Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 11 28
2 Paxtakor 11 26
3 Buxoro 11 20
4 Navbahor 11 20
5 Bunyodkor 11 19
6 Lokomotiv 11 17
7 OKMK 11 16
8 Andijon 11 16
9 Nasaf 11 14
10 Xorazm 11 13
11 Qizilqum 11 13
12 Surxon 11 12
13 Dinamo 11 11
14 Qo‘qon-1912 11 11
15 So‘g‘diyona 11 9
16 Mash’al 11 0

O'tgan o'yinlar.

11-тур Dinamo 3-1 Mash’al
11-тур Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
11-тур OKMK 0-0 Neftchi
11-тур Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
11-тур Surxon 1-1 Paxtakor
11-тур Xorazm 0-3 Andijon
11-тур Lokomotiv 1-0 Qizilqum
11-тур Nasaf 0-0 Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

YECHL tarixidagi eng yaxshi assistentlar: Messi yoki Ronaldu?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Rekordlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Futboldagi eng qiyin ish bu gol urish deb ko‘p aytiladi. Ammo bu golni yaralishiga yordam beradigan assistentlar ko‘pincha e’tiborimizdan chetdan qoladi. Bugun biz YECHL turniri tarixidagi eng yaxshi 10 ta assist mualliflari bilan sizni tanishtirmoqchimiz.
(Eslatma: Ibragimovich va Fabregas ham 28 ta assistga ega. Ammo ular har 90 daqiqada bir assist qilish borasida pastroq ko‘rsatkich qayd etgan.)

10. Kevin De Bryuyne – 28 ta

De Bryuyne APLda 100 dan ortiq assistlarni amalga oshirgan. U Yevropa sahnida ham o‘ziga xos natija qayd etib turibdi. Belgiyalik yarim himoyachi yaqindagina tarixda ilk bor "Manchester Siti" bilan YECHL bosh sovrinini qo‘lga kiritgan edi. Afsuski, shunday futbolchi hozir jarohati sababli uzoq muddat maydondan chetda qolmoqda.

9. Tomas Myuller – 29 ta

Myuller futbol olamida barqarorlik ramziga aylanib ulgurgan. "Bavariya" safida 15 yildan beri bir xil daraja qayd etib kelayotgan qahramonimiz, YECHLda 29 ta assistga ega. Myuller "Barselona"ni 8-2 ga yutishda 3 ta golda ishtirok etgandi. U 2020 yilda so‘nggi bor YECHLni yutgan.

8. Andreas Inyesta – 29 ta

Ispaniyalik afsona o‘zi qatnashgan barcha finallarda g‘olib chiqqan. Uni ko‘pchilik barcha davrlarning eng yaxshi yarim himoyachisi deb atashadi. Inyesta bir pas bilan butun raqib himoyasini buzib tashlash qobiliyatiga ega edi. Uning YECHLdagi so‘nggi assisti 2015 yilning finalida, "Yuventus"ga qarshi o‘yinda amalga oshiriladi.

7. Karim Benzema – 29 ta

Benzemani vinoga o‘xshatishadi. U vaqt o‘tgan sayin faqatgina yaxshilanib bordi. 30 yoshidan keyin fransuz hujumchisi katta ishlarni qila oldi. 2021/22 yilgi chempionlikka Benzema "Real"ni o‘z yelkasida ko‘tarib olib chiqqanini unutmaslik lozim. Yevropani tark etib ulgurgan qahramonimiz, 29 ta assistga egalik qiladi.

6. Xavi – 30 ta

Ispan maestrosi deyarli ikki dekada davomida "Barselona" yarim himoyasining harakatlantiruvchi kuchi bo‘ldi. Ayni damda u sevimli jamoasi bilan Ispaniya va Yevropani qayta zabt etishga intilmoqda.

5. Rayan Giggz – 30 ta

Giggz "Manchester Yunayted"da 1990 yildan to 2014 yilga qadar harakat qilgan edi. U futbol trendlariga yillar mobaynida moslashib bordi. O‘zining oltin yillarini uelslik yarim himoyachi ajoyib o‘tkazadi. YECHL kubogi Giggzga ikki bor nasib etadi.

4. Neymar – 33 ta

Neymar YECHL tarixiga o‘ziga xos futbolchi sifatida kirgan. U 2014/15 yilgi mavsumda "Barsa"ni chempionga aylantiradi. 2020 yilda esa "PSJ" bilan finalga qadar yetib boradi. Braziliya terma jamoasi a’zosining o‘yinlarini ko‘rish hammaga zavq bag‘ishlar edi. Bu ro‘yxatdagi eng yosh futbolchi bo‘lishiga qaramay, hozirda Neymar Saudiya Arabistoniga yo‘l olgan.

3. Anxel Di Mariya – 38 ta

Neymar kabi Di Mariya ham hayotida bir martagina YECHL bosh sovriniga ega chiqqan. Shunga qaramay, u turnir tarixida o‘z o‘rniga ega. Argentinalik afsona 2014 yilgi finalning eng yaxshi futbolchisi deya e’tirof etilgandi. Uning chap oyog‘i, Di Mariyaning asosiy quroli bo‘lgan.

2. Lionel Messi – 40 ta assist

Messi YECHL tarixida ikkinchi eng yaxshi assistent sifatida qoldi. U bu turnirda 129 ta gol va 40 ta assist qilishga ulgurgan. Messining 2011 yilgi finaldagi "MYU"ga qarshi o‘yini tarixdagi eng yaxshilaridan biri edi. Muxlislar uni yana Yevropaga qaytishiga umid qilishadi. Balki shunday bo‘lar. Yana kim biladi deysiz.

1. Krishtianu Ronaldu – 42 ta assist

Ronaldu bo‘lmay, yana kim ham bo‘lardi? Ronaldu gol urish borasida hammaga yaxshi tanish. Ammo uning ijodkorlik mahorati ham yuksak edi. Turnir tarixidagi eng ko‘p gollar muallifi, eng ko‘p assist egasi ham aynan u. Ronaldu bosh sovrinni 5 bor qo‘lga kirita olgan. Shunchaki, dahshat!

 

 

 


ISMATOV J.

 
Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 12:12, 29.11.2023. O'qildi: 3884 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
2 Пахтакор Doston Hamdamov 6
3 Сурхон Chinedu Stefan 6
4 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 6
5 Нефтчи Stipe Perisa 5
6 Бухоро Sherzod Esanov 5
7 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 4
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 4
9 Нефтчи Zoran Marushich 4
10 Динамо Azizbek Amonov 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик