Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zbekistonlik shifokorlar MDHda tengsiz

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A
Toshkentda “Doctors community cup – Tashkent-2019” xalqaro turniri yakunlandi.   Xabar berganimizdek, poytaxtimizda 25-30 mart kunlari futbol bo‘yicha shifokorlar o‘rtasida “Doctors community cup – Tashkent-2019” xalqaro turniri o‘tkazildi.   “Bunyodkor” futbol akademiyasiga qarashli maydon qariyb bir hafta davomida shifokor-futbolchilar bilan gavjum bo‘ldi. Ilk bor tashkil etilgan musobaqada MDHga a’zo davlatlar, ya’ni Rossiya, Belarus, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston hamda O‘zbekistondan ikkita jamoa g‘oliblik uchun bahs olib borishdi. Bugun qizg‘in, murosasiz, shu bilan birga do‘stona ruhda o‘tgan musobaqalar o‘z yakuniga yetdi.   Dastlab 3-o‘rin uchun bahs o‘tkazildi. Unda Qozog‘iston hamda Belarus terma jamoalari kuch sinashdi. Mazkur jamoalar guruh bosqichida ham to‘qnash kelishgan va o‘shanda tomonlar murosa ko‘chasini tanlashgan edi. Buni qarangki, bu safar ham ular o‘rtasidagi bahsda kuchlar teng keldi, 2:2. Ammo, bu safar o‘yinda durang qayd etilishi mumkin emasdi. Shu bois g‘olibni aniqlash uchun penaltilar seriyasiga murojaat qilindi. Omad lotoreyasida esa qo‘shni qozoq shifokorlarining qo‘li baland keldi.   Nihoyat barcha orziqib kutgan final o‘yinida musobaqa mezboni O‘zbekiston-1 hamda Tojikiston terma jamoalari to‘qnash keldi. Shuni ta’kidlash kerak, mazkur o‘yinni FIFA referisi, millatimiz faxri bo‘lmish Ravshan Ertamov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi. O‘yin ham finalga xos shiddatkor ruhda kechdi va eng muhimi, tomonlar ochiq futbol namoyish etdi.   Musobaqadagi ilk o‘yinida hamyurtlarimiz qirg‘izistonlik hamkasblariga qarshi ancha qiynalishgan edi, garchi yirik hisobda g‘alaba qozongan bo‘lsa-da. O‘shanda jamoa murabbiyi Vohid Xolboyev shogirdlari o‘yindan o‘yinga ochilib borishi va keyingi o‘yinlar u qadar murakkab kechmasligini ta’kidlagandi. Amalda shunday bo‘ldi. Yarim finalda Belarus terma jamoasini osonlik bilan mag‘lub etgan vakillarimiz finalda ham aytarli qiyinchilikka duch kelmadi. Sarvar Tolipov, Nodir Bahodirov, Farhod Umarov va Anvar Anvarovlarning to‘rt goliga Tojikiston terma jamoasi a’zolari bironta ham javob qaytara olishmadi. Shunday qilib O‘zbekiston-1 jamoasi “Doctors community cup – Tashkent-2019” xalqaro turnirida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.   Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlardan tashqari barcha ishtirokchi jamoalar ham tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari, diplom, medal va kubok bilan taqdirlandi. Shuningdek, nominasiyalar bo‘yicha ham eng yaxshilar aniqlandi.   Eng yaxshi darvozabon – Aleksandr Diskoves (Belarus)   Eng yaxshi himoyachi – Akbar Asqarov (O‘zbekiston-2)   Eng yaxshi yarim himoyachi – Mikola Pakovskiy (Ukraina)   Eng yaxshi hujumchi – Azmiddin Saloiddinov (O‘zbekiston-1)   Eng faxriy futbolchi – Maksim Vinogradov (Rossiya)   “Halol o‘yin” sovrini – Almazbek Duyshenov (Qirg‘iziston)   Shu tariqa hayajonlarga boy tarzda o‘tgan musobaqa yakuniga yetdi. Ta’kidlash joiz, ushbu xalqaro turnirni Jahon tibbiyot xodimlari o‘rtasida olimpiada o‘yinlari – “Medigames” xalqaro tashkilotining bosh menejeri Giyom Gassend (Fransiya) ham kuzatib bordi. Faxriy mehmonda “Doctors community cup – Tashkent-2019” xalqaro turnirining tashkilotchiligi iliq taassurot qoldirdi. Bu esa yaqin kelajakda O‘zbekistonda bundan ham nufuzli musobaqalarni o‘tkazishga zamin hozirlashiga shubha yo‘q.   ALM_6663-2208x1472.JPG   ALM_7026-2208x1472.JPG   ALM_7067-2208x1472.JPG   ALM_7166-2208x1472.JPG   ALM_7505-2208x1472.JPG
Manba: UZA
Kiritildi: 10:43, 31.03.2019. O'qildi: 1485 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик