Bugun 15 noyabr, 2025 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 12 31
2 Barselona 12 28
3 Vilyarreal 12 26
4 Atletiko 12 25
5 Betis 12 20
6 Espanyol 12 18
7 Atletik Bilbao 12 17
8 Xetafe 12 17
9 Sevilya 12 16
10 Alaves 12 15
11 Elche 12 15
12 Rayo Valyekano 12 15
13 Selta 12 13
14 Real Sosyedad 12 13
15 Malyorka 12 12
16 Osasuna 12 11
17 Valensiya 12 10
18 Jirona 12 10
19 Levante 12 9
20 Real Ovyedo 12 8

O'tgan o'yinlar.

12-тур Elche 1-1 Real Sosyedad
12-тур Jirona 1-0 Alaves
12-тур Sevilya 1-0 Osasuna
12-тур Atletiko 3-1 Levante
12-тур Espanyol 0-2 Vilyarreal
12-тур Atletik Bilbao 1-0 Real Ovyedo
12-тур Rayo Valyekano 0-0 Real Madrid
12-тур Malyorka 1-0 Xetafe
12-тур Valensiya 1-1 Betis
12-тур Selta 2-4 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

22/11/25 Valensiya - Levante
22/11/25 Alaves - Selta
22/11/25 Barselona - Atletik Bilbao
22/11/25 Osasuna - Real Sosyedad
23/11/25 Vilyarreal - Malyorka
23/11/25 Real Ovyedo - Rayo Valyekano
23/11/25 Betis - Jirona
23/11/25 Xetafe - Atletiko
24/11/25 Elche - Real Madrid
25/11/25 Espanyol - Sevilya

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 10143 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 3136 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Abduqodir Husanovning agenti: “APLning yarmi talabgor edi. Transferni shaxsan Gvardiola xohladi. U ijaraga berilmaydi”

Baho:
+2 | -
O'ZBEK FUTBOLI / Legionerlarimiz / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Abduqodir Husanovning manfaatlarini ifoda etuvchi futbol agenti G‘ayrat Xasbiullin “Sport-Ekspress” uchun intervyu berdi. Mutaxassis intervyusida o‘z mijozi “Manchester Siti”ga o‘tishi qanday ro‘y bergani, boshqa takliflar va futbolchining imkoniyatlari haqida gapirdi.

— Abduqodirning “Siti”ga transferi reallashgani siz o‘zingiz qachon tushunib yetdingiz? Muzokaralar qanday kechdi?

— Biz noyabr oyi oxirida “Siti”ning futbolchimizga qiziqishi jiddiy ekanini bildik. Dekabr oyi boshida esa ingliz klubi ehtimoliy transfer bo‘yicha “Lans” bilan ham, biz bilan ham muloqot boshladi.

— Boshqa variantlar ham bor edimi?

— O‘sha vaqtda APLdagi jamoalarning yarmi Husanov bo‘yicha biz bilan aloqaga chiqdi. Qaysidir pallada men biz bilan aloqaga chiqqan 12 ta ingliz klubini sanagandim.

— “Siti”ning raqobatchisi qaysi edi?

— “Nyukasl”. Bu klub oxirigacha poygada qoldi. Bu juda yaxshi klub, qiziqarli loyiha. Ularning kelajagi katta. O‘ylaymanki, “Nyukasl” yaqin yillarda muntazam ravishda APLning kuchli oltiligida bo‘ladi. Ammo moliyaviy feyr-pley va boshqa omillar tufayli “Nyukasl” muayyan taklif bera olmadi. Ish cho‘zildi. Bu vaqtda esa “Siti” “Lans”ga ham, bizga ham bosim o‘tkazib, javobimizni so‘radi. Yakunda biz shu variantni tanladik. Kelishuvga erishildi.

— Husanov Xosep Gvardiolaning e’tiborini birinchi navbatda nimasi bilan tortdi?

— Menimcha, bu savolni menga emas, Pepning o‘ziga berish to‘g‘riroq bo‘lsa kerak. U men bilan bunday fikrlarini bo‘lishmaydi (kuladi). Ammo tushunishimcha, Abduqodir — yosh, jismonan baquvvat, yakkakurashlardan qochmaydigan futbolchi sifatida “Siti”ni o‘ziga qaratgan. U hech kimdan tap tortmaydi. Pepga shunday himoyachi kerak bo‘lgan. Husanov barcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra Yevropada 23 yoshgacha bo‘lgan himoyachilarning kuchli beshligiga kiradi. Men bundan ham ko‘prog‘ini aytaman. Biz bilan aloqaga chiqqan klublarning barchasida Abduqodir ro‘yxatning eng yuqorisida turgan. Ikkinchi, uchinchi emas, balki aynan birinchi!

— “Siti”da hammi?

— Ha, “Siti”da ham u short-list tepasida edi. “Nyukasl”dagilar esa shunday degandi: “Bizga faqat u kerak — boshqa hech kim”!

— SSKAdagi Abbos Fayzullayev yaqinda Husanov soatiga 35 kilometr tezlikda yugura olishini aytgandi. U raketami?

— Hatto 35 emas, soatiga 37 kilometr tezlik. Hozir qaysi o‘yinda bo‘lganini eslay olmayman, u Fransiya chempionatida yaponiyalik bir hujumchidan aynan shunday tezlikda yugurib o‘zib ketgandi. Yakkakurashlarda ham u kuchli, hech kimdan qolishmaydi. Uning birinchi liga (Fransiya oliy divizioni) birinchi davrasidagi statistikasini qarashingiz mumkin. Barchasi yaqqol tushunarli bo‘ladi.

— Husanovning karyerasi haddan tashqari tez ko‘tarilmadimi? Axir 2023 yilda ham u Belarus chempionatidagi “Energetik-BGU” safida to‘p surardi.

— Demak, uning atrofidagi odamlar va uning o‘zi karyerani rivojlantirish bo‘yicha barchasini to‘g‘ri bajargan. Demak, biz xato qilmaganmiz.

— Jiddiy raqobat tufayli “Siti” Abduqodirni ijaraga berib yuborishi mumkinligini ham o‘ylaysizmi?

— Ha, raqobatni hech kim inkor etmaydi. Ammo mening tushunishimcha, Pep jamoani qaytadan qurishga qaror qilgan. Va hozirda “Siti” eng yaxshi yosh markaziy himoyachilarni xarid qilmoqda. Abduqodir hech qachon asosiy tarkib uchun kurashdan cho‘chimagan, u doimo qiyin, og‘riqli kurashga kirishgan. Va men “Siti” uni keyin ijaraga berib yuborish uchun 50 millionga oldi deb o‘ylamayman. Gvardiola uni hozirning o‘zida tarkibda ko‘rishni istadi. Aks holda “Siti” uni sotib olib, klubida ijarada qoldirishi mumkin edi. Inglizlar uni qishdayoq olib ketdimi, demak, Gvardiola chindan ham unga umid qilmoqda.

— Shunchaki, masalan, taniqli agent Dmitriy Selyuk transfer summasi 40-50 million emas, maksimum — 20 million bo‘lgan deb hisoblamoqda.

— 40 million. Plyus 10 million bonuslar. O‘ylaymanki, bu shundoq ham barchaga ma’lum, buni hammayoqda e’lon qilishdi. Jami 50 bo‘ladi.

— Husanovni “Energetik- BGU”da shug‘ullantirgan Pavel Rodnenok o‘zbek futbolchisi “Siti”dagi barcha raqobatchilarini yamlamay yutishini aytdi. U ruhiy jihatdan naqadar kuchli?

— “Lans” murabbiyi Frenk Es 19 yoshli futbolchimizni ko‘rganida, u kattalardek o‘ynashini aytgandi. Husanov uchun chindan ham hech qanday chegaralar yo‘q, u yulduzlarga qarshi o‘ynashga tayyor. Bu futbolchi aynan himoyada o‘ynab rohatlanadi. “Lans”ning o‘yinlarini kuzatganmisiz, yo‘qmi, bilmayman, ammo muxlislar uning yakkakurashlaridan zavq olishardi. Odatda barcha goldan hayratga tushadi, u yerda esa tribunalar uning himoyadagi kurash olib borishini olqishlashardi! Uning himoyadagi har bir muvaffaqiyatli harakati gulduros qarsaklarga ulanardi.

— Rodnenok “Energetik-BGU”da Husanov kuniga to‘rt martadan mashg‘ulot o‘tkazganini aytdi.

— Anatoliy Ivanovich Yurevich Abduqodir uchun maxsus dastur ishlab chiqqandi. Darvoqe, bir necha futbolchilarimiz ushbu murabbiy qo‘lidan o‘tgan. Biz uning yuklamalari qanchalik og‘irligini bilamiz. Ammo, dosh berganlar yuqori darajada o‘ynab ketgan. Abduqodir Yurevichning qo‘liga 16 yoshida borgan va bu uni pirovardida hozirgidek juda baquvvat qilgan omillardan biri bo‘lgan. Uning otasi — O‘zbekiston milliy jamoasida o‘ynagan sobiq futbolchi. U o‘g‘liga futbol haqidagi tushunchalarni singdirgan. Otasi uning bosh tanqidchisi va maslahatgo‘yi.

— Shu bilan birga, ayrim ekspertlar “Siti”da Abduqodirda hujumni boshlashdagi birinchi pas bilan muammolar bo‘lishini taxmin qilmoqda.

— Lekin biz agar dunyodagi eng yaxshisi bo‘lmasa, eng yaxshilardan biri bo‘lgan murabbiyga bordik! Gvardiola Abduqodirga ko‘p narsani o‘rgatishi, uning kamchiliklarini tuzatishi va uni yanada kuchliroq qilishi mumkin. Ya’ni biz oddiy variantga emas, uning o‘ynashi kafolatlangan o‘rtamiyona klubga emas, balki jiddiy maqsadlar qo‘yiladigan va u albatta o‘sishda, rivojlanishda davom etadigan joyga bordik. Shuning uchun yakunda “Manchester Siti”ni tanladik. Umid qilamizki, Pep Abduqodirni bir necha yil ichida Yevropaning eng yaxshi himoyachisiga aylantiradi.

— Gvardiola birinchi muloqotida Husanovga nimalar dedi?

— Men o‘sha yerda edim. Pep Abduqodirga shunday dedi: “Men sen imkon qadar tezroq ingliz tilini o‘rganishingni istayman, biz ko‘proq gaplasha olishimiz uchun”.

— Uning inglizchasi uncha yaxshi emasmi?

— Abduqodir Fransiyada o‘ynayotgandi. Hozir u faollik bilan inglizchani o‘rganmoqda. Pep unga yana shunday dedi: “Har kuni kamida bir soat shug‘ullan, iltimos”! Husanov, umuman olganda mashg‘ulot jarayonidagi barcha gapni tushunadi, ammo Gvardiola uchun nyuanslar, detallar juda muhim. Shuning uchun ular yaqinroq muloqot qilishlari kerak. Shunday ekan, Abduqodir o‘z inglizchasini yaxshilashi kerak.

— Abduqodir Belarusda o‘ynaganida, sizlarda Rossiyaning top klublaridan takliflar bo‘lganmi?

— Mening sherigim Ulug‘bek Asanbayev bor. Biz bu futbolchini birgalikda olib yuribmiz. Unga RPLdan chiqqan bo‘lishlari mumkin. Men esa e’tiborimni faqat Yevropa yo‘nalishiga qaratgandim. Shuning uchun bu savolga javob berishim qiyin. Qolaversa, men amalga oshmagan ishni muhokama qilishni yoqtirmayman. Faqat Turkiyadan ham qiziqish bo‘lganini aytishim mumkin. Ammo biz yakunda “Manchester Siti”ga keldik, bu esa amalda bosqichma-bosqich to‘g‘ri harakatlanganimizni anglatadi.

— Hozirda “SSKA” sport direktorligidan ketgan Andrey Movsesyan “armiyachilar” o‘z vaqtida Husanov bilan shartnoma tuzishi mumkin bo‘lgani, ammo uni “Lans” olib ketganini aytdi.

— Bizda prioritetda doimo Yevropa chempionati bo‘lgan. U Belarusda o‘ynayotganida, biz sherigim bilan bu mavzuni ko‘p gaplashardik. U mendan Yevropa yo‘nalishida ishlashimni so‘ragan. Biz aynan shu maqsadni ko‘zlagandik va unga qarab bordik.

— Nega o‘zbekistonlik himoyachi “Manchester Siti” darajasigacha o‘sa oldi, rossiyaliklar esa — yo‘q?

— Rossiyalik futbolchilarni muhokama qilish huquqim yo‘q, bor e’tiborim o‘zimizning yigitlarga qaratilgan.

— Husanov — fenomenmi?

— Bu to‘g‘ri tarbiyalangan, futbol ta’limini ko‘rgan, to‘g‘ri muhitda bo‘lgan juda iste’dodli futbolchi. Men shunday tushuntirgan bo‘lardim.

Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” klubi o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov bilan 4,5 yilga mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Abduqodir o‘ziga 45-raqamni tanlagan.

Shu tariqa Abduqodir Husanov Angliya Premyer Ligasida o‘ynaydigan birinchi o‘zbek futbolchisiga aylanadi. Angliyaning yuqori divizionida futbolchilari o‘ynagan davlatlar soni esa 119 taga yetadi.

Ma’lumot uchun, “Lans” Husanovni 2023 yil iyul oyida “Energetik-BGU”dan 100 ming yevroga sotib olgandi. Husanov Fransiya klubi safida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, bir marta golli uzatma amalga oshirdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:08, 23.01.2025. O'qildi: 3085 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 13
2 Барселона Robert Levandovski 7
3 Атлетико Xulian Alvares 7
4 Леванте Karl Etta-Eyong 6
5 Мальорка Vedat Muriki 6
6 Барселона Ferran Torres 5
7 Бетис Kucho Ernandes 5
8 Сельта Borxa Iglesias 5
9 Реал Мадрид Vinisius Junior 5
10 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.