Madridning «Real» klubi darvozaboni Tibo Kurtua «Espanyol»ning La Liga uchrashuvidagi hakamlikdan noroziligiga munosabat bildirdi.
Shanba kuni bo‘lib o‘tgan bahs «qaymoqranglilar»ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Mehmonlarga uch ochko keltirgan golni Karlos Espi 90-daqiqada kiritdi.
Uchrashuvdan keyin «Espanyol» matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqda hakam madridlik futbolchilarga kartochka ko‘rsatishni istamagani haqidagi shikoyatini e’lon qildi. Mazkur post katta muhokamalarga sabab bo‘ldi.
«Avval o‘zingizga qarang, keyin boshqalar haqida gapiring. Vaziyatning faqat bir tomonini ko‘rib turib, unga baho berish oson.
Kalatrava Vinisiusga zarba bergani yoki sariq kartochkasi bo‘la turib, Karrerasga nisbatan qoida buzgani uchun maydondan chetlatilishi kerak edi.
Jamoalarning faqat bizga qarshi uchrashuvlardan keyin emas, boshqa raqiblarga qarshi bahslardan so‘ng ham hakamlikdan shikoyat qilishini ko‘rishni istardim», — deya Kurtuaning so‘zlarini jurnalist Fabrisio Romano keltirdi.
«Espanyol»ning yagona golini aynan Aleks Kalatrava 30-daqiqada kiritgandi.