Bugun 30 sentyabr, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 143 62 49 254
2 Yaponiya 45 71 67 183
3 Janubiy Koreya 24 27 44 95
4 O‘zbekiston 14 17 13 44
5 Tailand 12 9 12 33
6 Bahrayn 11 5 4 20
7 Eron 10 16 11 37
8 Qozog‘iston 9 14 25 48
9 KXDR 7 5 6 18
10 Hindiston 6 21 25 52

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 22 51
2 Paxtakor 22 49
3 Navbahor 22 44
4 OKMK 22 35
5 Lokomotiv 22 35
6 Buxoro 22 34
7 Nasaf 22 34
8 Andijon 22 30
9 Dinamo 22 30
10 Qizilqum 22 29
11 So‘g‘diyona 22 28
12 Surxon 22 26
13 Bunyodkor 22 22
14 Xorazm 22 21
15 Qo‘qon-1912 22 20
16 Mash’al 22 4

O'tgan o'yinlar.

22-тур Navbahor 3-2 Dinamo
22-тур Mash’al 1-2 Paxtakor
22-тур Bunyodkor 2-1 Buxoro
22-тур Andijon 1-4 Nasaf
22-тур Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
22-тур So‘g‘diyona 1-2 OKMK
22-тур Lokomotiv 0-1 Neftchi
22-тур Xorazm 1-3 Qizilqum

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1931 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2186 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 30.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 30.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 30.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 30.09.2026

      06:00 Мотокросс. Швеция. MX2. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      07:00 Мотокросс. Швеция. MXGP. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      08:00 Олимпийские игры. Зал славы: Пекин-2008.
      09:00 Снукер. Третий раунд.
      11:00 LIVE Снукер. Третий раунд. Прямая трансляция.
      14:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на скорость. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      14:45 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      15:30 Снукер. Третий раунд.
      16:30 LIVE Снукер. Третий раунд. Прямая трансляция.
      19:30 Конный спорт. Конкур. Вена. Global Champions Tour.
      21:30 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на скорость. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      22:30 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      23:00 Снукер. Третий раунд.
      01:00 Трейлраннинг.
      01:30 Мотокросс. Швеция. MX2. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      02:15 Мотокросс. Швеция. MXGP. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      03:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Чунцин.
      03:45 Скалолазание. Микст. Финал. Мировая серия. Чунцин.
      04:30 Снукер. Третий раунд.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Luka Modrich: «Afsus, faoliyatimning yakuni yaqinlashmoqda...»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Mashhurlar / Iqtiboslar
Rukn: Intervyular
A A A

JCH-2026 ham tabiiy ravishda ba’zi futbolchilarni siyladi, kimlarnidir ranjitdi, albatta. Jumladan, yakuniga yetgan mundial maydonda asosan aqlga tayanib harakatlanishi va yetakchilik fazilatlari bilan millionlab muxlislar qalbidan joy olgan Luka Modrich uchun kutilgan darajada yaxshi chiqmadi. Zero, 2018 yilgi futbol forumida finalga yetib borgan, Qatar-2022da esa bronza medalini qo‘lga kiritgan Xorvatiya milliy jamoasi bu safar 1/16 finalda Portugaliya termasi to‘sig‘idan o‘tolmadi. La Gazzetta dello Sport nashri ijodkorlari esa «Milan» ixtiyoriga qaytib, amaldagi shartnomasi muddatini uzaytirgan va yangi mavsumga katta ishtiyoq bilan tayyorgarlik ko‘ra boshlagan tajribali yarim himoyachini suhbatga tortib, undan aynan JCH taassurotlari va kelajak rejalari haqida so‘rashdi.

— Luka, JCH-2026dagi biroz muvaffaqiyatsiz ishtirokdan so‘ng o‘zingizni qanday his qilyapsiz?

— Ochig‘ini aytish kerak, jahon chempionatida yuqori natija qayd etish borasida hech qanday kafolat bo‘lmaydi. Jamoamiz oldiga qo‘yilgan bajarilishi shart vazifa esa guruhdan chiqish edi. Xayriyatki, turnirda «pley-off»ga o‘tish missiyasini uddaladik. Aks holda, mundialdagi ishtirokimiz katta omadsizlik sifatida baholanardi. Umuman olganda, jamoamiz o‘yin bobida chakki ko‘rinmadi, ammo «pley-off»da biroz ruhiyat va ijrochilik mahorati yetishmagani pand berdi. Yana nima derdim, milliy jamoamiz barchasidan to‘g‘ri xulosa chiqarib, o‘sishda davom etishi kerak. Futboldagi ichki imkoniyatlarimizni yaxshi bilamiz va o‘z kuchimizga to‘liq ishonamiz. Agar maydonda bor kuchimizni sarflash va oxirigacha kurashishga odatlansak, natijalar yana keladi, albatta.

— To‘g‘risi, ayrim mutaxassislar Xorvatiya termasining bu gal mundialda muvaffaqiyatli ishtirok etishiga oldindan uncha ishonishmagandi...

— Ehtimol... Lekin o‘zimiz hech qachon imkoniyatimiz va salohiyatimizga shubha bilan qaramaganmiz. Qolaversa, bos­qichdan-bosqichga yaxshiroq o‘ynay boshlashimizni oldingi musobaqalarda to‘liq isbotlaganmiz. Ishonchim komil, yakunlangan mundialda ham raqiblar biz bilan to‘qnash kelishdan biroz hayiqishdi. Qolaversa, tan olish kerak, ilk «pley-off» chig‘irig‘idagi raqibimiz Portugaliya termasi tom ma’noda musobaqa favoritlari qatorida edi.

— Xorvatiya milliy jamoasi JCH davomida kuchli bosim ostida o‘ynagandek taassurot uyg‘otdi. Bu o‘zinglarga ham sezildimi?

— Ha, albatta. Chunonchi, 2018 va 2022 yilgi JCHda muvaffaqiyatli ishtirok etganimiz ta’sirida muxlislar bizdan yana yuqori natija kutishgandi. Umuman, istalgan raqibni mag‘lub eta olishimizga ishonib, barchani g‘alabali yurishlarga o‘rgatib qo‘yganimiz ham rost. Ammo reallikda har doim ham yuqori kutilmalarni oqlash imkonsizdir. Ortiqcha bosim esa futbolchida ichki havotirni keltirib chiqaradi va bu o‘yin­ga bevosita salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘z o‘rnida alohida qayd etishim kerak, Xorvatiya milliy jamoasining so‘nggi yillar xalqaro maydonda qayd etgan natijalari yuksak e’tirofga munosib. Axir jamoamiz ketma-ket 3ta yirik turnirda yuqori darajada raqobatbardosh ekanligini amalda isbotladi. Oddiy ayt­ganda, milliy jamoamiz bu davrda jahon futbolining eng kuchli termalari qatorida gavdalandi.

— Xorvatiya termasining JCH-2026 doirasidagi o‘yin­larida ikki muammo ko‘zga tashlandi: standart vaziyatlardan gol qo‘yib yuborish va suv ichish uchun belgilangan qisqa tanaffusdan keyin yuqori sur’atni qaytarolmaslik...

— Qisqa tanaffusdan ke­yin o‘yin ritmiga qaytishda qiynalganimiz rost va bu masalada haqsiz. O‘ylaymanki, mutaxassislar barchasini obdon tahlil qilib chiqishadi. Standart vaziyatlarga kelsak, hech bir jamoa raqibning jarima zarbalarida gol qo‘yib yubormaslikdan sug‘urtalanmagan. Jumladan, bizniki ham. Umuman, futbolda vaziyatlar har doim ham siz o‘ylagandek rivojlanmaydi. Demoqchimanki, ushbu elementni ortiqcha bo‘rttirish no­o‘rin. Boz ustiga, mundialda o‘zimiz ham standart vaziyatdan gol urdik. Inobatga olish kerakki, bunday holatda himoyalanayotgan jamoa ozgina omadga ham ehtiyoj sezadi.

— Endi klub futboliga qaytamiz: yaqinda «Milan» bilan kelishuvingiz muddatini yana bir yilga uzaytirdingiz. Kelajak rejalaringiz haqida nima deya olasiz?

— Yoshim o‘tib borayotgani, futboldagi vaqtim yakunlanayotganini yaxshi anglab turibman. Tan olishdan boshqa choram yo‘q: futbolchilik fao­liyatim tobora o‘zining ufqiga yaqinlashmoqda. Shunday ekan, endi har bir mashg‘ulot, o‘yin va lahzadan maksimal darajada zavq olishim kerak. Xullas, ixtiyorimda qolgan vaqtdan imkoni boricha to‘g‘ri foydalanishni istayman. Yana bir yildan keyin nima bo‘lishini esa o‘shanda bilib olamiz...

Manba: acmilanfan.ru, XURSHIDBEK tayyorladi

Manba: Интерфутбол
Kiritildi: 23:52, 07.09.2026. O'qildi: 1128 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

№ Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 14
2 Нефтчи Stipe Perisa 12
3 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 11
4 Насаф Bobur Abduxoliqov 9
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 Бухоро Sherzod Esanov 9
7 Навбаҳор Husayn Norchayev 8
8 Пахтакор Chinedu Stefan 8
9 Пахтакор Doston Hamdamov 8
10 Нефтчи Alisher Odilov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик