Bugun 20 mart, 2026 yil, juma.

  • ECHL
      • 19.03.2026 01:00
      • Bavariya
      • 4:1
      • Atalanta
      • 19.03.2026 01:00
      • Liverpul
      • 4:0
      • Galatasaroy
      • 19.03.2026 01:00
      • Tottenhem
      • 3:2
      • Atletiko
  • Superliga
      • 19.03.2026 16:00
      • Andijon
      • 2:0
      • Mash’al
      • 19.03.2026 18:15
      • Buxoro
      • 3:1
      • Dinamo
      • 20.03.2026 16:00
      • Neftchi
      • 3:1
      • Lokomotiv
      • 20.03.2026 17:00
      • Nasaf
      • 0:1
      • Surxon
      • 20.03.2026 18:15
      • So‘g‘diyona
      • 2:4
      • Paxtakor
  • «A» Seriya
      • 20.03.2026 22:30
      • Kalyari
      • -:-
      • Napoli
      • 21.03.2026 00:45
      • Jenoa
      • -:-
      • Udineze
      • 21.03.2026 19:00
      • Parma
      • -:-
      • Cremonese
      • 21.03.2026 22:00
      • Milan
      • -:-
      • Torino
  • APL
      • 21.03.2026 01:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 21.03.2026 17:30
      • Brayton
      • -:-
      • Liverpul
      • 21.03.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 21.03.2026 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Byornli
      • 21.03.2026 22:30
      • Everton
      • -:-
      • Chelsi
  • La-liga
      • 21.03.2026 01:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 21.03.2026 18:00
      • Elche
      • -:-
      • Malyorka
      • 21.03.2026 20:15
      • Espanyol
      • -:-
      • Xetafe
      • 21.03.2026 22:30
      • Levante
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 21.03.2026 22:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Jirona
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 4 12
2 Buxoro 4 10
3 Paxtakor 4 9
4 Lokomotiv 4 7
5 Nasaf 4 7
6 Bunyodkor 4 7
7 Andijon 4 6
8 Navbahor 4 6
9 Qizilqum 4 6
10 OKMK 4 4
11 Qo‘qon-1912 4 4
12 Xorazm 4 4
13 Dinamo 4 4
14 Surxon 4 4
15 So‘g‘diyona 4 1
16 Mash’al 4 0

O'tgan o'yinlar.

4-тур Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
4-тур Xorazm 1-2 Bunyodkor
4-тур Qizilqum 0-1 OKMK
4-тур Andijon 2-0 Mash’al
4-тур Buxoro 3-1 Dinamo
4-тур Neftchi 3-1 Lokomotiv
4-тур Nasaf 0-1 Surxon
4-тур So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Arne Slot: «O‘zgarishlar bo‘ladi, lekin unchalik katta emas...»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Intervyular
A A A

O‘tgan mavsum «Feyenoord» bilan ajoyib natija va o‘yin ko‘rsatgan niderlandiyalik 46 yoshli mutaxassis Arne Slot «dam olish»ga qaror qilgan mersisaydliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp o‘rnini egallaganiga ham bir oydan oshdi.

Bu vaqtda asosan og‘ir mavsumdan keyin biroz tin olgan murabbiy endi yeng shimarib ishga kirishmoqchi. Har holda u «Liverpul» matbuot xizmatiga bergan ilk katta intervyusida shu va boshqa qiziqarli mavzularda so‘z ochdi. Biz esa uning eng qiziqarli qismini e’tiboringizga havola etmoqdamiz.

- Janob, avvalo tabriklaymiz va Liverpulga xush kelibsiz deymiz. Ayni paytda o‘zingizni qanday his qilyapsiz?

- Qisqa ta’tildan so‘ng energiyaga to‘laman deyman. Hozir hayajondaman, oldimda turgan yangi chaqiriqni intiqlik bilan kutyapman. Bu yerdan (intervyu Kirkbi - «Liverpul» bazasida olingan - PS) mashg‘ulot maydoni ko‘rinib turibdi, bu ajoyib. Oldinda sabrsizlik bilan kutishga munosib juda ko‘p qiziqarli narsalar turibdi. Jamoa yaqin haftalarda ishga qaytadi va ha, yuqorida aytganimdek, «Feyenoord»da o‘tkazgan fantastik davrdan keyin yangi chaqiriqni intiqlik bilan kutmoqdaman.

- Sizni «Liverpul» bosh murabbiyi sifatida e’lon qilingan kundan shu kungacha ancha vaqt o‘tdi - nima deysiz, pauza ataylab qilinganmi?

- Ha, menimcha, bunga bir nechta sabablar bor. Birinchidan, Yurgen bilan xayrlashuv tufayli, bu boshimdan o‘tkazganlarimdan kelib chiqsak, o‘ziga xosdir. Bu men «Feyenoord»ni tark etgan kuni sodir bo‘ldi, lekin men bir narsani ko‘rishga muvaffaq bo‘ldim, shuningdek, unga, klubga va muxlislarga bir muncha vaqt kutish adolatli deb o‘yladim. Bundan tashqari, qisqa ta’til qildim. Ha, menimcha, bu yerga kelib siz bilan gaplashish uchun eng to‘g‘ri vaqt hozir.

- Ta’til paytida futboldan uzoqlasha oldingizmi?

- Yo‘q! Menimcha, murabbiy - men yoki boshqa birov bo‘lsin - hech qachon aloqani uzolmaydi, lekin ajoyib haftalarni o‘tkazdim, chunki men «Feyenoord»da o‘tkazgan vaqtimni qadrlashim mumkin edi. Hozir esa «Liverpul»dek klubda ishlashni intiqlik bilan kutyapman.

- Yurgendek ramziy figurani almashtirdingiz va u sizni hayratga soladigan inson ekanligi aniq...

- Ha. Men 45 yoshdaman, futbolni ancha vaqtdan beri va ko‘p kuzatganman va o‘ylaymanki, ilgari hamma «Barselona»ni Xavi, Inyesta va Messilari borligi uchun va albatta, ularning «Real» hamda Ronaldu bilan raqobatini kuzatgan davr bo‘lgan. Bu davr tugagach, Yevropa futbolida Yurgen tufayli yangi raqobat paydo bo‘ldi - u «Liverpul»ni boshqargan, Pep Gvardiola esa, albatta, «Manchester Siti»ni. O‘ylaymanki, futbolni yaxshi ko‘radigan har bir kishi uchun bu ikkalasi ham bir-biridan maksimal darajada foydalanadigan ajoyib davr edi. Ha, men «Liverpul»ning, «Siti»ning ko‘plab o‘yinlarini ko‘rdim. Yevropada yashaganingizda, Premyer-liga, ehtimol siz kuzatishingiz mumkin bo‘lgan eng qiziqarli chempio­natdir. Ha, u bu yerda juda katta ish qildi va men muxlis sifatida bundan juda mamnunman, lekin endi uning vorisi sifatida Yurgen «Liverpul»ni eng yaxshi holatda qoldirganini ayta olaman. Bu yerda juda yaxshi jamoa, ajoyib muxlislar bor, shuning uchun men ishga kirishishni intiqlik bilan kutyapman.

- Yurgen bilan gaplashish muhimmidi?

- Ha. Men sobiq klublarimda ham xuddi shunday qilganman, shuningdek, agar kimdir klubda 9 yil ishlagan bo‘lsa va bunday muvaffaqiyatga erishgan bo‘lsa, siz ulardan hamma narsani bilishni xohlaysiz. Shu jumladan futbolchilar haqida - garchi menimcha, bu borada o‘z fikrimga ega bo‘lish ham muhim. Shuning uchun, albatta, siz u sizga taqdim etadigan ma’lumotlardan foydalanishingiz mumkin, lekin Yurgen bu yerda katta yutuqlarga erishgani uchun emas. Bundan tashqari, u juda mashhur edi va hamma buni ko‘rdi. U menga bir nechta yaxshi maslahatlarni berdi.

- Albatta, o‘zligingizda qolish juda muhim, ammo biz bilganimizdek, sizning va uning uslublaringiz o‘rtasida o‘xshashliklar bor, shunday emasmi?

- Ha. Va menimcha, bu yerda bo‘lishimning sabablaridan biri ham shu. Chunki «Liverpul» meni «skanerdan o‘tkazgan»ida, buning to‘g‘ri ekanligiga amin bo‘lmasamda, ular aynan bir xil turdagi murabbiyni qidirishmagan. Lekin menimcha, biror narsa ma’lum bir o‘yin uslubida muvaffaqiyatli ishlasa, men buni xohlayman, ya’ni davom ettiring yoki rivojlantiring, degandek. Ehtimol, ular meni tanlashining sabablaridan biri shudir. Ha, bu mening uslubim, lekin hozirgi paytda ko‘plab zamonaviy murabbiylarning uslubi ham shunday: biz hammamiz ma’lum darajada «Siti» va «Liverpul», Gvardiola va Klopp o‘rtasidagi raqobatdan ilhomlanganmiz.

- Yangi mavsum uchun o‘yinlar taqvimi endigina chiqdi, uning boshlanishiga sakkiz hafta qoldi. Vaqt juda tez o‘tadi, shuning uchun sakkiz hafta davomida qanday rejalaringiz bor?

- Mavsum oldidan asosiy narsa o‘yinchilarni shaklga keltirish va o‘yin g‘oyalarini, modelini joriy etishdir. Ba’zi o‘yinchilar bilan mashq qilish uchun bizda juda ko‘p vaqt bo‘ladi va barchasi futbolchilar o‘zlari ishtirok etayotgan turnirlarda qancha masofani bosib o‘tishiga, bu o‘yinchilar bilan ishlash uchun qancha vaqt sarflashimizga bog‘liq. Ammo aytib o‘tganingizdek, o‘yin uslubi butunlay boshqacha bo‘lmaydi. Lekin shunday bo‘lsa-da, biz aynan bir xil ish qilsak g‘alati bo‘lardi, chunki men Yurgen Kloppni almashtirsam ham, u bilan bir xil emasman.

- Mavsum oldidan AQSH bo‘ylab turne bor. Sizning rahbarligingiz ostida birinchi marta «qizillar» iyul oyida Pisburgda o‘ynaydi. Bu borada hayajonlanayotgan bo‘lsangiz kerak?

- Ha, qo‘shma shtatlarda o‘ynash har doim o‘ziga xos tuyg‘u. Menga u yerdagi stadionlar odatda muxlislar bilan to‘la bo‘lishini aytishdi. Bu «Liverpul»da o‘z faoliyatingizni boshlashning o‘ziga xos usuli. Bu yerga birinchi mashg‘ulotga birinchi marta kelish, birinchi marta mashg‘ulot o‘tkazish va birinchi marta o‘ynash, albatta, tarixiy daqiqalardir. Lekin, eng muhimi, tabiiyki, men «Enfild»dagi o‘yinni boshqarishimni ko‘proq kutaman. Biroq, bungacha biroz kutishga to‘g‘ri keladi.

- Biz ham buni intiqlik bilan kutyapmiz. Suhbat yakunida muxlislarga aytar so‘zlaringiz bo‘lsa kerak...

- Bu bilan meni biroz hayratda qoldirdingiz! Ha, o‘zgarishlar bo‘ladi, lekin umid qilamanki, ular unchalik katta bo‘lmaydi, chunki o‘yinchilar o‘sha-o‘sha, muxlislar ham va agar hamma o‘z ishini oldingidek davom ettirishsa, mening hayotimni ancha osonlashtirardi. Kelgusi mavsumda ular bizni yana bir bor faol qo‘llab-quvvatlashlarini kutmoqdaman va xuddi shu narsa futbolchilar uchun ham amal qiladi. Men jamoani eng yaxshi tarzda boshqarish uchun o‘z manfaatim va kuchim bilan hamma narsani qilaman.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:55, 30.06.2024. O'qildi: 1528 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 3
2 ОКМК Abror Karimov 2
3 Қизилқум Jambuli Jigauri 2
4 Пахтакор Doston Hamdamov 2
5 Пахтакор Piotr Pajishek 2
6 Динамо Firdavs Abdurahmonov 2
7 Локомотив Quvonchbek Abrayev 2
8 Насаф Sharof Muhitdinov 2
9 Андижон Martin Boakye 2
10 Навбаҳор Ruslanbek Jiyanov 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.