Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • 4:2
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • 1:3
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • 1:0
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • 1:0
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • 1:2
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • 0:2
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • 0:3
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • 2:0
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • 1:1
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • -:-
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Betis - Elche

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xayrulla Hamidov maqolasi: Taqdir ipi

Baho:
+1 | -
O'ZBEK FUTBOLI / Stadion.uz va gazeta / Maqolalar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

O‘tgan haftaning oxirgi kunida braziliyalik Kaka futbol bilan xayrlashdi. Endi maydonda “Oltin to‘p”ni olgan yerlik futbolchi qolmadi, deb yozdi nashrlar. Messi va Ronaldu o‘zlaridan oldingi oxirgi qirolni kuzatib qo‘yish uchun xayrlashuvga bora olishmadi. Chunki bu kecha ikkisining ko‘zi faqat bir-birini ko‘radigan paytga to‘g‘ri kelib qoldi. Yana. Nechanchi marta takrorlanayotganini bilmadimu, lekin yana…

Men taqdirni voqealar orqali tushunaman. Kelajakdagi ishlarni bilmaganimiz uchun ham o‘tib bo‘lgan hodisalar orqali tushunsak kerak noiloj. Ronaldu va Messi borasidagi ishlarga e’tibor qaratsangiz, taqdirning nozik iplari bir-biriga tegib ketayotganini ko‘rasiz. Antiqa ishlarda to‘qnash kelaveradi bu ikkisi.

Yaqin o‘tmishni eslayman. Krishtianu Ronalduni biz, siz, hammamiz 2003 yildan taniganmiz. APLda porlagan yilida. Biroq, bu porlash o‘ta jiddiy emasdi. Chunki u davrlarda yerlik yulduzlar ko‘p edi. Zidan bor edi, Ronaldo bor edi, Portugaliyaning o‘zida ham Figu atalmish kuchli yigit o‘ynab yurar edi. Filmlarda bo‘lgani kabi o‘zga sayyoralik yigit o‘zgalar olamida birovga sirini aytmay yuraverdi o‘sha paytlari.

2006 yilgi mundial ko‘pgina megayulduzlarning faoliyatini yakunlab berdi. Zidan musobaqani kalla qo‘yib tark etgan bo‘lsa, bu turnir Ronaldo, Ronaldinyo, Bekhem, Figu, Oeun, Raul, Del Pyero, Totti va shu saviyadagi ko‘plab superyigitlar uchun oxirgisiga aylandi. Qisqa qilib aytganda, taxtni bo‘shatib ketishdi. Krishti ana shundan so‘ng o‘zgardi. To‘g‘ri, 2007 yili “Milan”ga YECHL olib bergan Kaka “Oltin to‘p”ni o‘ziniki qilib olgan, dersiz, biroq, qizil iblislar tarkibidagi yigitning fintlariyu gollari baribir o‘zgacharoq edi.

“Oltin to‘p”ni taqdirlash marosimiga birinchi marta yo‘l olgan Ronaldu bir Kakaning qo‘lidagi matohga qarardi, bir bu tomonida turgan kichkina shahzodaga… “Oltin to‘p”ni ushlab turgan yulduzdan ko‘ra, kichkina jussali o‘rtoq unga tanishroq edi, yo‘q, qiziqroq tuyulaverdi.

U tanidi. Yillab qidirib yurgan sayyoradoshini tanib oldi.

… Keyingi o‘n yil davomida Ronaldu va Messi doimiy ravishda yonma-yon turishga o‘sha palladayoq kelishib olishdi go‘yo. Faqat bunisidan farqli holda – boyagi ordona qurg‘ur matohni boshqa odamga bermaslik sharti bilan…

2007 yilning eng yaxshi futbolchilari uchligi oxirgi marta uchta mamlakat chempionatidan aniqlandi. Kaka A seriya, Ronaldu APL va Messi la-liga vakili sifatida kelgan edilar.

Keyingi yildayoq Kakani o‘yindan chiqarib yuborishdi ular. Ronaldu faoliyatida ilk bora dunyoning eng yaxshisiga aylandi. Messi uning oldida edi. Oldida ediyu, yil davomida bir-birlaridan uzoq yashaganlaridanmi, negadir o‘sha marosimda bir masala yuzasidan “kelishib” olishmasa bo‘lmasdi. “BITTA CHEMPIONATDA O‘YNAMAYMIZMI?” deyishdi bir-biriga unsiz nigoh tashlar ekan.

Messining tabiatidan kelib chiqadigan bo‘lsak, u bir joyda ko‘karadigan daraxt sirasiga kiradi. Ronaldu esa, bir marta chempionat almashtirgan. Portugaliyalik yulduzga bu ish og‘ir emas. Mayli, yoningga men boraqolaman, dedi u. Borishiga boshqa sabab ham bor edi. Messi APLga kelgani bilan bu ikkovlon o‘rtasida, boshqa yulduz o‘rtalariga aralasha olmaydigan olovli bahslar guvohi bo‘lmasligimiz mumkin edi. Ronalduning “Real”ga tashrifi esa, asr to‘qnashuviga sabab bo‘lardi. Chunki Ispaniyada Madrid va Kataloniya o‘rtasidagi dahshatli raqobat bor ediki, bu raqobat ikki yulduzga ham o‘rtaga birovni aralashtirmay kurashish imkonini berardi. Duel uchun bundan zo‘r chempionat yo‘q edi.

O‘sha to‘qnashuv shu paytga dovur qanday ko‘rinish olgani haqida hamma biladi, gapirib o‘tirmayman. Boshqa jihatga to‘xtalmoqchiman. Bu ikki erkatoyning o‘zaro uchrashmaydigan bitta turniri bor, u ham bo‘lsa qit’a chempionatlari. Ronaldu Yevropada, Messi Konmebolda ishtirok etadi chunki. Lekin bir yil oldin bu nuqtada ham taqdiriy to‘qnash sodir bo‘ldi. Janubiy Amerika kubogi bahslari Yevropa chempionati o‘tadigan yilga o‘tkazildi, juft yillarga. Atay bir paytda o‘tkaziladigan bo‘ldi. Messi finalga chiqib penaltilar seriyasida xato qildi, Ronaldu ertasiga taqdir hukmi bilan shu nuqtaga yaqinlashdi.

Bu ham mayli, Rossiya-2018 yo‘llarida ham ular bir amallab to‘qnashib olishmoqda. Krishtianuning Portugaliyasi saralashni mag‘lubiyat bilan boshlagan, o‘yinda Ronaldu qatnashmagan. O‘sha jamoani oxirgi turda yengibgina Yevropa chempionlari JCH yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga majbur bo‘lib qoldilar. Argentina ham saralashni Messisiz boshladi, Ekvadorni qabul qilib xuddi shu hisobda – 0:2ga yutqazib qo‘ydi. Oxirgi turda o‘sha Ekvadorni yengibgina mundial eshiklarini ochishi mumkin edi. Va bu ikki o‘yin o‘rtasidagi farq bor-yo‘g‘i 4 soatni tashkil etadi. Okean nariyog‘ida bo‘lib ham bir-birini o‘ylab o‘ynaydigan boshqa yana kimni topa olasiz, azizlar?!

Ha, ushbu so‘zlarni chorshanbaning tongida yozib tugatdim. Ikki dahoning uchrashadigan nuqtasi bu safar — Rossiya!

Ularni bu galcha ko‘rmaymiz, deb o‘ylovmidingiz, adashdingiz?!

Xayrulla HAMIDOV, «Erudit Sport» gazetasi.

Manba: erudit-sport.uz
Kiritildi: 13:58, 16.10.2017. O'qildi: 15842 marta. Fikrlar: 7 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик