Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • 4:2
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • 1:3
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • 1:0
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • 1:0
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • 1:2
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • 0:2
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • 0:3
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • 2:0
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • 1:1
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • -:-
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Betis - Elche

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xayrulla Hamidov maqolasi: Muxlislik va xolislik

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Stadion.uz va gazeta / Maqolalar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Sharhlovchilar qiroli Nikolay Ozerov “Nam ne nujen takoy xokkey!” degan ibora ishlatgan, ko‘pchilik biladi. Bu iboraning haddan tashqari mashhur bo‘lib ketishiga nima sabab bo‘lgan, deb o‘ylaysiz?

Bu so‘zlar sharhlovchi tomonidan 1972 yilgi Kanada va SSSR terma jamoalari o‘rtasidagi №7 seriyasi oxirgi o‘yinida ishlatilgan. Vatandoshlari yengilib turganida yo ularning o‘yinlari chiqmayotgan paytda emas, balki kanadaliklarning goli orqadagi hakamlar tomonidan hisobga olinmagan, buning natijasida mehmonlar delegasiyasi hakamlar brigadasiga tashlangan paytda aytilgan bu so‘zlar. Sobiq ittifoqdek biqiq va senzurasi vahimali mamlakatda bu so‘zlarni aytish juda xatarli edi. Shunday bo‘lsa-da, Ozerov kanadaliklarning haqligini e’tirof etish uchun ham shu so‘zlarni aytishga jur’at eta olgan.

Hozirgi rus sharhlovchilari ham “Nam ne nujen takoy futbol” degan iborani ko‘p ishlatadilar. Ammo o‘rnida emas. Jamoalari yengilib turgan paytda, natija ular muxlislik qilayotgan jamoani qoniqtirmayotgan paytda aytadilar. Mashhur iborani ushbu holatda ishlatish uni suiste’mol qilish bilan teng, deb hisoblayman. Ibora mohiyatini izdan chiqarish deyiladi bu. Sharhlovchilarning yondoshuvi xolislik emas, balki muxlislik darajasiga tushib qoladi bu o‘rinda.

Aslida, muxlislik va xolislik degan so‘zlarning o‘zagi bir – “xalos bo‘lish”, ya’ni “har qanday ta’sirdan xalos bo‘lgan holda munosabat bildirish”dan olingan. Lekin o‘zbekchadagi muxlislik boshqa ma’noga ko‘chgan. Xolislikning ayni teskarisiga aylangan.

Xolislik, bu hech qanday g‘araz aralashmagan holda bildirilgan fikr bo‘lsa, muxlislarning ko‘p munosabatlari yon bosishdan boshqa narsa emas. To‘g‘ri, inson bus-butkul xolis bo‘la olmaydi. Bu darajaga chiqish imkonsiz. Biroq, sal yaqinlashsa bo‘ladi.

Oddiy misol keltiraman. Deylik, men “Manchester Yunayted” jamoasining “Vest Hem” bilan kechgan o‘yinidagi bir holatiga e’tiroz bildirib fikr bildirsam, bu masalada qisman xolis bo‘la olaman. Nega?

Chunki men Angliyaning biror bir jamoasiga muxlislik qilmayman, kimning chempion bo‘lishi menga qiziq emas, bu vaziyat boshqa jamoa bilan kechsa ham shunday munosabatda bo‘la olaman, eng muhimi, g‘irt offsayddan urilgan va hisobga olingan golda hakamni tanqid qilish ayb emasligini bilaman. Oldingi ishimni davom ettirgan bo‘laman hisobi.

Endi boshqa vaziyat. Men muxlislik qiladigan “Real” xuddi shunday vaziyatdan gol urdi. Mening darajam u qadar yuqori bo‘lmagani uchun, hech qursa golni himoya qilmasligim kerakligini bilaman. Kimdir tanqid qilsa, bu tanqid rostligini qalbim tasdiqlab turgani holida, unga ters yurishim o‘ta xunuk ish bo‘lishini anglab yetganman.

Aslida, men bu paytda boshqalarga qo‘shilishib “Real”ning golida hakamning xatosi borligini aytishim kerak edi. Endi, uzr, bu ishni eplay olmadimmi, demak, darajam, holatim shu ekan. Hech qursa, shu mavqedan tushib ketmaslik uchun ham chidashim kerak. Mazkur chegarani buzishim bilan men ham quyilagan bo‘laman.

Turli xil tortishuvlarni yuzaga keltiruvchi “dalillar” haqida ham bir og‘iz gap. Bu dalillar shu qadar hiylakorki, ular orqali xilof taraf g‘olib bo‘lishni istaydi. Hamma ko‘rib turgan nohaq holatni himoya qilishning g‘irrom yo‘llari:

A) Oldingi o‘yinlardagi holatlar eslatiladi, “o‘sha vaziyatlar bilan “raschyotmiz”, deyiladi.

B) “Falon jamoa (asosan raqobatchi jamoa) bilan falon kuni mana bunaqa voqea bo‘ldi-ku, nega indamaysizlar?”, deyiladi.

V) Gapirgan odam muxlislik qiladigan klubning xatolari tilga olinadi va hokazo.

Xullas, “Sochingga axlat yopishibdi”, deyilsa, axlatni olib tashlash o‘rniga: “o‘zingga bir qara, ko‘zing nega g‘ilay?”, degan javobni berayotgan odamga o‘xshash holat.

Ha, inson har qanday holatda ham noto‘g‘ri narsani himoya qilmasligi bilan ardoqlanadi. Hech bo‘lmasa, muxlislik va xolislik o‘rtasidagi bir mavqega chiqib olishi darkorki, hech kim uni bu ishda ayblay olmasin.

Aslida, xolislik degan so‘zni bu maqolada ishlatishim u qadar to‘g‘ri emasdi – mavzu arzimaydi. Lekin tushuntirish uchun majbur bo‘ldim. Uzr.

Xayrulla HAMIDOV.

Manba: maydon.uz
Kiritildi: 20:00, 04.01.2017. O'qildi: 16101 marta. Fikrlar: 29 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик