Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida ayollar terma jamoalari o‘rtasida “Uch millat kubogi” xalqaro o‘rtoqlik turniri o‘z yakuniga yetib bormoqda.
Kecha, 18 avgust kuni Qozog‘iston va Qirg‘iziston termalari o‘zaro bahs olib borib, 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Bugun, 19 avgust kuni esa O‘zbekiston ayollar termasi Qozog‘iston bilan kuch sinashib, 6:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Mazkur g‘alabadan keyin O‘zbekiston ayollar termasi muddatidan avval musobaqa g‘olibiga aylandi. Dastlabki turda Qozog‘istonga qarshi maydonga tushgan O‘zbekiston ayollar termasi 7:0 hisobida zafar quchgandi. Ikkinchi turda esa mezbon Qirg‘iziston 3:1 hisobida taslim qilingan edi.
Ertaga, 20 avgust kuni so‘nggi o‘yin bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston va Qirg‘iziston ayollar terma jamoalari o‘zaro kuch sinashadi.
|
№
|
Jamoa
|
O‘
|
G‘
|
D
|
M
|
O
|
TN
|
|
1
|
O‘zbekiston
|
3
|
3
|
0
|
0
|
9
|
+15
|
|
2
|
Qirg‘iziston
|
3
|
1
|
1
|
1
|
4
|
+1
|
|
3
|
Qozog‘iston
|
4
|
0
|
1
|
3
|
1
|
-16
|