Bugun 21 aprel, 2026 yil, seshanba.

  • «A» Seriya
      • 20.04.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Fiorentina
  • APL
      • 21.04.2026 00:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
      • 23.04.2026 00:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Lids
      • 23.04.2026 00:00
      • Byornli
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 21.04.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Osasuna
      • 21.04.2026 22:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Valensiya
      • 22.04.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Alaves
      • 22.04.2026 00:30
      • Jirona
      • -:-
      • Betis
      • 22.04.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Atletiko
      • 22.04.2026 23:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Xetafe
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 33 70
2 Manchester Siti 32 67
3 Man. Yunayted 33 58
4 Aston Villa 33 58
5 Liverpul 33 55
6 Chelsi 33 48
7 Brentford 33 48
8 Bornmut 33 48
9 Brayton 33 47
10 Everton 33 47
11 Sanderlend 33 46
12 Fulhem 33 45
13 Kristal Pelas 31 42
14 Nyukasl 33 42
15 Lids 33 39
16 Nottingem Forest 33 36
17 Vest Xem 32 32
18 Tottenhem 33 31
19 Byornli 33 20
20 Vulverhempton 33 17

O'tgan o'yinlar.

31-тур Vulverhempton 2-2 Arsenal
31-тур Bornmut 2-2 Man. Yunayted
31-тур Brayton 2-1 Liverpul
31-тур Fulhem 3-1 Byornli
31-тур Everton 3-0 Chelsi
31-тур Lids 0-0 Brentford
31-тур Nyukasl 1-2 Sanderlend
31-тур Aston Villa 2-0 Vest Xem
31-тур Tottenhem 0-3 Nottingem Forest

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Hikmat Hoshimov: «Ba’zi murabbiylar iqtidorlani «o‘ldirishyapti»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Murabbiylar / Faoliyat
Rukn: Intervyular
A A A

Futbol taraqqiyoti yo‘lida olib borilayotgan islohotlar ko‘lamini kengaytirish va ularning amalga oshirilishini tezlashtirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarining futbol bilan shug‘ullanishiga keng imkoniyat yaratish maqsadida poytaxtimizdagi «Chig‘atoy» sport bazasida joylashgan Respublika futbol bo‘yicha sport mahoratini oshirish Oliy maktabi qoshida «Yosh futbolchilar» guruhlari faoliyat yuritmoqda.

Unda mamlakatimizning turli viloyatlaridan kelgan 2000-2010 yillarda tavallud topgan 150 nafarga yaqin bolalardan iborat jami 9ta guruh faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, tajribali mutaxassislar, o‘z vaqtida futbolchi sifatida yorqin iz qoldirgan Zayniddin Tojiyev, Eldor Magdeev, Hikmat Hoshimov boshchiligidagi yosh murabbiylar millionlar o‘yini sir-asrorlarini o‘rgatishyapti.

Biz futbol maktabida bo‘lib, o‘zining «Metallurg»dagi o‘yinlari bilan tanilgan, o‘z vaqtida milliy termada to‘p surish baxtiga muyassar bo‘lgan Hikmat Hoshimovdan intervyu oldik.

- Yosh futbolchilar futbol sir-asrorlarini o‘rganish jarayonida nazariy mashg‘ulotlar bilan birga 2ta tabiiy va bitta sun’iy qoplamali maydonda amaliy mashqlar ham o‘tkazishyapti, - deya so‘z boshladi suhbatdoshimiz. - Mashg‘ulotlar haftasiga uch-to‘rt marta bo‘lib, har haftaning oxirgi kunida guruhlar o‘rtasida nazorat uchrashuvlari tashkil etyapmiz.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bu guruhlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzand­lari futbol bilan bepul shug‘ullanishmoqda. Katta guruhimizdagi futbolchilar Toshkent shahar chempionatida qatnashishmoqda.

- Futbolchilik faoliyatingiz yakunlanganidan so‘ng boshqa sohada o‘zingizni sinab ko‘rish haqida o‘ylamadingizmi?

- Bunga hojat yo‘q edi. Chunki futbol o‘ynab yurgan kezlarimdayoq murabbiy bo‘lishni niyat qilib qo‘ygandim. O‘zimni boshqa sohada umuman ko‘ra olmayman. Shu sababli ham «Metallurg»dagi 10 yildan oshiqroq, professional futboldagi 20 yillik faoliyatim yakunlanishi hamono murabbiylik kursida tahsil oldim.

O‘z navbatida, bolalar bilan ishlay boshladim. Yaqinda «Chig‘atoy» sport bazasida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan tashkil etilgan futbol maktabiga taklif qilishdi. Bu yerda Zayniddin Tojiyev, Eldor Magdeev, Sarvar Mustafoyev kabi yosh murabbiylar safida ishlayapman.

- Bolalar bilan ishlash qiyin ekanmi?

- Oson ishning o‘zi yo‘q. Murakkab tomoni shundaki, bolalarning xarakteri har xil. Murabbiylikdan tashqari pedagog va psixolog ham bo‘lishingiz keoak. Kimgadir yumshoqroq gapirish, ayrimlarga esa qattiqqo‘l bo‘lish lozim.

Ba’zi bolalar bitta gapingizning o‘zidan nima demoqchi bo‘layotganingizni tushunib olishadi. Shu holatlarini hisobga olmasa, bolalar bilan ishlash juda qiziq. Ayni payt menga professional jamoalardan ko‘ra bolalar futbolida ishlash ma’qul kelyapti.

- Murabbiylarga qanchalik qiyin ekanligini o‘zingiz shu yo‘nalishda ishlagach tushunib yetyapsizmi?

- Futbol o‘ynab yurgan kezlarimdayoq murabbiylarga oson emasligini bilardim. «Metallurg»dagi faoliyatimning so‘nggi yillari maydonda shunday vazifani bajarardim. Ya’ni bosh murabbiyning ko‘rsatmalarini futbolchilarga yetkazib turganman. Xullas, o‘sha paytdanoq o‘zimni murabbiylikka tayyorlab borganman.

- Hozirgi bolalarga havas ko‘zi bilan qarayotgan bo‘lsangiz kerak?

- Albatta. Nafaqat futbol, balki istalgan sport turi bilan shug‘ullanish uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan. Faqat istak va ishtiyoq bo‘lsa kifoya. Bizning paytda hozirgidek chiroyli butsalar bo‘lmagan. Normativlarni loy va botqoqda topshirganmiz.

Oyog‘imizga sellofan bog‘lab olardik. Shu jihatdan ham hozirgi yoshlarga havas bilan qarayman va har bir mashg‘ulotimda sharoitlarning qadriga yetib, o‘z ustilarida astoydil ishlashlari kerakligini uqtiraman.

- Farzandlaringiz ham futbolni tanlashdimi?

- Ha. «Olmaning tagiga olma tushadi», deganlaridek, futbolga mehr qo‘yishdi. Ularni bu borada qo‘llab-quvvatladim. Shu futbol maktabiga kelishyapti. Yaxshi murabbiylar qo‘l ostida shug‘ullanishmoqda.

- Bolalar bilan ishlayotgan murabbiylarning hammasini malakali deyish mumkinmi?

- Yo‘q, albatta. Shaxsan o‘zim noto‘g‘ri o‘rgatgan murabbiyni ko‘rganman. Hattoki, unga qilayotgan ishi to‘g‘ri emasligini aytib, dakki ham berganman. Afsuski, bunday murabbiylar bor oramizda. Ular boladagi bor iste’dodni ham «o‘ldirishadi».

Shu sababli ota-onalar farzandlarini futbolga yoki istalgan boshqa sport turiga berayotganda murabbiy tanlovida adashib qolmasliklari kerak. Shuningdek, futbol maktabi rahbarlari ham murabbiylarga jiddiy talab qo‘yishlari lozim.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:55, 08.05.2018. O'qildi: 5279 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 23
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 12
6 Брайтон Denni Uelbek 12
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
8 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
9 Астон Вилла Olli Uotkins 11
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик