Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • 4:2
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • 1:3
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • 1:0
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • 1:0
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • 1:2
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • 0:2
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • 0:3
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • 2:0
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • 1:1
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • -:-
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Betis - Elche

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xristo Stoichkov: «Barselona» muxlislari optimist bo‘lishlari kerak»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Voqealar
Rukn: Intervyular
A A A

«Barselona»ning sobiq afsonaviy hujumchisi Xristo Stoichkov (1990-95, 1996-98) Sport.es nashriga intervyu berdi

Unda «El Pistolero» Germaniyada bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionatining natijalarini sarhisob qildi va, albatta, uning yuragiga yaqin «ko‘k-anorranglilar»ning hozirgi holati haqida ham gapirdi. «Kamp Nou»ning sobiq kumiri shiddatli, jasoratli va samaradorli o‘yini uchun Ispaniya terma jamoasining muvaffaqiyatlaridan unchalik hayratlanmabdi, chunki uning so‘zlariga ko‘ra, «bu shundoq ham ajoyib jamoa, qolaversa uning kelajagi katta»...

- Ispaniya terma jamoasi Yevropa chempionatida g‘olib chiqishga munosib edimi? 

- Yevro boshlanmasdan oldin Ispaniya bu turnirda g‘olib chiqadi va hatto JCH-2026ni ham oladi degandim. U shundoq ham ajoyib jamoa, qolaversa uning kelajagi katta. Men Luis de La Fuente uchun juda xursandman. Biz juda yaqin do‘stlarmiz va u qiyin vaqtni boshdan kechirdi. U juda yaxshi murabbiy. Unga nisbatan cheksiz tanqidlardan so‘ng, Luis Ispaniyani ushbu unvonga olib kelganidan xursandman. 

- Ha, siz de La Fuentega qoyil qolasiz. U jamoani qanday boshqaradi? 

- U oddiy kamtar inson va qayerdan kelganini juda yaxshi biladi. Futbolchilik davrimizda yo‘llarimiz kesishardi va hatto o‘sha paytda u qanday murabbiy bo‘lishiga maydondagi harakatlari orqali tasavvur berardi. U katta tajribaga ega Kleman, Luis Aragones, Del Boskelarga e’tibor qaratdi. Va barchasi bilan juda kamtarlik bilan muloqot qildi. Shuning uchun ham bunday mukofot bilan taqdirlandi. 

- Yevropa chempionati sizga yoqdimi? 

- Ba’zi o‘yinlar yoqdi, lekin Ispaniyaning finalga chiqishi yanada yoqimliroq edi. Ular finalga chiqish va g‘alaba qozonishga loyiq edilar, chunki futbolchilar shunchaki ajoyib ish qilishdi, murabbiy sozlamalarini tushuna olishdi. Luis de La Fuente ular bilan uzoq vaqt davomida (U19 va U21 terma jamoalarida) ishlaganligi juda muhim faktdir. Luis ularni yaxshi biladi va shuning uchun jamoani kuchliroq qildi. Tarkibda faxriylar, katta tajribaga ega futbolchilar, shuningdek, Yevroning eng yaxshi o‘yinchisi Rodri bor edi. 

- Rodri siz uchun ham turnirning eng yaxshi o‘yinchisimi? 

- Shubhasiz. Men u haqda soatlab gapirib bera olaman. 

- Uning o‘yini sizga yoqdimi? 

- U haqiqatdan ham o‘zgacha futbolchi, yetakchilar yetakchisi, o‘yinning ohangini belgilaydigan, xullas u bilan jamoangiz mustahkam poydevorga ega bo‘ladi. Shuningdek, Karvaxal ham muhim rol o‘ynaydi. Va albatta, hech kim Kukurelya himoyaning chap qanotida bunchalik uchishini kutmagandi... Yarim himoya o‘ta dinamik edi. Hujumni esa gapirishga hojat yo‘q... 

- Yamal o‘yiniga oshiqmisiz? Yosh bolakayning bunday hujum qilishi sizni ajablantirmadimi? 

- Orzularingizni ta’qib qilganingizda, ular har doim amalga oshishi mumkin. Yosh bo‘lishiga qaramay, u bu uning uchun katta imkoniyat ekanligini yaxshi biladi. U intizomli yigit, maydonda 90 daqiqa davomida qattiq ishlaydi va murabbiy gapini hech ikki qilmaydi. Niko Uilyams ham xuddi shunday, u kundan-kunga kuchaymoqda, u qarshi hujumlarda juda xavflidir. 

Morata haqida nimani gapirish kerak? U juda ko‘p azob chekkan yigit. Menga ushbu jamoani ko‘tarib turgan ustunlardan birini qanday tanqid qilish mumkinligini tushuntirib beringchi. U terma jamoa manfaati uchun ko‘p ishlaydi. Yarim finalda Olmo va Yamalning gollari bilan bog‘liq vaziyatlarda hech kim Morata haqida gapirmadi. U ikki yoki uch himoyachini olib ketadi, bo‘sh joy yaratadi... bunday markaz forvardlari hozir mavjud emas... u qattiq ishlaydi, ko‘p narsani qurbon qiladi va men nima uchun bu qadar qattiq tanqid qilinayotganini tushunmayapman. 

- U «Milan» bilan shartnoma imzoladi... 

- Qayerga bormasin, u Morata, juda muhim o‘yinchi bo‘ladi. 

- Yamal 17 yoshga to‘ldi. Siz Messi singari buyuk vinger edingiz... Biz bunday taqqoslashlar bilan Laminga zarar bermaymizmi? 

- Taqqoslamaylik. Men hech qachon taqqoslashni yoqtirmaganman, har birimiz shundaymiz va umid qilamanki, Lamin shunday fidoyilik va sifat bilan ishlashda davom etadi. Shuning uchun u «Barselona» va Ispaniya terma jamoasi uchun gollar uradi. Uni himoya qilishimiz kerak, uni juda osmonlarga ko‘tarmang, chunki bunday holatda yiqilish juda oson bo‘ladi. Men uni himoya qilish tarafdoriman, biz unga kerakli vaqtni berishimiz kerak va u tajriba orttirgandan so‘ng, biz uning kimga o‘xshashligini aytamiz. 

- Siz aytgan yana bir ism - Niko Uilyams. «Barselona» o‘rnida siz uni hozirgi narxida sotib olarmidingiz? 

- Qancha ekan? 

- 58 million yevro. 

- Hoziroq sotib olishimiz kerak. Men sizga ilgari «Barselona»ga uni sotib olishlarini tavsiya qilganimni aytgandim. Bunday qilishmadi, lekin hozir juda xohlashmoqda. Laporta va Deku «Barselona» uchun munosib o‘yinchi ekanligiga shubha qilmasliklari kerak. U nafaqat vinger sifatida, balki markaziy hujumchi yoki «yolg‘on to‘qqizlik» sifatida ham o‘ynashi mumkin. Bu esa «Barselona» uchun juda foydalidir. 

- «Barselona» endi Mbappaga qarshi chiqadi. Sizningcha, Kilian Madridda muvaffaqiyat qozonishi mumkinmi? Aytgancha, uni qanday kutib olganingizni ko‘rdik, siz u bilan ajoyib munosabatda bo‘ldingiz. 

- Biz yaxshi do‘stmiz, u butun oilasi singari ajoyib inson. Yaqinda mashg‘ulotda salomlashdik. Menimcha, Kilian ajoyib futbolchi va umid qilamanki, u fransuz hamda ingliz tillaridan farq qiladigan ispan futboliga yaxshi moslasha oladi. Uning o‘zi joriy Yevropa chempionatidan keyin ko‘proq narsani berish kerakligini biladi va bu uning turniri emasligini tan oladi. Axir, hamma Fransiya bunday tarkib bilan chempion bo‘lishi mumkin deb o‘ylardi. Endi u o‘zi haqida qayg‘ursin va biz bundan zavqlanaylik. 

- Barselonaliklar bundan xavotirda. «Real» juda kuchli... 

- Men har doim optimistman. Bizning ishlarimiz qanchalik yomon bo‘lsa, biz shunchalik optimistik bo‘lishimiz kerak. Endi yangi stadionga ega «Barselona» raqobatbardosh jamoa qurishi kerak. O‘ylaymanki, Laporta va Deku kimlarni sotib olish kerakligini bilishadi. Yangi murabbiy bilan biz ko‘proq intizom, tartib va bosqichma-bosqich harakatlanadigan jamoani ko‘ramiz. Bizda Kubarsi, Pedri, Gavi, Yamal, Fermin, Balde kabi yuqori darajadagi yosh futbolchilar bor. Va Agar Niko Uilyams kelsa, nur ustiga a’lo nur bo‘ladi. Biz shoshilmasligimiz va ertagalik uchun chempionlikni maqsad qilib qo‘yishimiz kerak. Agar bir nechta xaridlar amalga oshirilsa, menimcha, «Barselona» raqobatbardosh bo‘lishi mumkin. 

- Xansi Flik sizga yoqadimi? 

- Rostini aytsam, bilmayman. Ko‘ramiz. U moslasha oladimi yoki yo‘q, bu uning kiyinish xonasini qanday boshqarishiga bog‘liq. Ishonchim komilki, intizomni qanday saqlashni biladi, u nemis, bundan tashqari ter Shtegen tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi, ya’ni Gyundogan singari unga ham katta yordam berishi mumkin. Qolaversa, yonida Tyago Alkantara bo‘ladi. Ushbu kichik omillar uzoq muddat Flik foydasiga o‘ynashi mumkin.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:00, 19.08.2024. O'qildi: 1534 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик