Bugun 12 fevral, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 25 56
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 25 39
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Brentford - Arsenal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yil o‘yini

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Chorshanba oqshomida barchaning e’tibori “Etihad”ga qaratiladi, u yerda Premyer-liga chempionligiga da’vogarlar to‘qnash keladi. Mavsumning asosiy o‘yini oldidan “Arsenal” raqib “Siti”ni 5 ochkoga ortda qoldirib, jadvalning birinchi pog‘onasini egallab turibdi. Ammo "shaharliklar"ning zaxirasida ikkita o‘yin bor. Keling, uchrashuv oldidan jamolardagi vaziyat qanday ekanligini ko‘rib chiqamiz.

“Manchester Siti”

"Manchester Siti" ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda va ayniqsa, o‘z uyida yaxshi

“Shaharliklar” ushbu mavsumda uchta mumkin bo‘lgan unvonlar sari o‘zlarining sayohatini fevral oyining boshida boshladilar. O‘shandan beri "Siti" 16 uchrashuvda maydonga tushib, 13 tasida g‘alaba qozongan va 3 tasida durang qayd etgan. Bu seriya Londonda "Arsenal" ustidan qozonilgan g‘alaba va Chempionlar ligasining yarim finaliga chiqish, shuningdek, Angliya kubogi finaliga yo‘llanmani o‘z ichiga olgan. Bu yil ular "Etihad"dagi 12 o‘yinning barchasida g‘alaba qozonishdi va 46 ta gol urishdi. "Siti" Premyer-liganing so‘zsiz eng yaxshi uy jamoasi bo‘lib, 15 uy o‘yinining 13 tasida g‘alaba qozongan.

Joriy mag‘lubiyatsiz seriyada butun Yevropadagi mavsumning eng yaxshi to‘purari Erling Xoland ham o‘zini yaxshi ko‘rsatdi. Norvegiyalik hujumchi 16 o‘yinda 17+3 natija qayd etdi va o‘tgan dam olish kunlari Angliya kubogi yarim finali oldidan ketma-ket yettita gol urdi.

Akening o‘yinda ishtirok etishi so‘roq ostida: Gvardiolada himoyani usiz qurish uchun ikkita variant bor

Natan Ake Chempionlar ligasi doirasida "Bavariya"ga qarshi javob o‘yinida jarohat oldi va Angliya kubogi yarim finalini o‘tkazib yubordi. Agar Ake "Arsenal"ga qarshi o‘ynashga tayyor bo‘lmasa, Gvardiola boshqacha himoyaviy tuzilmani tanlashi kerak.

"Sheffild" bilan o‘yinda Gvardiola to‘rtta himoyachi bilan o‘ynashga qaror qildi, ammo "Arsenal" bilan qarama-qarshilik boshqa saviyada bo‘ladi. Agar ispaniyalik xuddi shu sxema bo‘yicha o‘ynashga qaror qilsa, unda Diash va Akanjini markazga qo‘yadi. Qanotlarda Uoker va Jon Stons o‘ynashi mumkin.

“Arsenal”

"Arsenal" ketma-ket uchta o‘yinda ochko yo‘qotdi

Uch hafta oldin "Arsenal" turnir jadvalida o‘zini juda qulay his qilardi. Artetaning vazifasi jamoani "Siti"ga qarshi o‘yingacha yaxshi tayyorlash va ochkolar bo‘yicha peshqadamlikni saqlab qolish edi, shunda hatto ehtimoliy mag‘lubiyat ham "kanonirlar"ni yuqori pog‘onada qoldirishi va chempionlik uchun eng yaxshi imkoniyatga ega bo‘lishi mumkin edi. Ammo so‘nggi uchta o‘yin muxlislarni hayratda qoldirdi.

Salibaning yo‘qligi asosiy muammo bo‘lishi mumkin, Jakaning ishtiroki ham so‘roq ostida

Mart oyida "Arsenal" hali Yevropa ligasida ishtirok etar edi. Yigirma yil davomida Premyer-ligada g‘olib chiqmagan jamoa o‘zini ushbu turnirga bag‘ishlaganini ko‘rish biroz hayratlanarli bo‘ldi. Natijada “Sporting”ga qarshi o‘yinda Arteta o‘zining asosiy himoyachisi Uilyam Salibadan ayrildi. Fransiyalik futbolchi belidagi jarohatdan forig‘ bo‘lsa ham, mashg‘ulot o‘tkaza olmayapti. Natijada, Salibasiz “Arsenal” doimiy ravishda gol o‘tkazib yubora boshladi: oltita o‘yinda raqiblar “kanonirlar”ni o‘n marta xafa qilishdi. Ko‘p jihatdan aynan himoyadagi xatolar “Arsenal”ning barcha ustunliklarini yo‘qotishida asosiy omil bo‘ldi. Granit Jaka ham "Siti"ga qarshi o‘yinga tayyor bo‘lmasligi mumkin.

Tahminiy tarkiblar

So‘nggi yillardagi eng yaxshi o‘yinni "Siti" o‘z uyida "Bavariya" bilan o‘ynadi, shundan so‘ng Gvardiola ko‘pincha rotasiyasidan foydalandi. O‘sha uchrashuvda jamoa 3-2-4-1 sxemasidan foydalanildi. Bugun ham shunday bo‘lish ehtimoli bor. Ammo Gvardiolada, Natan Ake o‘yinga tayyor bo‘lmasa, to‘rtta himoyachi varianti ham bor.

Mikel Arteta o‘zining sevimli 4-3-3 sxemasidan farqli narsani o‘ylab topmasa kerak. Katta ehtimol bilan Xolding Saliba o‘rnida paydo bo‘ladi. Agar Jaka tiklanishga ulgurmasa, Jorgino uning o‘rnini egallaydi.

Kiritildi: 10:54, 26.04.2023. O'qildi: 3067 marta. Fikrlar: 14 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.