo‘shdi. 

Hal qiluvchi bahslar o‘rniga YECHL finaliga sayohat

«Syon» mavsumni so‘nggi - 10-o‘rinda yakunladi - jon saqlab qolish uchun kechgan oxirgi bellashuvlarda Balotelli qatnashmadi, u hatto «zayavka»da ham yo‘q edi. Lekin o‘zining sobiq jamoalari - «Inter» va «Manchester Siti» o‘rtasidagi YECHL finalida ishtirok etdi. Uni BT Sport telekanali ekspert sifatida taklif etgandi. Sharhlovchi Jeyk Xamfri Marioga qaysi jamoa g‘alaba qozonadi, savolini berganida, u «izohga hojat yo‘q» degandi. «Mana shu tahlil uchun biz 1000 yevro gonorar berdik» deydi sharhlovchi hazillashib.

Keyinchalik Balotelli o‘z fikrini oshkor etdi: «Ochig‘ini aytganda, men hech qaysi jamoa muxlisi emasman, qaysisi g‘olib chiqishining men uchun farqi yo‘q. Muhimi, o‘yinning asosiy vaqtda nihoyasiga yetishi. Chunki Istanbul yo‘llari juda tiqilinch bo‘ladi».

«Syon» Balotelli bilan hamkorlikni to‘xtatdi. «Adana Demirspor»ga qaytish Mario uchun yagona yo‘l edi. Hozir u yerda Artyom Zyuba ham, Vinchenso Montella ham yo‘q. Yangi mavsumda Marioni Patrik Klyuyvert muhitga moslashtirishga urinib ko‘radi. Va aytish o‘rinli, «Super Mario» Turkiya klubidagi debyut o‘yinidayoq tili bilan birga oyoqlari ham hamon «burro» ekanligini ko‘rsatib qo‘ydi: Turkiya Superligasi 7-tur doirasidagi «Alantyaspor»ga qarshi o‘yin (4:0)da maydonda 60 daqiqa harakat qilgan Balotelli dubl qayd etdi.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 09:01, 12.10.2023. O'qildi: 1292 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик