Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Real Madrid» inqirozi yaqinmi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Ispaniya La-ligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

“Qirollik klubi yozda o‘z tarkibiga bir nechta futbolchilarni qo‘shib oldi va ba’zi o‘yinchilar bilan xayrlashdi. Eden Azarni inobatga olmasa, jamoa deyarli birorta tuzukroq haridni amalga oshirishni uddalay olmadi. Bugun «qirollik klubi»ning so‘nggi paytlarda amalga oshirgan qo‘pol xatolari haqida so‘z yuritamiz.

Rivojlanish yo‘q

O‘tgan mavsumdagi omadsizliklardan so‘ng, jamoa transfer oynasi ochilishi bilan jamoani boshidan shakillantirishi kutilgan bo‘lsada, bu amalga oshmadi. Eng achinarlisi shundaki, klub 2014-yildan beri deyarli bir hil tarkibda to‘p surib kelmoqda. Jamoada yosh va iqtidorli futbolchilarga o‘zini ko‘rsatish imkoni berilmayapti va hozirgi klub futbolchilari tarkibdagi joyini yo‘qotib qo‘yishdan zarracha cho‘chimay qo‘ydi. Umuman olganda, rotasiya ishlari juda sust olib borilmoqda. Yangi mavsumda ham huddi shu xolat kuzatilsa, ajab emas.

Katta harajatlar

Jamoa transfer oynasida 305 million yevro sarflagan bo‘lsada, tarkibga qo‘shib olingan futbolchilarning aksariyati kelajakni ko‘zlab sotib olingan futbolchilar sirasiga kiradi. Ular hozirning o‘zida naf berishini kutmasa ham bo‘ladi. Boz ustida jamoadagi asosiy tarkib mana 5 yildan beri o‘zgarmay kelmoqda. Eden Azardan boshqa barcha harid qilingan futbolchilar zahiradan o‘rin olishi aniq bo‘lib bormoqda. Agarda Azar ortiqcha vazn muammosidan qutulib ketmasa, uni ham asosiy tarkibda ko‘rmasligimiz mumkin. Ochig‘I omadsiz transfer kompaniyasi o‘tgazkan «Real Madrid»dan yangi mavsumda nimadur kutish noo‘rindek tuyulmoqda!

O‘rtamiyona futbolchilardan voz kechish

Florentina Perez klub tarbiyalanuvchilariga har doim ham ishonavermasligidan xabaringiz bor. «Real Madrid» ushbu transfer oynasi davomida Regilion, Sanabria, Ermoso, Edogor singari iqtidorli futbolchilardan voz kechishga qaror qildi. Ularning transferidan jamoa atigi 30 milliongina ishlagani juda achinarli. Aynan shu yigitlar g‘alabaga chanqoqligi bilan qolganlardan ajralib turgan bo‘lsada, klub ularni chetga surib tashladi. Agarda ushbu yigitlar jamoaning ikkinchi tarkibida qoldirilganida, jarohatlar yoki rotasiya paytida ulardan unumli foydalanish imkoni bo‘lar edi.

Zidanning talabi qondirilmadi

Zizu yoz davomida Pol Pogbani qo‘lga kiritishni istagan bo‘lsada, klub uning iltimosini rad etdi. Bir qarashda Zidanning talabani tushunsa bo‘ladi. Hozirda Madrid jamoasida Pogba singari himoya va hujumni bog‘lab turuvchi va hujumning ritmiga javob beradigan futbolchi yo‘q. Kroos va Modrichning davri ortda qolganiga ancha bo‘lgan bo‘lsada, Perez yana ularga suyanishga qaror qildi.

Keraksiz o‘yinchilar olib qolindi

Garet Beyl, Hames Rodrigez, Mariano Diaz singari fubtolchilar Zidan bilan murosa qila olmagani bois, murabbiy ularni asosiy tarkibga yaqinlashtirmaslikka urunayotganidan xabaringiz bor. Ayniqsa, Hames borasida murabbiy o‘z pozisiyasini o‘zgartirishni istamayapti. Perez esa, murabbiy ko‘rishni ham istamaydigan futbolchilarni sotib yuborish imkoni bo‘lsada, jamoada olib qolishga qaror qildi. Boz ustiga ularning maoshlari ham juda katta ekanligni hisobga olsak, bu qarorni qanday oqlash mumkin? Bu ochiqchasiga Zidanga «Real Madrid»da kim birinchi plandagi inson ekanligni ko‘rsatib qo‘yish uchun qilingan ishmi?!

Jamoa tarkibida balans yo‘q

Ayni damda, Real Madridda atigi 4 ta markaziy yarim himoyachi qoldi. Modrich, Kroos, Kazimiro va Valverdedan boshqa hech kim markazda o‘ynashga moslashmagan. Eng achinarlisi shundaki, aynan markazda o‘ynay oladigan Sebalos va Markos Lorentelar ijaraga berib yuborildi. Endilikda Nomi yuqorida zikr qilingan 4 ta futbolchi mavsum oxiriga qadar to‘liq maydonda bo‘lishga majbur. «Real Madrid» esa, 305 million yevro sarflagan bo‘lsada, yarim himoychi harid qilmadi va oqibatda jamoada bir vaqtning o‘zida 9 ta hujumkor yarim himoyachilar yig‘ilib qoldi. Markaz esa, tobora oqsab bormoqda.

Kazmirodan boshqa futbolchi qolmadi

Jamoaning o‘yinida bosh rolni ijro etuvchi Kazmironi amashtirishi mumkin bo‘lgan futbolchi hozir tarkibda yo‘q. Ha ha u kamida qishgacha jarohatsiz o‘ynashga majbur. Aks xolda, Zidan uning pozisiyasiga Toni Kroosni qo‘yishga majbur bo‘ladi. Mavsum oldi musobaqalarda germaniyalik futbolchining bu pozisiyada naqadar bo‘sh o‘ynashini guvohi bo‘lganimiz bois, Kazimiro umuman jarohat olmaslikka va dam olmaslikka mahkum bo‘ladi. Bu esa, uningga o‘z ta’sirini o‘tkazmay olmaydi.

Markaziy himoyada muammolar

«Qirollik klubi» himoyachilarining nomi qanchalar mashxur bo‘lmasin, ular so‘nggi 2 yil davomida juda past sifatli o‘yin ko‘rsatmoqda. Mana bir necha yillardan beri Karvahal, Varan, Ramos, Marsello kvartetidan foydalanayotgan «Real»ning himoyasi tobora kuchsizlanib bormoqda. Varan barcha sovrinlarni qo‘lga kiritdi va unda hech qanday motivasiya qolmadi. Ramos esa, borgan sari o‘z tezligini yo‘qotib bormoqda.

Eng achinarlisi shundaki, himoyachilarga yordam berish uchun harid qilingan Eder Militaoga Zidan birorta rasmiy uchrashuvda maydonga tushish imkoniyatini bermadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, yangi mavsumda ham aynan shu himoyachilar bosh rolda bo‘lishadi. Mavsum oldidan kamida 2 sifatli himoyachi harid qilinganida, jamoada sog‘lom raqobat hosil bo‘lar, bu esa, himoyachilarning o‘z ustida ishlashga undagan bo‘lar edi. Afsuski, «qaymoqranglilar» yana shu futbolchilarga ishondi va endi kamida qishga qadar boshqacha yo‘l tuta olmaydi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:39, 06.09.2019. O'qildi: 15724 marta. Fikrlar: 9 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик