Bugun 1 fevral, 2026 yil, yakshanba.

  • «A» Seriya
      • 31.01.2026 00:45
      • Lasio
      • 3:2
      • Jenoa
      • 31.01.2026 19:00
      • Piza
      • 1:3
      • Sassuolo
      • 31.01.2026 22:00
      • Napoli
      • 2:1
      • Fiorentina
      • 01.02.2026 00:45
      • Kalyari
      • 4:0
      • Verona
      • 01.02.2026 16:30
      • Torino
      • 1:0
      • Lechche
      • 01.02.2026 19:00
      • Komo
      • 0:0
      • Atalanta
      • 01.02.2026 22:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Inter
      • 02.02.2026 00:45
      • Parma
      • -:-
      • Yuventus
  • La-liga
      • 31.01.2026 01:00
      • Espanyol
      • 1:2
      • Alaves
      • 31.01.2026 18:00
      • Real Ovyedo
      • 1:0
      • Jirona
      • 31.01.2026 20:15
      • Osasuna
      • 2:2
      • Vilyarreal
      • 31.01.2026 22:30
      • Levante
      • 0:0
      • Atletiko
      • 01.02.2026 01:00
      • Elche
      • 1:3
      • Barselona
      • 01.02.2026 18:00
      • Real Madrid
      • 2:1
      • Rayo Valyekano
      • 01.02.2026 20:15
      • Betis
      • -:-
      • Valensiya
      • 01.02.2026 22:30
      • Xetafe
      • -:-
      • Selta
      • 02.02.2026 01:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Real Sosyedad
  • Futzal. Osiyo chempionati
      • 31.01.2026 13:00
      • Tailand
      • 1:0
      • Vyetnam
      • 31.01.2026 13:00
      • Kuvayt
      • 7:2
      • Livan
      • 31.01.2026 17:00
      • Indoneziya
      • 1:1
      • Iroq
      • 31.01.2026 17:00
      • Qirg‘iziston
      • 3:2
      • Janubiy Koreya
      • 01.02.2026 13:00
      • Yaponiya
      • 2:1
      • O‘zbekiston
      • 01.02.2026 13:00
      • Tojikiston
      • 0:1
      • Avstraliya
      • 01.02.2026 17:00
      • Eron
      • 5:2
      • Afg‘oniston
      • 01.02.2026 17:00
      • Saudiya Arabistoni
      • 6:1
      • Malayziya
  • APL
      • 31.01.2026 20:00
      • Lids
      • 0:4
      • Arsenal
      • 31.01.2026 20:00
      • Vulverhempton
      • 0:2
      • Bornmut
      • 31.01.2026 20:00
      • Brayton
      • 1:1
      • Everton
      • 31.01.2026 22:30
      • Chelsi
      • 3:2
      • Vest Xem
      • 01.02.2026 01:00
      • Liverpul
      • 4:1
      • Nyukasl
      • 01.02.2026 19:00
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Fulhem
      • 01.02.2026 19:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Kristal Pelas
      • 01.02.2026 19:00
      • Aston Villa
      • 0:1
      • Brentford
      • 01.02.2026 21:30
      • Tottenhem
      • -:-
      • Manchester Siti
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 22 55
2 Real Madrid 22 54
3 Atletiko 22 45
4 Vilyarreal 21 42
5 Espanyol 22 34
6 Betis 22 33
7 Selta 21 32
8 Real Sosyedad 21 27
9 Osasuna 22 26
10 Alaves 22 25
11 Jirona 22 25
12 Elche 22 24
13 Sevilya 21 24
14 Atletik Bilbao 21 24
15 Valensiya 22 24
16 Xetafe 21 22
17 Rayo Valyekano 22 22
18 Malyorka 21 21
19 Levante 21 18
20 Real Ovyedo 22 16

O'tgan o'yinlar.

22-тур Espanyol 1-2 Alaves
22-тур Real Ovyedo 1-0 Jirona
22-тур Osasuna 2-2 Vilyarreal
22-тур Levante 0-0 Atletiko
22-тур Elche 1-3 Barselona
22-тур Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano

Navbatdagi o'yinlar.

19/02/26 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

AQSH futbol olamining markaziga aylanmoqda

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Boshqa rasmiy turnirlar / Klublar o‘rtasida JCh
Rukn: Yangiliklar
A A A

2025 yilda yangi formatdagi klublar jahon chempionatiga (KJCH) AQSH mezbonlik qiladi.

Shunday qarorga kelgan FIFA prezidenti Janni Infantinoning fikricha, ummon orti mamlakati «global voqealarni tashkil etishda sinovdan o‘tgan» ekan. Bundan tashqari, bu turnir AQSHga keyingi yilda bo‘ladigan JCHga tayyorgarlik ko‘rishda yordam beradi. Xullas, kelasi yildan boshlab mamlakat futbol olamining markaziga aylanadi: 2024 yil yozida Amerika Kubogi, keyin KJCH, uning ortidan JCH-2026.

KJCH qanday formatda o‘tadi?

O‘tgan yil ozirida Infantino musobaqa formati o‘zgarishi, ishtirokchi klublar soni 32taga yetishini ma’lum qilgandi. FIFA rahbarining fikricha, turnir «erkaklar klub futbolining yuksak cho‘qqisi bo‘lmog‘i kerak». Ishtirokchi klublar 8ta guruhga bo‘lingan holda o‘zaro kuch sinashadilar, dastlabki 2 o‘rinni egallaganlar mundialdagi kabi pley-off bosqichiga chiqadilar. Musobaqa har 4 yilda, faqat u toq yillarda, lekin JCH va Yevro musobaqalari bo‘lmaganida o‘tkaziladi. 

Turnirda qaysi klublar ishtirok etadilar?

Hozirda musobaqada 7ta jamoa - o‘z qit’alarida g‘olib chiqqan 6ta klub va mezbon mamlakat vakili qatnashadi. Uni dekabr oyida Saudiya Arabistoni o‘tkazadi. Shu sababli «Al-Ittihod» klubi ishtirok etadi. Shuningdek, «Manchester Siti», «Urava Red Daymonds (Yaponiya), «Leon» (Meksika), «Oklend Siti» (Avstraliya) va «Al-Ahli» (Misr) jamoalari maydonga tushadilar. 2025 yilda ishtirokchilar safi kengayadi: Yevropadan 12, Janubiy Amerikadan 6, Afrika, Osiyo va KONKAKAFdan 4tadan klublar musobaqada kuch sinashadilar. Okeaniya sharafini bitta jamoa himoya qiladi. Ayrim ishtirokchilar nomi hozirning o‘zida ma’lum bo‘lgan, qolganlari kelasi yilda aniqlanadi.

OFK

«Al-Hilol» - OCHL-2021 g‘olibi,

«Urava Red Daymonds» - OCHL-2022 g‘olibi,

? - OCHL 2023|24 g‘olibi,

? - OFKning 4 yillik reytingi g‘olibi.

AFK

«Al-Ahli» - ACHLning 2020|21 va 2022|23 yillar mavsumidagi g‘olibi,

«Vidad» Kasablanka - ACHLning 2021|22 yillar mavsumidagi g‘olibi,

? - ACHLning 2023|24 yillar mavsumidagi g‘olibi,

? - AFKning 4 yillik reytingi g‘olibi.

KONKAKAF

«Monterrey» - KONKAKAF CHL-2021 g‘olibi,

«Sietl Saunders» KONKAKAF CHL-2022 g‘olibi,

«Leon» KONKAKAF» CHL-2023 g‘olibi,

? - KONKAKAF CHL-2024 g‘olibi.

KONMEBOL

«Palmeyras» - Libertadores Kubogi-2021 g‘olibi,

«Flamengo» - Libertadores Kubogi-2022 g‘olibi,

? - Libertadores Kubogi-2023 g‘olibi,

? - Libertadores Kubogi-2024 g‘olibi,

? - KONMEBOLning 4 yillik reytingi g‘olibi,

? - KONMEBOLning 4 yillik reytingidagi 2-jamoa.

Okeaniya futbol konfederasiyasi (OFK)

? - OFKning 4 yillik reytingidagi eng yaxshi CHL g‘olibi.

UYEFA

«Chelsi» - YECHL-2020|21 g‘olibi,

«Real» - YECHL-2021|22 g‘olibi,

«Manchester Siti» - YECHL2022|23 g‘olibi,

? - UYEFAning 4 yillik reytingidagi eng yaxshi 8 jamoa.

Formatni kengaytirish nima uchun kerak?

Busiz ham futbolchilarni holdan toydirib qo‘yayotgan taqvimning yanada tig‘izlashuvi ko‘pchilikka ma’qul bo‘lmasligi aniq. Biroq FIFA uchun KJCH formatining kengayishi daromadni ko‘paytiradi. Yangi 4 yillik ichida tashkilot 11 mlrd. dollar atrofida pul topish niyatida.

FIFA nima uchun AQSHni tanladi?

Xalqaro tashkilot Amerika timsolida futbol rivoji uchun yangi maydonni tasavvur qilmoqda. Axir u yerda qatorasiga 3ta muhim turnirlar o‘tkaziladi. AQSHdagilar ham bundan juda mamnunlar, bu musobaqalar mamlakat sporti taraqqiyoti uchun sezilarli turtki bo‘lishidan umidvorlar.

Mamlakatda o‘tkazilgan so‘rovlar natijasiga ko‘ra, 1937-1972 yillar oralig‘ida amerikalik fuqarolarning 5 foizi futbolni tomosha qilishgan. Hatto 2004 yilning oxirida ham bu ko‘rsatkich 2 foizdan oshmagan. So‘nggi ma’lumotlarga binoan, AQSHdagi sport muxlislarining 27 foizi futbol ishqibozlari. Sayyoramizdagi o‘rtacha ko‘rsatkich 40 foizga teng. Ha, hozirda amerikacha futbol mamlakatning eng ommaviy turi (52 foiz) bo‘lib qolmoqda, basketbol muxlislari 43 foizni, beysbol ixlosmandlari esa 37 foizni tashkil etmoqda. Lekin oxirgi 40 yil mobaynida hech qaysi sport turi futbolchalik jadallik bilan rivojlangan emas. Bunga yaqinlashib kelayotgan JCH va 2 kun ichida futbol bozorini ag‘dar-to‘ntar qilib yuborgan Messining aloqasi yo‘q.

40 yil muqaddam futbol bilan shug‘ullanayotgan o‘g‘il-qizlarning umumiy soni 200 000 nafarni tashkil etardi. O‘shanda amerikacha futbol bilan 1 mln. nafar bolakaylar mashg‘ul bo‘lishgan. 20 yildan keyin yosh futbolchilar soni 600 000, o‘tgan yili 800 000 nafarga yetdi. Ya’ni, 40 yil davomida qariyb 300 foizga o‘sdi.

Shiddatli ravnaqning sabablari 3ta:

1. Futbolni o‘g‘il bolalar ham, qizlar ham bemalol o‘ynay oladilar. Amerika futboli - asosan, erkaklar o‘yini;

2. Futbol bo‘yicha 4 marta jahon chempioni bo‘lgan ayollar terma jamoasining muvaffaqiyati. Telereyting bobida ayollar futboli erkaklarnikidan ustunroq. Bundan tashqari, futbolchi qizlarning zo‘r ekanliklariga amin bo‘lgan qizaloqlar oqimi tobora kuchayib bormoqda;

3. Xavfsizlik. 2010-yillarda o‘tkazilgan so‘rovnomada ota-onalarning 86 foizi o‘z farzandlarining futbol o‘ynashiga qarshi emasliklarini bayon etishgan. Chunki u Amerika futboliga nisbatan ancha xavfsiz.

Mana shu omillar yillar davomida futbol ekotizimining shakllanishiga olib  keldi. Hozir AQSHdagilar sport, o‘yin-kulgi va ijtimoiy omillarni o‘ziga jamlagan futbol madaniyati erasini yaratish harakatidalar. Hozircha, ishlari chakki emas.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 09:01, 20.08.2023. O'qildi: 3384 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 22
2 Мальорка Vedat Muriki 14
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 10
5 Барселона Robert Levandovski 9
6 Барселона Lamin Yamal 9
7 Вильярреал Alberto Moleyro 8
8 Бетис Kucho Ernandes 8
9 Барселона Rafinya 8
10 Сельта Borxa Iglesias 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.