Bugun 24 may, 2026 yil, yakshanba.

  • «A» Seriya
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • 3:3
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • 2:1
      • Piza
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • -:-
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Yuventus
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • -:-
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Kalyari
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • 2:1
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • 1:0
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 4:2
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • 3:1
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • 1:2
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • 1:0
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Atletiko
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mahmud Murodov: «MMA targ‘ibotini Toshkent bilan cheklab qo‘ymaymiz» — «Muradov Professional League» oldidan matbuot anjumani (intervyu)

Baho:
+ | -
SPORT / Sport turlari / https://stadion.uz/uz/news/sections/sport/sports/mma
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bundan bir necha soatlar oldin O‘zbekiston Milliy Olimpiya Qo‘mitasining majlislar zalida «Muradov Professional League» aralash jang san’atlari xalqaro turniri oldidan tashkil etilgan matbuot anjumani yakunlandi.

Tadbirda MOQ Bosh kotibi Oybek Qosimov, «Muradov Professional League» kompaniyasining asoschisi Mahmud Murodov, jangchilar Bahodir Bakiyev, Ramazon Temirov, Shohanas Mirzamatovlar ishtirok etishdi.

Quyida ushbu matbuot anjumanida yangragan fikrlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Dastlab tadbirni Milliy Olimpiya Qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov ochib berdi. Shundan so‘ng ushbu turnir asoschisi Mahmud Muradov musobaqa haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirgan holda anjumanga tashrif buyurganlarni qiziqtirgan savollariga javob berdi. Shuningdek, bo‘lajak janglar oldidan o‘zbek sportchilari bilan ham qiziqarli suhbatlar bo‘lib o‘tdi.

Mahmud Murodov: "Avvalambor ushbu turnirni tashkillashtirgan hamda bizni qo‘llab-quvvatlagan barchaga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bu aralash jang san’atlari bo‘yicha O‘zbekistondagi ilk voqelik. Barchaga birdek qiziq bo‘ladi deb o‘ylayman. Yaqinda Nukusda o‘tgan Markaziy Osiyo chempionatini ko‘pchilik kuzatib bordi. Bu kabi turnirlar yoshlar uchun tramplin vazifasini o‘tab beradi. Sog‘lom turmush tarzi bosh vazifamizga aylanishi kerak. MMA targ‘ibotini Toshkent bilan cheklab qo‘ymaymiz.

Jasur Alijonov: Avvalambor, barcha OAVga ushbu tadbirni yoritishga bel bog‘laganlari uchun rahmat aytaman. Ushbu musobaqani o‘tkazishdan asosiy maqsad yoshlarni jang san’atlariga qiziqtirish, bu sport turini yurtimiz bo‘ylab yanada ommalashtirish hisoblanadi. Bu orqali yoshlarni turli yot oqimlarga kirib qolishlaridan saqlagan bo‘lamiz.

Ikkinchidan, MMA borasida O‘zbekistonni qanday salohiyatga ega ekanini barcha raqiblarga ko‘rsatib qo‘yish imkoniyatiga egamiz. Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda Yevropaning bir qator mamlakatlari bilan o‘zaro tajriba almashish g‘oyalari ham ustuvor o‘rinda turadi. O‘z ustimizda ishlashda davom etamiz. Bu tashkilotni ochishdan maqsad ham shular. Barcha sportchilarga omad tilab qolaman.

Ushbu turnirdan tushgan mablag‘ Mahmud Murodovning cho‘ntagiga tushmaydi. Pullarni xayriyaga yo‘naltirish fikri kimdan chiqqan?

- Avvalo men bu turnirni qo‘shimcha daromad yuzasidan ochmadim. Bu sport turini orqasidan yetarli mablag‘ga ega bo‘lganman. Men ortiqcha narsalarni o‘ylaganim yo‘q. Yuqorida ta’kidlaganimdek, birinchi o‘rinda yoshlar salomatligi. Bu o‘zimdan chiqqan g‘oya. Musobaqadan tushgan pullarni sportchilar uchun bonuslarga hamda mehribonlik uylariga yo‘naltiramiz.

Ushbu turnirda qanday toifali referilar faoliyat olib boradi? Xorijlik hakamlar ham tashrif buyuradimi?

- Albatta, deyarli barcha referilar Yevropadan tashrif buyurgan guruh a’zolari. Ular Amerika va Yevropada ishlagan hamda mashhur Bellatorlar orqali tanilgan professional hakamlar. Shuningdek, mahalliy hakamlar ham bu yerda yordamchi bo‘lib tajriba oshirishlari mumkin. O‘zaro hamkorlikdagi faoliyat muvaffaqiyatli chiqishiga ishonaman.

Yurtimizda yaqin yillar davomida MMAga katta e’tibor qaratilyapti. Buni mas’ullar faqat Toshkentda emas, balki viloyatlarda ham keng targ‘ib qilishlari zarur.

- Albatta, nafaqat MMA balki qolgan sport turlari ham sekin-asta viloyatlarga yoyilib boradi. Kecha Nukusda bo‘lgan musobaqani olasizmi, yoki bo‘lmasa Andijonda o‘tkazilgan boks oqshominimi birin-ketin bular amalga oshyapti. Biz aralash jang san’atlarini butun respublikaga yoyishni maqsad qilganmiz. Biroq ko‘rib turipsiz, hakamlar va murabbiylar borasida taqchillik mavjud. Ayni dam birdaniga ko‘plab jamoalarga asos solishning iloji yo‘q. Bu O‘zbekistondagi ilk yirik turnirlardan biri va bu yerda birdaniga katta planka olib bo‘lmaydi.

Raqiblarni qanday o‘rganib chiqdingiz, tayyorgarlik qay darajada kechdi?

- (Ramazon Temirov) Ushbu raqibim bilan 2 yil oldin ham kuch sinashganman. Bu vaqt oralig‘ida Braziliyada mashg‘ulotlar olib bordim. Tayyorgarlikni yaxshi deb ayta olaman, murabbiylar ko‘rsatmasi bilan istalgan natijaga erishishimizga ko‘zim yetyapti.

(Shohanas Mirzamatov)

Raqibim serbiyalik Aleksandr Yankovichni yaxshilab o‘rgandim. U asosan «stoyka»da jang qiladi. 3 oy davomida uzluksiz mashq olib bordik. Tayyorgarlik borasida muammo bo‘lmadi. Maksimal 100 foiz tayyormiz deb ayta olaman.

(Bahodir Bakiyev)

Raqiblarimning barcha janglarini diqqat bilan kuzatib chiqdim. Albatta har bir raqib shu yo‘ldan boradi. Avvalasi bu sport. Oldindan bir nima deb bo‘lmaydi. Biroq g‘alabalarimizni oldindan sezyapman.

Jahonning ko‘zga ko‘ringan sportchilarini yurtimizga taklif etish borasida rejalar bormi?

- Bu rejalarimizda bor. Floyd Meyvezer, Xabib singari sportchilar bilan o‘zaro tajriba almashish niyat yo‘q emas. Ular bilan munosabatlarimiz yaxshi va albatta, bu sportchilar yurtimizga tashrif buyurishadi.

Shohanas Mirzamatov oktagon ligalardagi shartnomasini tugatdimi yoki janglarda davom etaveradimi?

- Hozir faqat Mahmud Muradov bilan shartnomam bor va boshqa ligalarga fikrimni chalg‘itganim yo‘q. Ushbu kelishuv tugagach qolgan shartnomalarni o‘ylab ko‘rishim mumkin.

Ushbu ligani havaskor yoshlar uchun ham tashkillashtirsa bo‘ladimi? Junior sportchilar qanday qilib ishtirok etishlari mumkin?

- Hozirgi turnir professional maqomda o‘tmoqda. Unda faqatgina kattalar ishtirok etishi mumkin. Chunki bu reyting ballari uchun o‘ynaladi. Tashrif buyuruvchi raqiblar ham prof kadrlar. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad ushbu sportni kelayotgan muxlislarga chiroyli qilib ko‘rsatib berish. Kelgusi musobaqalarimiz albatta havaskor tartibda ham bo‘lib o‘tadi, faqat u viloyatlar kesimida o‘tkaziladi. Hozircha «selection» turnirlar faqat professionallar uchun.

Bahodir Bakiyev katta tajribaga ega sportchi. Nega u xuddi Mahmud Muradov singari turnirlar tashkil etish o‘rniga nufuzi pastroq sanalgan O‘zbekistondagi janglarda qatnashyapti?

- Avvalasi O‘zbekistonda jang olib borish azaliy orzuyim bo‘lgan. 2018 yili Toshkentda o‘tkazilgan JFC musobaqasiga kela olmay qolganman - raqibim jangni bekor qilgan. Shundan beri bu yerdagi turnirda qatnashishni o‘ylab kelardim. Buning uchun Mahmudga katta rahmat.

Eslatib o‘tamiz, «Muradov Professional League» kompaniyasi shu yilning boshida ochilgan bo‘lib, undan ko‘zlangan maqsad aralash jang san’ati turlarini yurtimiz bo‘ylab ommalashtirish hisoblanadi. Loyiha egasi chet elda faoliyat yuritayotgan bir qancha o‘zbek sportchilarini yurtimizga jalb etib, yoshlar bilan tajriba almashishlarini mo‘ljallagan. Joriy musobaqa ham asosan shunga yo‘naltiriladi.

Ma’lumot uchun, 21 oktyabr kuni vazn o‘lchash va Face to Face marosimlari bo‘lib o‘tsa, 22 oktyabrdan musobaqaga start beriladi.

Yusufbek Saydaliyev tayyorladi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:25, 16.10.2021. O'qildi: 4145 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик