Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ushbu mavsumdagi tezligi eng yuqori bo‘lgan 10 nafar futbolchilar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Rekordlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Tezlik bu - futboldagi eng muhim narsa, chunki hozirgi davr futboli faqatgina taktikadan iborat emas. Hozir sizga maydonda eng tez yuguradigan futbolchilar top-10 futbolchilarni taqdim etamiz.

 

10. Kingsli Koman.

24 yoshli fransuz futbolchisi ancha payt jarohatlar bilan bog‘liq muammo atrofida o‘ralashib qolgan edi. Lekin bu jarohatlar uning tezligiga ta’sir qilmadi. Chunki "Bavariya" chap qanot vingeri bu mavsumda soatiga 34.83 km/s tezlikda harakat qilgan. O‘tgan mavsumda "Bavariya"ning Bundesliga, Germaniya superkubogi, UYEFA Chempionlar ligasi, UYEFA superkubogi kabi musobaqalar oltin medallarini yutishda, albatta, Komanning tezligi ham ancha yordam bergan. Joriy mavsumda ham, Kingsli myunxenliklarning muvaffaqiyatlariga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.


9. Muhammad Salah.

2020-yilda "Liverpul" jamoasining APLda chempion bo‘lishiga o‘z hissasini qo‘shgan misrlik o‘yinchi reytinga 9-pog‘onani band etgan. "Qizillar"ning o‘ng qanot hujumchisi joriy mavsumda yilda o‘rtachan soatiga 35 km/s tezlikda harakat qilgan. 2019/20 yildagi mavsumda 34 ta o‘yinda maydonga tushgan charm to‘p ustasi, 19 marta raqib darvozabonini ranjitgan. Joriy mavsumda esa, 31 marta maydonga tushib, 19 ta gol muallifiga aylandi. Bu yilda u ancha sermahsul o‘yin namoyish etmoqda va bu harakatlariga uning tezligi ham ancha yordam beradi.

8. Daniel Jeyms.

Bu futbolchini Uels terma jamoasi kelajagi deya aytib o‘tishmoqda. Chunki 22 yoshida "Manchester Yunayted" libosida maydonga tushayotgan o‘yinchining tezligi ancha yuqori.Ushbu mavsumda "qizil iblislar" safida 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urishga erishgan yarim himoyachining tezligi soatiga 35.04 km/s ekanligi aytib o‘tilgan. Terma jamoa libosida ham 25 marta maydonga tushib 3 marta raqib darvozasiga yo‘l topa olgan.

7. Adama Traore.

2020-yilda Ispaniya terma jamoasiga chaqiruv olgan Adama Traore reytingimizning 7-o‘rnidan joy oldi. O‘tgan mavsumda "Vulverxemton"ning 37-raqamli o‘yinchisi 37 marta maydonga tushgan. Mutaxasislar uning tezligini hisoblab chiqib, 35.32 km/s ekanligini aytib o‘tishgan. Adama jismonan ancha baquvvat va gavdali futbolchi hisoblanadi, lekin bu holat uning tezligiga sira ta’sir ko‘rsatmaydi. "Barselona" jamoasi tarbiyalanuvchisiga hozirgi kunda bir qancha grand jamoalardan taklif tushayotganiga qaramay, u Angliyada qolishni xohlamoqda. Balki keyinchalik uni yana "Ko‘k-anor ranglilar" libosida ko‘rarmiz?! Kuzatamiz.


6. Pyer-Emerik Obameyang.

 

Gabon terma jamoasi sardoring tezligi soatiga 35.50 km/s. "Arsenal" jamoasining markaziy hujumchisi joriy mavsumda o‘rtacha shu tezlikda harakat qilmoqda. Obameyang hozirda 31 yoshda. Ko‘pchilik futbolchilarda bu yoshda, tezligi pasayganiga guvoh bo‘lamiz, lekin Pyer-Emerikda bunday emas ko‘rinadi. 14-raqam egasi ushbu mavsumda 9 ta gol urdi va buni 25 ta uchrashuvda amalga oshirgan. Gabonlik futbolchi  2020/21 yilda ancha passiv o‘yin namoyish etmoqda. 


5. Inaki Uilyams.

Ispaniyaning "Atletik Bilbao" jamoasi hujumchisi maydonda kam gol ursada, ko‘p golda ishtirok etadi. Bunda uning tezligi juda ham asqotadi. Ispan maydonda 35.70 km/s tezlikda harakat qilgan. Inaki ushbu mavsum davomida deyarli barcha o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5 ta gol yozdirgan. Afsuski, yaqinda Inakining jamoasi Ispanya kubogi finalida "Barsa"ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.  


4. Kayl Uoker.

 

Odatda hujumchilarning tezligi yuqori bo‘lishiga o‘rganib qolganmiz, lekin "Manchester siti" futbolchisi Kayl Uoker himoyachi bo‘lishiga qaramasdan, reytingning 4-o‘rnida turibdi.  28-may kunida 31 yoshini kiradigan "shaharlik" tezlik borasida ko‘pgina hujumchilarga ham dars berib qo‘yadi. Negaki, mutaxasislar Kaylning tezligini soatiga 35.71 km/s ekanligini hisoblab chiqishgan. Bu kabi tezlikda ba’zi-bir hujumchilar ham yugurolmasligi bor gap. Uning chap qanot bo‘ylab uyushtirgan reydlari, raqib jamoa himoyachilariga juda ko‘p boshog‘riq bo‘ladi. Ba’zida o‘zi uyushtirgan hujumlarni gol bilan yakunlab keladigan odati ham bor. Joriy mavsumda "Siti" jamoasi 67 ta gol urgan va ligadagi eng ko‘p gol urgan jamoa bo‘lib turibdi.  Bu kabi sermahsullikda, albatta Uokerni ham ko‘p mehnati borligini aytib o‘tish kerak.


3. Kilian Mbappe.

Yosh bo‘lishiga qaramasdan ko‘pgina sovrinlarga ega chiqqan fransuzning tezligi havas qilsa arzigulik darajada. PSJ jamoasi hujumchisi Mbappe deyarli har yili chempionat to‘purarlari qatorida bo‘lib kelmoqda. Parijliklar jamoasi Neymarning ajoyib fintlari, Di Mariyaning super uzatmalar va Mbappening tezligi bilan ajoyib hujumlar uyushtirishadi. 22-yoshli markaziy hujumchining tezligini soatiga 36 km/s. Jahon chempioni PSJ jamoasiga tezkor oyoqlari, driblinglari va albatta tezligi orqali yordam berib kelmoqda. Joriy mavsumda Kilian "Liga-1  musobaqasida 28 bor maydonga tushib, 23 marta raqib posponini ranjitgan. 

2. Ashraf Hakimi.

Madridning "Real" jamoasi tarbiyalanuchisi bo‘lgan futbolchining tezligi 36.49 km/s. Yoshligida, O‘ng qanot vingeri pozisiyasida ham o‘ynagan himoyachining ham tezligi havas qilsa arzigulik. 1998 yilda tug‘ilgan marokashlik o‘yinchi, o‘tgan mavsumda Germaniya chempionati doirasida 33 bahsda maydonga 5 ta gol urgan. Bu albatta himoyachi uchun yaxshi ko‘rsatkich. Yangi mavsumdan Italiyaga ko‘chib o‘tgan Ashraf, "Inter" jamoasida ham o‘z o‘rnini topgan. Hozirgacha, milanliklar safida har bir o‘yinda asosiy tarkibda tushib kelmoqda va 6 ta gol ham urgan. 3 yil oldin "Real Madrid" ga keraksiz deya aytilgan o‘yinchi, hozirda gol urish bo‘yicha ham, tezlik borasida ham madridliklar himoyachilaridan qolishmasligini isbotlamoqda.


1. Alfonso Devis.

2020-yil "Bavariya" uchun haqiqatdan omadli yil bo‘ldi. Va shunga mos ravishda ham reytingning birinchi pog‘onasida ham myunxenlilar o‘yinchisi joy olgan. Kanadalik 19 yoshli o‘yinchi o‘tgan mavsumda maydonda o‘rtacha soatiga 36.51 km/s tezlikda harakat qilgan. Uning chap qanot bo‘ylab uyushtirgan reydlari ko‘p marta gol bilan yakunlangan. U himoyachi bo‘lishiga qaramasdan, ko‘p ko‘p gollarga hammualliflik ham qilgan. O‘tgan mavsumda nemislar safida 3 bora gol urgan bo‘lsa, ikkitasini o‘z tezligi bilan raqiblarini ortda qoldirib hujumni yakunlashga erishgan. Ushbu mavsumda, yaxshi o‘yinlar ko‘rsatib kelmoqda va 1 marta gol urishga erishgan. Ajoyib o‘yinchi, ajoyib muhit, to‘g‘ri jamoa.

 


Mahmudov Jamshidjon tayyorladi

Kiritildi: 22:57, 20.04.2021. O'qildi: 7986 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик