Bugun 30 sentyabr, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 143 62 49 254
2 Yaponiya 45 71 67 183
3 Janubiy Koreya 24 27 44 95
4 O‘zbekiston 14 17 13 44
5 Tailand 12 9 12 33
6 Bahrayn 11 5 4 20
7 Eron 10 16 11 37
8 Qozog‘iston 9 14 25 48
9 KXDR 7 5 6 18
10 Hindiston 6 21 25 52

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 22 51
2 Paxtakor 22 49
3 Navbahor 22 44
4 OKMK 22 35
5 Lokomotiv 22 35
6 Buxoro 22 34
7 Nasaf 22 34
8 Andijon 22 30
9 Dinamo 22 30
10 Qizilqum 22 29
11 So‘g‘diyona 22 28
12 Surxon 22 26
13 Bunyodkor 22 22
14 Xorazm 22 21
15 Qo‘qon-1912 22 20
16 Mash’al 22 4

O'tgan o'yinlar.

22-тур Navbahor 3-2 Dinamo
22-тур Mash’al 1-2 Paxtakor
22-тур Bunyodkor 2-1 Buxoro
22-тур Andijon 1-4 Nasaf
22-тур Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
22-тур So‘g‘diyona 1-2 OKMK
22-тур Lokomotiv 0-1 Neftchi
22-тур Xorazm 1-3 Qizilqum

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1933 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2186 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 30.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 30.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 30.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 30.09.2026

      06:00 Мотокросс. Швеция. MX2. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      07:00 Мотокросс. Швеция. MXGP. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      08:00 Олимпийские игры. Зал славы: Пекин-2008.
      09:00 Снукер. Третий раунд.
      11:00 LIVE Снукер. Третий раунд. Прямая трансляция.
      14:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на скорость. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      14:45 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      15:30 Снукер. Третий раунд.
      16:30 LIVE Снукер. Третий раунд. Прямая трансляция.
      19:30 Конный спорт. Конкур. Вена. Global Champions Tour.
      21:30 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на скорость. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      22:30 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      23:00 Снукер. Третий раунд.
      01:00 Трейлраннинг.
      01:30 Мотокросс. Швеция. MX2. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      02:15 Мотокросс. Швеция. MXGP. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      03:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Чунцин.
      03:45 Скалолазание. Микст. Финал. Мировая серия. Чунцин.
      04:30 Снукер. Третий раунд.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Katta umid bog‘langan transferlar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Rasman tasdiqlangan
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Angliya Premyer-ligasi klublari har yili o‘z tarkibini kuchaytirish uchun milliardlab funt ishlatishadi.

 Joriy mavsumda ham «Chelsi», «Arsenal» va «MYU» kabi jamoalar tarkib uchun harajatlar hajmini oshirishdi. Xo‘sh, ushbu mavsumda sotib olingan futbolchilarning qay biri eng ko‘p maosh olmoqda? Quyida shu savolga javob topasiz va yana eng yaxshi maoshga ega xaridlarning oltitasi top-klublar tomonidan transfer qilingan, kuchli o‘nlikning yarmi esa «Chelsi»ga tegishli ekanini bilib olishingiz mumkin.

10. Mark KUKURELYA - 175 ming funt

62 million evaziga, 175 ming funt haftalik moash bilan jamoaga olib kelingan Kukurelya, mavsumning eng omadsiz transferlaridan biriga aylandi. «Brayton»ning sobiq futbolchisi ham butun jamoa singari mavsumni bir tekisda o‘tkaza olmayapti. Grem Potter ketib, Ben Chilvell jarohatdan qaytganidan keyin, bu jarayon yanada tezlashdi. Ispaniyalik himoyachi haligacha jamoa uchun loyiq ekanini ko‘rsata olgani yo‘q.

9. Enso FERNANDES -  180 ming funt

«Chelsi» Fernandes uchun qishda qattiq kurashga kirishgandi. Todd Boeli Argentina terma jamoasi a’zosi uchun rekord darajadagi summa, 106 million funtni to‘lab bergandi. Hozirga qadar Fernandes o‘ziga sarflangan pullarni oqlay oladigan darajada o‘yin ko‘rsata olgani yo‘q. Umid qilamizki, kelajakda jahon chempioni uchun hammasi yaxshi tomonga o‘zgaradi.

8. Manuel AKANJI - 180 ming funt

Akanji yaqin yillar ichida «Manchester Siti» tomonidan sotib olingan arzon, ammo muhim futbolchilardan biriga aylandi. Garchand jamoada yaxshigina maosh olsada, shveysariyalik yarim himoyachi o‘ziga bildirilgan ishonchni dastlab oqlay olmadi. Hozir esa Pep Gvardiola uni o‘z tizimiga moslashtirdi. Amaldagi chempionlar tarkibida Akanji tez-tez asosiy tarkibda ko‘rinish bermoqda.

7. Uesli FOFANA -  200 ming funt

O‘tgan yozda «Chelsi» Fofana uchun «Lester»ga 70 million funt to‘lov qiladi. Fransiyalik himoyachi Yevropadagi eng yorqin futbolchilardan biriga aylanishi aytilgandi. Ammo u oktyabr oyida «Milan» bilan bahsda jarohat olib, mavsumni katta qismini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi. Oradan ko‘p o‘tmay, «Chelsi» uning o‘rnini to‘ldirish uchun Benua Badiashileni olib keldi. Hozir bu ikki himoyachi asosiy tarkib uchun kurashga kirgan.

6. ANTONI - 200 ming funt

Agarda yuzta «MYU» muxlislaridan Antonini jamoaga olib kelinishiga munosabat bildirishni so‘rasangiz, yuz xil javob olasiz. Braziliyalik hujumchi maydonda yetarli imkoniyatlarga ega bo‘layotgandi. Ammo hali beri barqaror yo‘lga tushib olgani yo‘q. Har holda, ko‘pchilik 82 million funtlik futbolchidan ko‘prog‘ini kutgandi. Erik ten Xag Antonini ochib yuborishga harakat qilmoqda. Ammo hali bu rejalar ish bermadi.

5. Gabriel JEZUS -  265 ming funt

Jezusning «Arsenal»ga o‘tishi, jamoaga misli ko‘rilmagan darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. London klubining o‘yinidagi o‘sish, Jezus nomi bilan bog‘langan. Braziliya terma jamoasi a’zosi «Arsenal»ni chempionlik kurashiga kirishida harakatlantiruvchi kuch vazifasini bajargandi. U «Manchester Siti»dan to‘pchilar safiga o‘tish orqali o‘z maoshini uch karraga ko‘paytirib oldi. Jezus ayni damda haftasiga 265 ming funt olmoqda.

4. Kalidu KULIBALI - 295 ming funt

Kulibali APLda eng yaxshi maoshga ega bo‘lgan ikkinchi raqamli himoyachi sanaladi. U bu borada faqat Rafael Varandangina ortda xolos. Shunga qaramay, futbolchi Londonda zaxira o‘rindig‘iga mixlanib qolgan. Aytish kerakki, Kulibali o‘ziga sarflanayotgan pullarni hali oqlay olgani yo‘q.

3. KAZEMIRO -  300 ming funt

Kazemiro har hafta 300 ming funtni o‘z uyiga olib ketayotgandir. Ammo uning o‘yinlari muxlislarning cheksiz muhabbatiga sabab bo‘ldi. Sobiq «Real» futbolchisi tartib-intizom borasida Angliya futboliga ozgina mos kelmadi, xolos. Ammo u jamoada bo‘lgan paytida «MYU»ning o‘yinlari muvaffaqiyatli chiqmoqda.

2. Rahim STERLING -  325 ming funt

Angliyadagi eng katta nomlardan biri bu, shubhasiz Sterlingdir. Shu sabab o‘tgan yozda «Chelsi» uni jalb etish uchun ancha qiynaldi. 325 ming funt maosh olishi belgilangan hujumchi, o‘zidan kutilgan natijalarni hali bermadi. Negaki, uning jamoasi musobaqalarda omadsiz qatnashmoqda.

1. Erling XOLAND -  375 ming funt

Xoland «shaharliklar» safida eng katta moashga ega emas. Bu nom Kevin De Bryuynega tegishli. Belgiyalik yarim himoyachi har hafta 400 ming funt haq oladi. Ammo hu muhim emas. Muhimi, Xolandning olayotgan pullariga munosib natija qayd etayotganidir. U 39 ta o‘yinda 45 ta gol urishga erishdi. Ayni damda butun dunyoda Xolanddan yaxshi hujumchi yo‘q desak yangishmaymiz. Mavsumning eng yaxshi xaridlaridan biri aynan 22 yoshli norvegiyalikdir.

J.ISMATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:50, 26.04.2023. O'qildi: 5405 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

№ Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 14
2 Нефтчи Stipe Perisa 12
3 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 11
4 Насаф Bobur Abduxoliqov 9
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 Бухоро Sherzod Esanov 9
7 Навбаҳор Husayn Norchayev 8
8 Пахтакор Chinedu Stefan 8
9 Пахтакор Doston Hamdamov 8
10 Нефтчи Alisher Odilov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик