Bugun 25 may, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • 2:1
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • 1:0
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 4:2
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • 3:1
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • 1:2
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • 1:0
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • 5:1
      • Atletiko
  • «A» Seriya
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • 1:0
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • 1:0
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • 0:2
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • 1:4
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • 1:0
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • 1:2
      • Kalyari
      • 25.05.2026 00:45
      • Torino
      • 2:2
      • Yuventus
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • 0:3
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • 1:2
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • 2:0
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • 1:1
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • 1:2
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • 2:1
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • 1:0
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • 3:0
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Yunayted" umididan Yevropada qayta tug‘ilishgacha bo‘lgan yo‘l

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Meyson Grinvud - «MYU» tarbiyalagan eng navqiron iqtidorlardan biri.

U «qizil iblislar» safidagi o‘ta shiddatli faoliyati bilan qisqa vaqt ichida klub va ingliz futbolining kelajagi porloq vakili maqomiga erishdi. Quyidagi hikoyamiz Grinvudning Manchesterga yo‘l olishi, «Xetafe»ga ijaraga yuborilishi va «Marsel»ga o‘tishi haqida.

Akademiyadagi bolalik yillari

Meyson Uill Jon Grinvud 2001 yilning 1 oktyabrida G‘arbiy Yorkshirning Bredford shahrida dunyoga keldi. Juda kichik yoshidayoq hayron qolarli darajada futbolchilik qobiliyatini namoyish etgan bolakay 6 yoshida «MYU» akademiyasidan joy oldi. Grinvud o‘z tengqurlari orasida nafaqat jismoniy jihatlari, balki ikkala oyog‘ida to‘pni yaxshi olib yurishi bilan ajralib turardi.

Akademiyada Grinvud barcha yosh toifalarida yetakchi maqomida shug‘ullanib, 16 yoshida 18 yoshlilar jamoasida to‘p sura boshladi va o‘zining gollari bilan ko‘pchilik e’tiborini qozondi. Ayniqsa, markazda ham, qanotlarda ham sermahsul to‘p surishi kuchli taassurot qoldirdi.

Asosiy jamoadagi  debyuti

Meyson Grinvud o‘zining «MYU»dagi debyutini 2019 yilning 6 martida, YECHL doirasidagi «PSJ»ga qarshi bahsda nishonladi. Tarixiy uchrashuv maqomini olgan o‘sha o‘yinda «qizil iblislar» ajoyib kambek evaziga g‘olib chiqishdi (3:1) va chorak finalga yo‘l olishdi. Grinvud esa turnirda maydonga tushgan eng yosh futbolchi sifatida professional futbolga qadam qo‘ydi.

2018|19 yillar mavsumi ham hujumchining jumladan, APLdagi ishtiroki tufayli muxlislarda yorqin taassurot qoldirdi. Undagi qat’iyat va o‘smirga xos bo‘lmagan yetuklik chindan ham ajablanarli hol edi.

2019|20 yillar 

mavsumidagi shiddatli o‘sish

Asosiy tarkibdan mustahkam joy olgan futbolchi Ule Gunnar Sulsher rahbarligida 49 marta maydonga tushib, 17ta gol urdi. Ayniqsa, uning YELdagi tajribali o‘yinchilarga xos sovuqqonlik bilan harakatlanishi yorqin iz qoldirdi.

Grinvudning alohida jihatlari:

1. Ikkala oyoqlaridagi zarbalar. Grinvud o‘ng oyog‘ida ham, chap oyog‘ida ham aniq zarba yo‘llaydi. Bu esa raqib himoyachilarini gangitib qo‘yadi.

2. Tezlik va dribling. O‘zining texnik mahorati va to‘pni nazorat qilishi evaziga Meyson yakkama-yakka vaziyatda raqiblarini osonlikcha aldab o‘tadi.

3. Hujumlarni yakuniga yetkazish qobiliyati. Maydonning qaysi hududida bo‘lishidan qat’iy nazar, Grinvud kerakli paytda qayerga qanday yetib borishni doimo yaxshi biladi.

Ana shu ijobiy xislatlari tufayli Meyson «MYU»ning hujum chizig‘ida Markus Reshford, Antoni Marsyal va Brunu Fernandesh kabi taniqli futbolchilar yonidan joy oldi.

2020|21 yillar mavsumi

Keyingi mavsumda Grinvud rivojlanishni davom ettirdi. Startda ayrim kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan bo‘lsada, yakuniy bosqichda 12ta gol urdi va murakkab vaziyatlarda mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishini namoyish etdi.

Yevropa Ligasi

Meyson Grinvud faoliyatining eng yorqin o‘yinlarini YEL turnirida namoyish etdi. Garchi uning jamoasi finalda «Vilyar-real»dan yengilgan bo‘lsada, Meyson eng yaxshi to‘purarlar safida e’tirof etildi.

Muammolar va  faoliyatidagi uzilish

2022 yil avvalida hujumchi jiddiy qiyinchiliklarni boshdan kechirdi. Qonunbuzarlikka oid ayblovdan ke­yin uni jamoa tarkibida maydonga tushishini taqiqlab qo‘yishdi. O‘sha davr futbolchining o‘zi va jamoasi uchun juda og‘ir o‘tdi. Suddagi surishtiruv ishlari davom etishiga qaramasdan, muxlislar navqiron iqtidorni qo‘llab-quvvatladilar va tezroq jamoaga qaytishini kutdilar. Uzoq davom etgan surishtiruvdan keyin Grinvudga qarshi ayblov bekor qilindi. Lekin uning «MYU» safiga qaytishi jamoatchilik va ayrim matbuot manbalarining asossiz bosimlari tufayli juda qiyin kechdi.

«Xetafe»dagi ijara faoliyati

2023|24 yillar mavsumida «MYU» mutasaddilari Grinvudga sport formasini tiklab olish va Angliyadagi asossiz bosimdan forig‘ bo‘lish imkoniyatini berish maqsadida uni Ispaniyaning «Xetafe» klubiga ijaraga berishdi. Mazkur yechim o‘yinchining o‘zi va klubi uchun muhim ahamiyat kasb etdi.

Grinvud o‘ta qisqa vaqt ichida yangi jamoaga moslashib oldi. La Liganing taktika bobida APLdan farqli ekanligi Meysonning talab darajasida to‘p surishiga to‘sqinlik qila olmadi. Bir necha gol va assistlarni rasmiylashtirgan hujumchi oldingi chiziqning turli nuqtalarida samarali to‘p surib, jamoaning muhim o‘yinchilaridan biriga aylandi. «Surgun» Meysonga o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish va o‘ziga bo‘lgan ishonchni tiklash imkoniyatini berdi.

«Olimpik Marsel»  tarkibiga o‘tish

«Xetafe»dagi muvaffaqiyatli ijaradan keyin Grinvud kutilmagan, lekin mantiqan to‘g‘ri to‘xtamga keldi - Fransiyaning nomdor klublaridan biri bo‘lmish «Marsel» sari yo‘l oldi va Angliyadan tashqaridagi faoliyatida dastlabki qadamini qo‘ydi.

Yangi jamoada Meyson hujumkor chiziqning vakili sifatida Liga 1 va yevrokubok musobaqalarida o‘z salohiyatini namoyish eta boshladi. Undagi tezlik, yuksak mahorat va hujumni nihoyasiga yetkazish qobiliyati o‘z samarasini berdi. «Marsel» safidagi o‘yinlar ta’sirida u salbiy his-tuyg‘ulardan xalos bo‘ldi. Shuningdek, yana o‘zini qit’aning navqiron iqtidorlari safiga qaytgandek seza boshladi.

Jamoaga va kelajakka ta’siri

Meyson Grinvud - kasbdoshlaridan yaqqol ajralib turadigan noyob iqtidor va salohiyatga ega futbolchi. Uning «MYU», «Xetafe» va «Marsel»dagi o‘yinlari qiyinchiliklarni yenggan holda o‘sib borayotganidan dalolat beradi. Kelajakda u har qanday jamoada yetakchi maqomida maydonga tushib, jahon miqyosidagi yulduz ekanligini eslatib qo‘yishi mumkin.

«MYU» tarkibidagi faoliyatida hujumchi 130 marta maydonga tushib, 30dan ortiq gollar urgandi. Endi Meyson «Marsel»da shonli tarixni davom ettirmoqda. Uning yo‘li yorqin lahzalar va jiddiy sinovlarga to‘la. «Xetafe»dagi ijara va «Marsel»da Meyson yangi imkoniyatlarini namoyish etdi. Yaqin kelajakda Grinvudni qit’a futbolining eng yorqin yulduzlari safida ko‘rsak, ajabmas.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:23, 12.01.2025. O'qildi: 2774 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик