«Barselona» himoyachisi Erik Garsiya bu yilgi «Oltin to‘p»ni Lamin Yamal qo‘lga kiritishi kerak, deb hisoblaydi.
«Menimcha, sovrin Laminga yoki ispaniyalik futbolchilardan biriga berilishi kerak. Ammo baribir men Laminni tanlardim», — dedi Garsiya.
U Yamal bilan bir qanotda o‘ynash haqida ham fikr bildirdi.
«U bilan o‘ynash oson. Laminning maydondagi harakatlarini tomosha qilish esa alohida zavq», — dedi himoyachi.
Garsiya Yamal himoyaga yetarlicha yordam bermaydi, degan fikrlarga ham qo‘shilmadi.
«Bu mavsum u o‘zini to‘liq bag‘ishlayapti va bizga juda katta yordam bermoqda. Chempionatdagi yaxshi startiimiz tasodif emas.
Hujumchilarimiz himoyada ham juda faol. Ayniqsa, biz qo‘llamoqchi bo‘lgan pressingda ularning roli juda katta. Buni maydonda yaqqol ko‘rish mumkin», — dedi Garsiya.
Shuningdek, u Rafinya va Pedrining «Oltin to‘p» uchun eng yaxshi 30 futbolchi ro‘yxatiga kirmagani haqida gapirdi.
«Rafinya yo‘q, Pedri ham yo‘q. Bu haqda nima deyish mumkin? Ammo futbolning go‘zalligi shundaki, bunday holatlar allaqachon kuchli motivasiyaga ega futbolchiga yana qo‘shimcha turtki berishi mumkin.
Rafinya mavsumni qanday boshlaganini ko‘rsak, ortiqcha gapning hojati yo‘q. Biz unga hech narsa demayapmiz. Faqat hozirgidek o‘ynashda davom etishini xohlaymiz», — dedi Erik Garsiya.