Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mbappe voqealarida onasining roli katta

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Mbappening faoliyatini kim boshqaradi

“U muhim o‘yinchining onasi bo‘lgani uchun Mbappening transfer bozoriga aralasha olishidan juda hayratdamiz. Fayza Lamari - bu Kilian Mbappedan boshqa hech narsasi yo‘q biznes ayoli. Uning bozordagi qiymati yo‘q, tajribasi ham yo‘q” – Ashraf Hakimiyning agenti Alexandro Kamagno 2023-yil iyun oyida shunday post qoldirdi. Jahli chiqqan Fayza Lamarini ba’zilar Fayza Mbappe deb ham atashadi. U Kilianning onasi va xarakteri juda ham injiq ayol.

Kilian Mbappening ajoyib iste’dodini inkor etmasdan, aytish kerakki, uning muvaffaqiyatining muhim qismi to‘g‘ri boshqaruv natijasidir. Agar fransuzning orqasida dono qarindoshlari bo‘lmasa edi, uning karyerasi butun iste’dodi bilan ham kosmik darajaga chiqmasligi mumkin edi.

Fransiya matbuotining yozishicha, Kilianning otasi Vilfrid butun oilaga o‘z maslahatlarini beradi va, ehtimol, mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. Lekin haqiqatan ham hammani boshqaradigan shaxs Fayza bo‘lib kelgan.

Fayza Lamari kim va u aynan nima qiladi?

Fayza 12 yil davomida eng yuqori saviyada o‘ynagan sobiq gandbolchi hisoblanib, Jazoir terma jamoasida ham o‘ynagan. Shunday qilib, u sport olamini tushunadi. Shuning uchun, 2015 yilda, Kilianning hikoyasi faol bosqichga kirganida, u KEJWF kompaniyasini yaratdi va u yerga butun dunyodan eng yaxshi advokatlar va PR xodimlarini yolladi. Aynan Fayza boshchiligidagi kompaniya Mbappening hayotini nazorat qiladi.

Surat bilan bog‘liq huquqlar, homiylik bitimlari, huquqiy noziklik masalalar va siyosiy intrigalar - bularning barchasi Fayza kompaniyasining ofisida hal bo‘ladi. Demak, "PSJ" bilan shartnomani uzaytirish va "Real"ga o‘tish haqidagi hikoyalar dastlab KEJWF huquqshunoslari tomonidan hisoblab chiqilgan bo‘lishi mumkin. Ko‘rinishidan, Kilian deyarli hech qachon onasi bilan maslahatlashmasdan mustaqil ravishda biror narsa qilolmaydi. Hatto klub fotosessiyalariga kelganda ham.

Aytilishicha, Kilian atrofidagilar "bolalikdagi yagona orzu bo‘lgan klub" haqidagi hikoyani shunchaki "Real"da juda ko‘p pul bo‘lgani uchun targ‘ib qilishmoqda. Lekin aslida Mbappe "Chelsi" va "Milan"ni "Real"dan kam sevmasdi. Aytgancha, Kilian yaqinda buni tasdiqladi: “Mening “Milan” bilan aloqam alohida tuyg‘u. Bolaligimda italiyalik enagam bor edi va men uning oilasi va barcha "Milan" muxlislari bilan ko‘p vaqt o‘tkazardim. “Rossonerilar”ni qo‘llab-quvvatladim va ko‘p o‘yinlarni tomosha qildim”, dedi fransuz futbolchisi.

Parij va Madrid

Kompaniya haqiqatan ham Kilianning deyarli har bir qadamini nazorat qiladi, bu esa unga o‘z karyerasini ishonch bilan bosib o‘tishga, maksimal foyda olish imkonini beradi. Moliyaviy tomonlama Fayzaning xizmatlari katta. Oddiy misol, "Real Madrid" va "PSJ" atrofidagi harakatlarga e’tibor berishingiz mumkin. Ma’lumki, Parijda ular Mbappeni sotish variantini ko‘rib chiqishmoqda, ammo munosib pulga, taxminan 200 million yevro atrofiga. Yagona arizachi bo‘lmish “Real Madrid” bunday summani to‘lamoqchi emas – axir, bir yildan so‘ng Kilian erkin agentga aylanadi. Bunda Fayza va u avvalroq tuzgan kelishuvlar kuchga kirishi kerak.

Xullas, Mbappening "PSJ" bilan amaldagi shartnomasiga ko‘ra, kelasi yili u 60 millionlik maoshdan tashqari 90 million yevroga yaqin sodiqlik bonusiga ham ega bo‘ladi. Sodiqlik bonusi kulgili ko‘rinishi mumkin, chunki Kilian uni olganidan keyin bir necha oy o‘tgach, 99% imkoniyat bilan "Real Madrid"ga bepul ketadi va u yerda 100+ million yevro miqdoridagi bonusini oladi. Bu pul ertaroq to‘lanadi, chunki Mbappeda hali ham Parijda va unda qo‘shimcha bir yil qolish imkoniyati bor - uni faollashtirmaslik uchun Peres pullarni to‘lashi kerak. Shunday qilib, faqat Fayza tomonidan to‘g‘ri tuzilgan bitimlar tufayli Mbappe oilasi chorak milliard yevroga boyib ketadi.

Mbappening onasi o‘z ta’sir doirasini kengaytirishga harakat qilmoqda. Kuni kecha “PSJ”ning yana bir futbolchisi Ashraf Hakimiy o‘z agentllarini chalg‘itishga uringanlikda Fayzani aybladi, biroq bunga erisha olmadi. Avvaliga Mbappening onasi imperiyani kengaytiryapti, deb o‘ylash mumkin edi, lekin tez orada nima bo‘lganligi oydinlashdi. Ispan nashrlari Fayza "Real Madrid"ga Kilianning ehtimoliy transferiga qo‘shib Hakimiyni ham ko‘ndirmoqchiligiga sha’ma qildi. Ammo bu futbolchilar eng yaqin do‘stlar, shuning uchun hozircha hammasi Mbappening onasi o‘g‘lining do‘stiga mehribonlik qilgandek jarangladi. U ushbu transferda haqiqiy pul ishlab olishi mumkinmi, bu noma’lum.

Albatta, butun voqealar davom etadi, lekin Mbappe bunday ona bilan OAV e’tiboridan yo‘qolib qolmasligiga 100 foiz ishonishingiz mumkin. Hech bo‘lmaganda u kambag‘al bo‘lmaydi.

Kiritildi: 09:45, 28.06.2023. O'qildi: 5131 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик