Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ferran Torres: «Ko‘z tegmasin, hozir eng yaxshi holatdaman»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Ispaniyalik iqtidorli hujumchi Ferran Torres 21 yanvar kuni «Barselona» safida 100-o‘yinini nishonladi.

Diqqatga sazovor tomoni, u «Betis»ga qarshi kechgan safar o‘yinida «xet-trik»ka erishib, yubiley sharafiga munosib sovg‘a hozirladi. «Barselona» rasmiy sayti vakillari esa uchrashuvdan keyin Ferranni alohida tabriklab, quvonchli kunida undan intervyu olishdi. Hujumchi suhbat davomida ajoyib sport formasi va aqliy rivojlanishi haqida gapirdi, yana «akula» laqabiga munosabat bildirdi.

— 100ta o‘yin marrasiga erishish siz uchun nimani anglatadi?

— Bu bir orzuning ushalishidir. «Barselona»ga o‘tishning o‘zi orzu edi, endi jamoa libosida 100ta o‘yin... Tabiiyki, bag‘oyat xursandman, klubga imkon qadar yordam berish va «Kamp Nou»da ko‘p yillar qolishdan umidvorman.

— Siz uchun qaysi onlar eng qadrlisi?

— Jarohat va uzoq davom etgan majburiy tanaffusdan keyin «San-Mames» stadionida urgan golimni birinchi o‘ringa qo‘ygan bo‘lardim. Albatta, biz yutgan ikki sovrin — mamlakat superkubogi va La Liga chempionligi ham muhim o‘rin tutadi. Uchinchisi esa... Yo‘q, bunisi lahza emas, balki mavsumning boshlanishi. Binobarin, eng yaxshi sport formasiga kirib oldim, mentalitetim o‘zgardi, o‘yin vaqti uchun kechgan kurash qiyinchiligini yengib o‘tdim. Oddiy aytganda, hammasini o‘zgartirib, ko‘proq imkoniyatga ega bo‘la boshladim va endi ulardan unumli foydalansam, bas. Doim atrofimdagilarga bir gapni takrorlayman: «Imkonsiz ishning o‘zi yo‘q va agar o‘z ustingizda qattiq shug‘ullansangiz, muvaffaqiyatga erishasiz, oxir-oqibat».

— «Barselona» uchun 25ta gol urishga ulgurdingiz va bosh murabbiy Xavi davridagi ikkinchi to‘rurar bo‘lib turibsiz. Xo‘sh, u bilan munosabatingiz qanday? Aytingchi, Xavi faoliyatingiz uchun aynan nima qildi?

— Avvalo, klubga olib keldi, salohiyatimga ishondi va meni loyihaning bir qismiga aylantirdi. Nafaqat undan, balki butun murabbiylar shtabidan bag‘oyat minnatdorman. Mana, har bir mutaxassisning o‘z yo‘nalishi bo‘yicha qo‘llab-quvvatlayotgani maydonda ham aks eta boshladi.

— Salamankada gol urib, o‘tgan mavsumdagi shaxsiy natijangizni takrorladingiz. Keyin «Betis» darvozasini 3 marta nishonga oldingiz — shu «xet-trik» bilan joriy mavsumda urgan gollaringiz soni 11taga yetdi. O‘zingizga ishonch ortganini baralla ta’kidlash mumkinmi?

— Hozir butun faoliyatim davomidagi eng yaxshi sport formasidaman. Har holda, hech qachon o‘zimga bunchalik qattiq ishonmaganman. Ayniqsa, ruhiy jihatdan ancha kuchaydim.

— Ortda qolgan shakllanish jarayoni qanchalik muhim, mentalitet-chi?

— Hamma gap mentalitetda ekanligini anglaganimga ancha bo‘ldi. Bu ham maydon, ham uning tashqarisida o‘zingni yaxshi his qilishing uchun juda zarur sanalgan ishonchni yaratadi. Shuningdek, qattiq ishlash, kamtar va izchil bo‘lishga ham zamin hozirlaydi. Oddiy aytganda, mentalitet boshqalardan ajralib turishingga yordam beradigan intizom asosidir.

— Individual mentalitet jamoaga qanday singdiriladi? Umuman, sizning tajribangiz ruhiy holati past futbolchilarga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinmi?

— Albatta, jamoa birligini saqlashga hissa qo‘shishni xohlayman. Ba’zan hazillashaman, o‘z tajribam bilan o‘rtoqlashaman. Ha, hali yoshman, lekin shukrki, mavsumning murakkab qismini qanday yengib o‘tish borasida tajribam yo‘q emas. Umuman, klubda hamma bir-biri uchun qayg‘uradi va buni ko‘rish kuchingizga kuch qo‘shadi.

— Xo‘sh, Ferran Torres «Barsa» libosidagi 100ta o‘yinda nechog‘li o‘zgardi?

— Hozir butunlay boshqachaman. Ham shaxs, ham futbolchi sifatida. Ayniqsa, muammolarni hal qilishga yondashuv o‘zgardi. Tabiiyki, 2,5 yil ichida ko‘p narsalarni o‘rganish mumkin. Takomillashish jarayoni to‘xtamaydigan «Barselona» kabi klublarda esa o‘rganish yanada osonroq. To‘g‘ri, talab ham qat’iy: har kuni tinimsiz o‘rganishingiz va takomillashib borishingiz shart.

— 2 yildan keyin qayerda bo‘lishni xohlardingiz?

— Ushbu jamoada qolib, unga sovrinlar yutishda qo‘ldan kelganicha  yordam berishni istardim.

— «Akula» laqabiga munosabatingiz qanday, bu borada hazillar ko‘pmi?

— Boshida hamma hazillashardi, endi  bu oddiy holatga aylandi. Takrorlayman, mentalitet juda muhim va jamoadoshlarim meni o‘rnak sifatida ko‘rsatishadi. Murakkab vaziyatdan chiqib ketishni uddalaganim va bosh­qalarni ham xuddi shunday yo‘l tutishga undayotganimdan kelib chiqsak, laqab chakki emas, to‘g‘rimi?

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 13:08, 02.02.2024. O'qildi: 1369 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик