«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso Angliya Premyer-ligasida «Brayton»ga qarshi yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan jarohatlangan futbolchilarning holati haqida ma’lumot berdi.
Londonliklar mavsum boshidagi ketma-ket uchinchi g‘alabasini qo‘lga kiritishni maqsad qilgan. Mashg‘ulot paytidagi muammo sabab dastlabki o‘yinlarni o‘tkazib yuborgan Moyses Kaysedo esa safga qaytishga yaqin.
Alonsoning aytishicha, ekvadorlik yarim himoyachi juma kuni mashg‘ulotlarga qaytishi kutilmoqda va sobiq jamoasi «Brayton»ga qarshi bahsda ishtirok etishi mumkin. Biroq bu borada hali yakuniy qaror qabul qilinmagan.
«U juma kuni mashg‘ulot o‘tkazishiga umid qilyapmiz va «Brayton»ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi mumkinligiga ham ishonch bor. Ammo uning holatini tekshirishimiz kerak. Hozircha hech qanday yakuniy qaror qabul qilinmadi», — dedi Alonso.
«Luton Taun»ga qarshi Liga kubogi uchrashuvida dam berilgan Levi Kolvill va Jeovani Kenda bo‘yicha ham ijobiy xabarlar bor.
Har ikki futbolchi juma kuni mashg‘ulotlarga qaytishi va «Brayton»ga qarshi maydonga tushishi mumkin. Alonso ularga sertig‘iz taqvim sabab ehtiyotkorlik bilan yuklama berilayotganini ta’kidladi.
«Hech qanday muammo yo‘q. Rejaga ko‘ra, ular juma kuni mashg‘ulotlarga qaytib, yakshanba kungi o‘yinga tayyorgarlik ko‘radi.
Levi o‘tgan mavsumdagi jarohatidan keyin hali ham bosqichma-bosqich tiklanish jarayonida. Biz uni ortiqcha zo‘riqtirishni istamaymiz. Tanasiga ortiqcha yuk tushmasligi va u o‘zini qulay hamda yaxshi his qilishiga ishonch hosil qilmoqchimiz. Jeovani bilan ham xuddi shunday yo‘l tutyapmiz», — dedi murabbiy.
Jordan Henderson esa maydonga qaytish uchun yana biroz kutishi mumkin. Alonso «Chelsi» hali ham yarim himoyachining Jahon chempionati vaqtida olgan jarohatidan keyin maydonga qaytishiga ruxsat berilishini kutayotganini ma’lum qildi.