Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • 4:2
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • 1:3
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • 1:0
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • 1:0
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • 1:2
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • 0:2
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • 0:3
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • 2:0
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • 1:1
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • -:-
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Betis - Elche

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Aragones + Domenek = Babayan

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Stadion.uz va gazeta / Maqolalar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

yoxud futboldagi irimlar haqida ikki og‘iz...

Ayolimning bir g‘alati odati bor. Uydan chiqayotganimda ust-boshimni katta sinchkovlik bilan nazoratdan o‘tkazmasa, ko‘ngli joyiga tushmaydi. Agar egnimga qandaydir ip-pib ilashib qolganini ko‘rsa bormi, jon talvasasida yulib otadi. Nima deydi deng, agar o‘shanday holatda ko‘chaga chiqib ketsam, boshi ochiq jononlarning ishvasi beixtiyor meni o‘ziga jalb etarmish. Aksiga olib, kiyimdagi daydi ip “boshliq”ning o‘tkir nigohidan chetda qolib ketgan kuni, bironta go‘zal kaminaga qayrilib ham qaramaydi. Shundanmi, irim-jirimni jinim suymaydi...

Ayollar-ku, o‘z nomi bilan — ayol, qiyshiq qovurg‘adan yaralgan. Oldi-qochdi gaplarga ishonuvchan bo‘ladi. Keyingi yillarda diydasi qattiq erkaklar, deylik futbol murabbiylarining ham shaytoniy vasvasalarga mukkasidan ketayotganiga nima deysiz!? (Soqoliga oq oralagan kap-katta erkak oldidan qora chuvalchang o‘tib ketsa ham, yetti qadam orqaga yurib tursa g‘alati-da).

Masalan, go‘ring nurga to‘lgur Luis Aragones, “sap-sariq” irimchi bo‘lgan. Ya’ni, murabbiy o‘lmasidan burun, sariq rangdan o‘lgudek qo‘rqqan, uni xavf-xatar belgisi deb ishongan ekan.

Aytishlaricha, Raulning terma jamoadan sazoyi bo‘lishiga ham, qaysidir o‘yinoldi mashg‘ulotiga sariq futbolkada kelgani sabab bo‘lgan emish. Boyaqish, ustozining “sariqafobiya”ga chalinganini sezmaganda. Ammo, Aragones bilan bog‘liq eng “dahshatli” voqea keyinroq, Germaniyada sodir bo‘lgan. O‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazish uchun Dortmundga qo‘ngan ispan delegasiyasini mahalliy malaklar bejirim gullar bilan kutib olishgan. Tabiiyki, chechaklarning rangi sariq edi. Shundan bo‘lsa kerak, nemis parivashlari Aragonesdan iltifot o‘rniga, o‘ng qo‘lining o‘rta barmog‘ini ko‘rishgan...

Fransiyada ham yana bitta oqsoch irimkash bo‘lardi, topdingiz — Domenek! Bu odam “Darakchi”ning oxiridan bitta oldingi sahifasini ko‘p o‘qiganmi, ishqilib, “Munajjimlar bashorati”ga haqiqiy ma’noda kasal edi. Umuman, munajjim-murabbiy Fransiya terma jamoasidagi butun faoliyatini osmondagi yulduzlar joylashuvini chuqur o‘rganish va ulardan kelayotgan “ilohiy” signallarni futbol maydoniga tatbiq qilish bilan o‘tkazdi.  

Domenek — uchrashuvlarga taktik tayyorgarlik ko‘rish hamda futbolchilar bilan ishlashning maxsus ilmiy dasturlariga, yumshoq qilib aytganda, tupurib qo‘ygandi. Ya’ni, u, tarkibni, qo‘l ostidagi shogirdlarining jismoniy imkoniyatlari emas, balki... burjiga qarab tanlardi. Masalan, murabbiy o‘z jamoasiga ko‘proq Sher — Asad yulduzi ostida tug‘ilganlarni jalb etsa, aksincha “adashib” Chayon burjida dunyoga kelib qolganlarni, iloji boricha o‘zidan uzoq tutardi.

Irimning kasriga futbol muxlislari 2006 yilgi jahon chempionatida Rober Pires, Lyudovik Jyuli, David Trezege kabi o‘sha paytda o‘zining eng yuqori formasida bo‘lgan futbol sehrgarlari o‘yinlaridan bahra olisholmadi. Ularning o‘rniga, maydonda — oyog‘idan bir ish kelmaydigan Anelka va Gomis lo‘killab yurdi. Ming qilsayam, “sherbachcha” edilar-da...

Binobarin, irimchi-murabbiylardan so‘z ochilgan ekan, yuqoridagi ikki mutaxassisning “noyob” xislatlarini o‘zida jam qilgan o‘zimizning odam — Babayan to‘g‘risida eslamasak, “yam-yashil” adolatsizlik qilgan bo‘lamiz.

Aragones sariqdan xavfsirash dardiga yo‘liqqan bo‘lsa, Semvel Vyacheslavovichning oq rangga toqati yo‘q. Temuriylarning moviy tug‘iga irim qiladimi, nima balo, uydami, safardami, “oq terakmi – ko‘k terak” o‘yinlaridami, ahamiyati yo‘q, hamma ko‘kka “burkanishi” kerak, tamom-vassalom. Shu ketishda terma jamoamizning taxallusi “Oq bo‘rilar”dan  — “Ko‘k sherlar” (terma jamoamiz asosini “Paxtakor”chilar tashkil etganidan keyin “Bo‘rilar”ga balo bormi?) ga o‘zgarib ketadiyov...

Ziyrak o‘quvchi oxirgi jumladan darrov payqadi-ki, irim borasida Babayanning qarashlari baribir fransuz munajjimining o‘lchovlariga yaqin. Ya’ni, agar Domenek arslon burjida tug‘ilganlarga o‘zgacha mehr ko‘rsatgan bo‘lsa, terma jamoamiz ustozi “sherlar” “qavmi”ni qattiq qadrlaydi. “Yot qabila” o‘yinchilarining mahorati, texnik va taktik imkoniyatlari esa — ikkinchi masala! “Mashhur” LSA — “Lobanov-Sergeev-Andreev” uchligi o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgan deysizmi?

Ha, aytgancha, Babayanning boshqalarga o‘xshamaydigan irim-jirimlari ham yo‘q emas. Masalan, chimning “peshonasidan” o‘pib qo‘yish. Uning bu “qilig‘i”ni birinchi marta ko‘rganimda, e’tiqodi kuchli ekan, degan fikr kelgandi. Qayda, haliyam shu xom kallani ko‘tarib yurgan ekanman...

Endi gap bunday. Irimkashlik bilan hali hech kimning biri – ikki bo‘lgani yo‘q. To‘g‘ri, Aragones Ispaniyani Yevropa chempioni qildi. Ammo bunda irim-jirimning aloqasi yo‘q ekanligini — “Korridos”ni keyingi ikkita katta turnirda g‘oliblikka boshlab borgan Del Boske isbotlab qo‘ydi. Undan keyin, mana oradan qariyb o‘n yil o‘tayaptiki, Loran Blan to‘zg‘ib ketgan “yulduzlar” joyini topolmay halak. Babayanning omad keltiruvchi ko‘k rangi ham — Eron va Koreyaga kelganda “qizarib” qoldi...

...Necha yoshligim esimda yo‘q, bir kuni qo‘shni bolalar bilan uyimiz oldidagi machitga chiqdik. Kimdir qo‘lini orqasiga tirab o‘tirgan edi, unga tanbeh berdim: “Bunday o‘tirma, yomon bo‘ladi”. “Nima qiladi?”. “Onasi olamdan o‘tadi”. Bahsga imom aralashdi. “Tahoratingiz bormi?”. Jo‘r ovozda: “Bor”. “Unda qanday xohlasangiz shunday o‘tiring, boshqasi bekor!”. Xullas, gap irimda emas, taktika va tahoratda...

O‘tkir Qalamtebratar

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:52, 17.01.2017. O'qildi: 15360 marta. Fikrlar: 28 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик