Madridning "Real" klubi chap qanot himoyachisi Alvaro Karreras "qaymoqranglilar" safidagi ilk o‘yindan keyin Kilian Mbappe haqidagi savolga javob qaytardi.
Seshanba kuni Xabi Alonso jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Avstriyaning "Tirol" klubini tor-mor etdi (4:0). Karreras o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 63-daqiqagacha o‘ynadi. Final hushtagi chalingandan so‘ng jurnalistlar yangi futbolchidan Mbappe haqida so‘rashdi, u ikkita gol va golli pas muallifi bo‘ldi.
"Men doim Kilian kabi jamoadoshlarim bilan o‘ynash juda yoqimli ekanini, futbol osonlashayotganini aytganman. Ammo "Real"ning barcha futbolchilari bilan o‘zimni qulay his qilyapman - Vinisius va Xyoysen bilan ham, ular bilan qanotda va himoyada birga o‘ynayman. Men juda mamnunman," - dedi Karreras intervyuda.
19 avgust kuni "Real" o‘z maydonida La Liga 1-turidan o‘rin olgan "Osasuna"ga qarshi bahs olib boradi.