«Inter» himoyachisi Yann Bissek A Seriyaning 5-turida «Roma» bilan 2:2 hisobida durang o‘ynaganidan so‘ng jamoasining o‘yinini tahlil qildi.
Milanliklar birinchi taymdan so‘ng 0:2 hisobida ortda borayotgan edi, ammo ikkinchi taymda Lautaro Martinesning dublyosi evaziga ikki marta gol urib, hisobni tenglashtirdi.
«Inter»ning hatto qiyin vaziyatlarda ham hisobni tenglashtira olishi haqida:
«Biz hech qachon yo‘qolib qolmaymiz, o‘yin borishini har doim o‘zgartira olishimiz mumkinligini bilamiz. Eng muhimi — rivojlanish. Dastlabki o‘yinlarda har doim ham munosib darajada harakat qilmadik, o‘sishimiz va yanada yaxshiroq bo‘lishimiz kerak. Ba’zan futbol biroz g‘alati bo‘ladi».
«Inter»ning o‘yinlarni ko‘pincha omadsiz boshlashi haqida:
«Yaxshi savol, ammo hozir bu savolga javobim yo‘q, chunki charchaganman. Endi terma jamoaga e’tibor qaratishim kerak».
Tanaffusda Kristian Kivuning ko‘rsatmalari haqida:
«Kivu tanaffusda bizga ko‘p gapirishi shart emas, nima qilishimiz kerakligini o‘zimiz ham bilamiz».
«Roma» va turnir jadvalidagi yetakchilik uchun ehtimoliy kurash haqida:
«“Roma” “Inter”ning raqibimi? Bu haqda hali gapirishga erta. Atigi beshta tur o‘tdi, mavsum hali juda uzoq. Ular juda yaxshi o‘ynashmoqda, biz ham yaxshi o‘ynayapmiz. Biz o‘z o‘yinimizga e’tibor qaratishda davom etamiz, keyin barchasi qanday kechishini ko‘ramiz», — dedi Bissek Sportmediaset nashriga bergan intervyusida.