Bugun 9 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 5 15
2 Bunyodkor 6 13
3 Paxtakor 5 12
4 Navbahor 6 12
5 Nasaf 6 11
6 Buxoro 5 10
7 Lokomotiv 6 8
8 Xorazm 6 8
9 Surxon 6 8
10 Dinamo 6 7
11 Andijon 6 6
12 Qo‘qon-1912 6 6
13 Qizilqum 5 6
14 OKMK 6 5
15 So‘g‘diyona 6 2
16 Mash’al 6 0

O'tgan o'yinlar.

6-тур Lokomotiv 1-1 Xorazm
6-тур Mash’al 0-1 Bunyodkor
6-тур Andijon 0-1 Navbahor
6-тур Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
6-тур OKMK 1-1 Surxon
6-тур Dinamo 2-1 So‘g‘diyona

Navbatdagi o'yinlar.

09/04/26 Neftchi - Paxtakor
09/04/26 Buxoro - Qizilqum

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Dani Karvaxal: «Vinisiusdagi o‘zgarishlar - fantastika»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Ispaniya La-ligasi
Rukn: Intervyular
A A A

«Real» vakili Dani Karvaxal Radioestadio Noche dasturida mehmon bo‘lib, «Qirollik klubi»dagi umumiy holat haqida gapirib berdi. Ispaniyalik futbolchi jumladan, Vinisius o‘yi­niga bog‘liq o‘zgarishlarni fantastikaga qiyosladi, yana Kilian Mbappening Madridda ko‘rinishi ehtimoli yuzasidan fikr bildirdi.

Jamoaning qishki transferlar bozoriga kirmaganiga munosabat

- O‘ylaymanki, klub to‘g‘ri yo‘ldan ketyapti. Chunonchi, bizda kuchli tarkib bor. Demakki, xaridlarga qo‘l urilmaganidan xavotirlanishga asos yo‘q.

Rafael Nadal yutug‘iga munosabat

- Australian Open turniri finalini tomosha qilib, yosh bolalardek quvondim, sakradim. Nadalga gap yo‘q, shunchaki, respekt!

COVID xurujiga munosabat

- Koronavirusga topshirgan test tahlili salbiy natija berganidan keyin ham kardiolog bizni alohida tekshiradi. Jumladan, men boshida xastalikning qandaydir alomatini sezmadim. To‘g‘ri, keyinchalik bir necha kun davomida isitma tushmadi va holsizlik kuzatildi. Tabiiyki, mashg‘ulotlarga qaytgach, odatiy ritmga tushish borasida birozgina qiynaldim.

S.Arabistonidagi ijobiy testga munosabat

- Ispaniya superkubogi yarim finalidan keyin o‘zimni horg‘in his qildim. Buni avvaliga tabiiy holat sifatida ko‘rdim, harqalay, og‘ir o‘yin ancha kuch oldi. Lekin ertasiga tana harorati birdan ko‘tarilib ketdi va test tahlili ijobiy natija ko‘rsatdi. Qisqasi, karantin tartibiga ko‘nikishdan o‘zga choram qolmadi. Chunki bunday holatda mas’uliyatni to‘liq anglab, izolyasiya sharoitiga amal qilish talab etiladi. Shu tariqa faqat WhatsApp orqali jamoani qo‘llab-quvvatlashimga to‘g‘ri keldi.

Muntazam jarohatlarga munosabat

- Agar jismoniy zo‘riqishlar qayerdan kelib chiqayotganini bilganimda, shubhasiz, unga qarshi chora izlardim. Albatta, jarohat pand bermasligi uchun hammasiga tayyorman. Zero, chetda qolsangiz, o‘z-o‘zidan asabiylashasiz, buning ortidan qiyinchiliklar yuzaga chiqadi. Umuman, menda barchasi o‘zgardi: ovqatlanish, dam olish va uxlash tartibi, o‘yinga tayyorgarlik masalasi... Stress holatidan chiqish uchun ruhiy xotirjamlik ham muhim.

La Ligadagi raqobatga munosabat

- Oldinda o‘yinlar ko‘p, «Sevilya» ta’qibni davom ettirmoqda va oxirigacha kurashishi aniq.

Kilian Mbappening ehtimoliy transferiga munosabat

- Mbappe qoyilmaqom futbolchi. Mana, «PSJ» bilan shartnomasi nihoyasiga yetyapti, demak, «Real» libosini kiyishi mumkin. Ammo hozircha bo‘lajak o‘yinda uni qanday to‘xtatish haqida o‘ylashimiz kerak.

Vinisius o‘yiniga munosabat

- Undagi o‘zgarish sababini men ham bilmayman, hammamiz hayratdamiz. Vini gollar kelishini bilardi va o‘sha vaqt yetdi, chog‘i.

Bo‘lajak JCHga munosabat

- Farzandim dunyoga kelganidan buyon uning sog‘lom va baxtli bo‘lib ulg‘ayishini xohlayman. JCHda ishtirok etish - baxt. Lekin hozircha «Real» bilan muvaffaqiyat qozonish va sovrinlar yutishni ko‘proq o‘ylayapman. Mavsum tugasin, keyin JCHga e’tibor qaratamiz.

Taqvimga munosabat

- Taqvim juda tig‘iz. Menimcha, hozir jahon chempionatini har 2 yilda o‘tkazish g‘oyasiga rozi futbolchining o‘zi yo‘q, lekin qarorni biz qabul qilmaymiz...

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:00, 26.02.2022. O'qildi: 2521 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 4
2 Сурхон Chinedu Stefan 4
3 Пахтакор Doston Hamdamov 3
4 Нефтчи Alisher Odilov 3
5 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
6 Нефтчи Zoran Marushich 3
7 Бухоро Shahzodbek Ubaydullayev 2
8 ОКМК Abror Karimov 2
9 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 2
10 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик