Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • 4:2
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • 1:3
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • 1:0
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 1:1
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • 1:0
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • 1:2
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • 0:2
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • 0:3
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • 2:0
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • 1:1
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • -:-
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 37 81
3 Vilyarreal 37 70
4 Atletiko 37 67
5 Betis 36 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 49
8 Real Sosyedad 37 48
9 Rayo Valyekano 37 45
10 Atletik Bilbao 37 45
11 Sevilya 37 44
12 Osasuna 37 43
13 Espanyol 37 43
14 Valensiya 37 43
15 Alaves 37 41
16 Jirona 37 41
17 Elche 37 40
18 Malyorka 37 40
19 Levante 37 40
20 Real Ovyedo 37 30

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Agar shu ketishda davom etsa men ham shaxmat federasiyamni o‘zgartiraman». O‘zbekiston tarixidagi eng yosh grossmeyster Javohir Sindorov tushunarsiz taqiqlar va federasiyaning e’tiborsizligi haqida

Baho:
+ | -
SPORT / Sport turlari / shaxmat
Rukn: Intervyular
A A A

Javohir Sindorov — bu ism-sharifni juda ko‘pchilik eshitgan bo‘lishi mumkin. Javohir 12 yosh 10 oy 8 kunlik vaqtida uchinchi grossmeysterlik talabini bajarib, 2018 yilda dunyo shaxmati tarixida ikkinchi eng yosh xalqaro grossmeysterga aylangandi.

Javohir Sindorov «Daryo» muxbiri bilan suhbatda mamlakat shaxmat federasiyasining e’tiborsizligi, faoliyatini erta yakunlagan shaxmatchilar va federasiyani almashtirish masalasi haqida so‘z yuritdi.

"Besh yoshimdan buyon shaxmat bilan shug‘ullanaman. Uch nafar ukamdan ikkisi ham shaxmat bilan shug‘ullangan. Oilamda professional shaxmatchilar bo‘lmagan, bu sport turiga meni bobom olib kirgan, otam esa meni har doim qo‘llab-quvvatlagan.

2018 yilda shaxmat tarixidagi eng yosh ikkinchi grossmeysterga aylanganman. Albatta, bu natijaga erishish yo‘lida mashaqqatli mehnat qilganman, juda qiyin bo‘lgan. Unvonni qo‘lga kiritganimdan keyin meni O‘zbekistonda juda yaxshi kutib olishgan. Kech bo‘lishiga qaramay barcha yaqinlarim, ustozlarim, televideniye xodimlari va muxlislar aeroportga chiqqan. O‘sha vaqtda menga Prezident tomonidan uch xonali uy kaliti topshirilgan.

Chet el musobaqalariga o‘zining yonidan xarajat qilishi va federasiyaning e’tiborsizligi haqida

Professional shaxmatchi yiliga kamida 9 yoki 10 ta xalqaro musobaqada ishtirok etishi kerak bo‘ladi. Buning bir yoki ikkitasi O‘zbekistonda bo‘lishi mumkin, qolgan barcha musobaqalar chet elda bo‘lib o‘tadi. Grossmeysterlik unvonini qo‘lga kiritish uchun yiliga 9-10 ta chet el musobaqalarida qatnashishga to‘g‘ri kelgan. Bunga ketadigan xarajatning barchasi oilam tomonidan qoplangan. O‘zbekiston shaxmat federasiyasi tomonidan menga hech qanday moddiy yordam berilmagan.

Rekordni yangilaganimdan keyin ham shaxmat federasiyasi tomonidan hech qanday e’tibor bo‘lmadi. Ular faqatgina federasiya rasmiy saytida meni tabriklash bilan cheklandi.

Tushunarsiz sabablarga ko‘ra Prezident sovg‘asi — avtomobildan quruq qolgani haqida

Grossmeysterlik unvonini qo‘lga kiritganimda bir oy o‘tar-o‘tmas olti kishidan iborat O‘zbekiston shaxmat terma jamoasi bilan 16 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi butunjahon shaxmat Olimpiadaga bordik. U yerda kuchli raqiblardan ustun kelgan holda, O‘zbekiston tarixida birinchi marta Olimpiada chempionligini qo‘lga kiritdik. Bizni Toshkentda tantanali ravishda kutib olishdi. Keyinroq qatnashchilarga Prezident sovg‘asi — avtomobillar topshirildi. Lekin men va jamoadoshim Sitora Saparova hatto taqdirlash marosimiga chaqirilmadik ham, qolgan qatnashchilarning barchasiga avtomobil sovg‘a qilindi. Federasiya nima uchun biz ikkimiz marosimga chaqirilmaganimizni izohsiz qoldirdi.

Taqiqlar, taqiqlar...

2019 yilda Yoshlar Ittifoqi ko‘magida Sindorov Javohir Kubogi musobaqasini tashkil qildik. Unda qo‘shni mamlakatlardan ham yosh shaxmatchilar kelib ishtirok etdi. Lekin negadir, ayrim tengdoshlarim bu musobaqada qatnasha olmadi. Keyinchalik surishtirsak, shaxmat federasiyasi tomonidan og‘zaki taqiq qo‘yilgan ekan.

Federasiyani almashtirish borasida

Albatta, chet el federasiyalaridan qator takliflar kelgan. Biroq men O‘zbekiston o‘g‘loni sifatida o‘z yurtimni himoya qilgim keladi. Agar shaxmat federasiya tomonidan bunday to‘sqinliklar bo‘laversa, u holda Gulruhbegim Tohirjonova singari federasiyamni almashtirishimga to‘g‘ri keladi. Ammo men buni xohlamayman. Shunchaki bizga ham ozgina e’tibor berilishini istaymiz.

Misol uchun Hindiston federasiyasi oddiygina Open musobaqasiga 70 nafar shaxmatchisini barcha xarajatlarni qoplagan holda yubordi. Bu yerda esa tug‘ishgan ukam Islombek Sindorov olti karra Osiyo chempioni, ikki karra Jahon chempioni bo‘lishiga qaramay mana shu e’tiborsizlik sabab faoliyatini muddatidan avval yakunladi.

Boshqa federasiyalarda yiliga yuzlab musobaqalar tashkil etiladi, O‘zbekistonda esa — bitta xalqaro musobaqa. Biz o‘z darajamizni saqlab turishimiz uchun ko‘plab musobaqalarda qatnashishimiz kerak, ularning ko‘pi esa chet elda bo‘ladi va xarajatlarni o‘zimiz qoplashimiz kerak. Shu sabab men tanigan kuchli shaxmatchilar, grossmeysterlar Temur Gareev, Anton Filippov (Filippov federasiya e’tiborsizligi sabab Qozog‘istonga ketgan), Temur Ko‘ybakorov va boshqalar o‘z federasiyasini almashtirishga majbur bo‘lgan. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda juda ko‘plab yosh iqtidorlar o‘sib kelmoqda. Agar ular ham e’tiborsiz qoldirilsa, xuddi ukalarim va boshqa ko‘plab shaxmatchilar kabi faoliyatini erta yakunlashga majbur bo‘ladi", — dedi Javohir Sindorov.

Javohir Sindorov — 2005 yilning 8 dekabrida Toshkent shahrida tug‘ilgan. Javohir uch karra O‘zbekiston chempioni, olti karra Osiyo chempioni va besh karra Jahon chempioni. U 2018 yilda uchta grossmeysterlik shartlarini bajarib, jahon tarixidagi ikkinchi eng yosh (12 yosh 10 oylik 8 kunlik) shaxmatchiga aylangan. Keyinchalik Javohirning rekordini hindistonlik Gukesh Dommaraju (12 yosh 7 oylik 17 kunlik) yangiladi. Ayni damda Sindorov dunyo shaxmati tarixidagi uchinchi raqamli eng yosh xalqaro grossmeyster bo‘lib turibdi.

Manba: Daryo.uz
Kiritildi: 09:44, 13.01.2021. O'qildi: 7125 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик